See discussions, stats, and author profiles for this publication at


UNING MOHIYATI VA TARKIBIY ELEMENTLARI



Yüklə 5,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/225
tarix28.11.2023
ölçüsü5,35 Mb.
#134458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   225
30 06 2022

UNING MOHIYATI VA TARKIBIY ELEMENTLARI 
1.1-§. Iqtisodiy xavfsizlik fanining predmeti va vazifalari 
Iqtisodiy xavfsizlik iqtisodiyot nazariyasi fanining sintetik 
kategoriyasi bo‗lib, iqtisodiy mustaqillik va qaramlik, barqarorlik 
hamda bog‗liqlik, iqtisodiy bosim, majburlash, agressiya, iqtisodiy 
suverenitet va h.k. tushunchalar bilan bog‗liq bo‗lib hisoblanadi. 
Mamlakat, davlat xavfsizligi, shuningdek, ularning tarkibiy 
qismlari bo‗lgan hudud, korxona (tashkilot), alohida olingan shaxs 
xavfsizligini ta‘minlash muammosi hozirgi davrda muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. Ammo xavfsizlik masalasi insoniyat 
paydo bo‗lgan barcha davrlarda mavjud bo‗lgan. Iqtisodiy 
xavfsizlik iqtisodiy kategoriya sifatida davlatchilik shakllangan 
hamda jamiyat o‗z manfaatlarini anglab yetgan davrlardan paydo 
bo‗la boshlagan.
Iqtisodiy xavfsizlik – zamonaviy fanlardan biri bo‗lib, 
iqtisodiy xavfsizlik tizimi qonunlari, qonuniyatlari, tamoyillari, 
omillari va shu bilan birga, tizim elementlari bo‗lgan iqtisodiy 
xavfsizlikning metodlari hamda mexanizmlarini o‗rganuvchi va 
tadqiq 
qiluvchi 
fan 
hisoblanadi. 
Iqtisodiy 
xavfsizlik 
kategoriyasining 
mazmunini 
tushinish 
uchun 
―xavfsizlik‖ 
tushunchasining mazmunini aniqlash lozim.
―Xavfsizlik‖ tushinchasi ijtimoiy organizmning hayotiy 