See discussions, stats, and author profiles for this publication at



Yüklə 5,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/225
tarix28.11.2023
ölçüsü5,35 Mb.
#134458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   225
30 06 2022

 
Taqrizchilar: 
Urmonov J.J. 
O‗zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universiteti 
―Iqtisodiy fanlar‖ kafedrasi boshlig‗i, iqtisodiyot fanlari 
doktori, professor, podpolkovnik; 
Mamaraximov B.E. 
TDIU ―Fundamental iqtisodiyot‖ kafedrasi dotsenti, 
iqtisodiyot fanlari nomzodi. 
© Mamatov A.A., Abulqosimov H.P., Mamatov S.A., Saidgaziyeva S.Sh., 2022
 
© O‗zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, 2022 



KIRISH 
O‗zbekiston 
Respublikasida 
bozor 
munosabatlarini 
shakllanishi davrida yangi vujudga kelayotgan strategik 
tavakkalchiliklar ta‘sirida iqtisodiy xavfsizlikning nazariy 
masalalariga qiziqish keskin o‗sib bormoqda. Xavfsizlik ushbu 
konteksda hayotiy faoliyatning barcha sohalaridagi o‗zgarishlarni 
va o‗zaro aloqadorliklarni ifodalovchi integral tavsiflovchi 
ko‗rsatkich 
sifatida 
baholanmoqda. 
Buning 
natijasida 
O‗zbekistonning iqtisodiy xavfsizligi nazariyasi fanlararo har 
jihatdan rivojlanib bormoqda.
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi birinchi navbatda ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning holati va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, 
mamlakat xo‗jaligida fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan 
foydalanish ko‗lamlari, tashqi iqtisodiy aloqalar tuzilmasi bilan 
aniqlanadi. 
Shundan 
kelib 
chiqib 
davlatning 
iqtisodiy 
xavfsizligining moddiy asosini kengaytirilgan takror ishlab 
chiqarishni va fuqarolarni madaniylashgan turmush tarzini 
ta‘minlash imkoniyatiga ega bo‗lgan ishlab chiqarish kuchlarini 
rivojlanganligi tashkil etadi. 
Davlatning iqtisodiy xavfsizligi iqtisodiyotni ―rivojlanishi‖ 
va ―barqarorligi‖ tushunchalari bilan yaqin bog‗liq bo‗lib 
hisoblanadi. 
Milliy 
xo‗jalikni 
rivojlanishi 
– 
iqtisodiy 
xavfsizlikning muhim bir komponentlaridan biridir. Agar 
iqtisodiyot rivojlanmasa, u holda davlatning tashqi va ichki salbiy 
ta‘sirlarga nisbatan qarshiligi keskin kamayadi. Mamlakat milliy 
xo‗jaligining 
barqarorligi 
yagona 
tizim 
sifatida 
uning 
elementlarini, ular o‗rtasidagi iqtisodiy va tashkiliy aloqalarni 
mustahkamligini hamda ishonchliligini, tashqi va ichki bosimlarga 
bardosh bera olishini ifoda etadi. Shu bilan birga, mamlakatning 
iqtisodiy xavfsizligining asosiy omillariga: uning geografik 



joylashuvi; tabiiy resurslar zaxirasi; sanoat va qishloq xo‗jaligi 
salohiyati; ijtimoiy-demografik rivojlanish darajasi va yakunida 
davlat boshqaruvi sifati tashkil etadi. 
―O‗zbekiston 
Respublikasining 
iqtisodiy 
xavfsizligi‖ 
tushunchasi mazmuni, ya‘ni davlat iqtisodiyotining muhim 
elementlarini majmuali qiyosiy statistik holatda ko‗rish mumkin. 
Ularga: inson resurslari, texnik ishlab chiqarish, texnologik, oziq-
ovqat, yoqilg‗i-energetik, transport, ma‘muriy axborot va boshqa 
elementlardan 
iborat. 
Boshqacha 
aytganda, 
O‗zbekiston 
Respublikasining iqtisodiy xavfsizligi – bu nafaqatgina milliy 
manfaatlarni himoyalanganligi, balki hokimiyat institutlari 
tomonidan iqtisodiyotni rivojlantirishda milliy manfaatlarni 
himoyalash mexanizmlarini yaratishga tayyorligi hamda ushbu 
sohada ko‗nikmalarga egaligi bilan ifodalanadi.
Darslikda iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning nazariy va 
metodologik asoslari hamda iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashda 
davlatning 
ijtimoiy-iqtisodiy 
siyosatini 
takomillashtirish 
qonuniyatlari, uning alohida uslublari va instrumentlarini 
qo‗llashning o‗ziga xos xususiyatlari yoritilgan. Alohida misollar, 
statistik va ekspert tahlillar asosida mamlakat va uning 
mintaqalariga tahdidlar hamda tavakkalchilik omillarini aniqlash
iqtisodiy xavfsizlikning asosiy indikatorlarini baholash va ularni 
tahlikali darajalari bilan mosligini baholash mumkin. 
O‗zbekistonda xufyona iqtisodiyotning mazmuni uni 
namoyon bo‗lish shakllari, korrupsiyaning mohiyati hamda 
vujudga kelish sabablari, unga qarshi kurash metodlari va usullari 
keng yoritilgan. 
Darslikda keltirilgan materiallarni o‗rgangandan so‗ng 
kursant quyidagilarni bilishi kerak: 




iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning tamoyillari va 
usullari; 
respublika 
iqtisodiyoti 
taraqqiyotining 
xarakterli 
xususiyatlari; xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi 
kurashish yo‗llari haqida tasavvurga ega bo‗lishi
;

fanning predmeti va obyekti; iqtisodiy xavfsizlik 
ko‗rsatkichlarini; iqtisodiy xavfsizlikka ta‘sir etadigan ichki va 
tashqi tahdidlarni; globallashuv jarayonlarini; iqtisodiyotni davlat 
tomonidan tartibga solish yo‗llarini; mamlakat iqtisodiy 
xavfsizligiga ta‘sir etuvchi asosiy omillarning tahlilini amalga 
oshirish; davlatning makroiqtisodiy funksiyalari; mavjud ijtimoiy-
iqtisodiy muammolar va ularni hal etish mexanizmlaridan 
foydalanish, bozor iqtisodiyotiga o‗tishning umumiy strategiyasini 
nazariy va uslubiy asoslarini bilishi hamda ulardan foydalana 
olishi; 

iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashning xorij tajribasini 
qo‗llay olish; xufyona iqtisodiyot va korrupsiya natijasida vujudga 
keladigan tahdidlarning iqtisodiyotga ta‘sirini hisob-kitob qilish; 
aholining turmush darajasiga bevosita ta‘sir etuvchi ijtimoiy 
jarayonlarni bashorat qilish va zarur chora-tadbirlarni amalga 
oshirish bo‗yicha ko‗nikmalariga ega bo‗lishi kerak
.
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 
Oliy Majlisga 2020-yil 29-dekabrda qilgan murojaatnomasida 
―Barchamiz yaxshi bilamizki, bugungi kunda butun insoniyat 
koronavirus 
pandemiyasi 
degan 
global 
ofatni 
boshidan 
o‗tkazmoqda. Bunday ulkan falokat jahon miqyosida so‗nggi yuz 
yilda ro‗y bermagan, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‗lamiz. Oxirgi 
ma‘lumotlarga ko‗ra, dunyoning 191 mamlakatida 81 million kishi 
koronavirus bilan kasallangan. Ulardan 1 million 765 ming nafari 
vafot etgan. Pandemiya jahon iqtisodiyoti uchun – shunga e‘tibor 
bering – har oyda qariyb 400 milliard dollar miqdorida zarar 



keltirmoqda. Bugungi kunga qadar dunyo bo‗yicha 500 millionta 
ish o‗rni yo‗qotilgan. Afsuski, bu ofat butun insoniyat qatori 
xalqimiz uchun ham kutilmagan tashvish va murakkab 
muammolarni keltirib chiqardi. Buxoro va Sardobada yuz bergan 
tabiiy va texnogen ofatlar ham el-yurtimizning irodasini yana bir 
bor sinovdan o‗tkazdi. Xalqimizning bukilmas irodasi, fidokorona 
mehnati hamda matonati, aholi va davlat organlarining birgalikdagi 
sa‘y-harakatlari tufayli mavjud qiyinchiliklarni mardona yengib 
o‗tmoqdamiz‖
1
,-deb ta‘kidladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-
yanvardagi 
―2022-2026-yillarga 
mo‗ljallangan 
Yangi 
O‗zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‗g‗risida‖gi PF-60-sonli 
Farmoniga muvofiq, tasdiqlangan Milliy iqtisodiyotni jadal 
rivojlantirish va yuqori o‗sish sur‘atlarini ta‘minlash sharoitida 
2022-2026-yillarga 
mo‗ljallangan 
Yangi 
O‗zbekistonning 
taraqqiyot strategiyasida quyidagi muhim ustuvor vazifalar 
belgilangan. 
Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o‗sish sur‘atlarini 
ta‘minlash orqali kelgusi besh yilda aholi jon boshiga yalpi ichki 
mahsulotni — 1,6 baravar va 2030-yilga borib aholi jon boshiga 
to‗g‗ri keladigan daromadni 4 ming AQSh dollaridan oshirish 
hamda «daromadi o‗rtachadan yuqori bo‗lgan davlatlar» qatoriga 
kirish uchun zamin yaratish:

Yüklə 5,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə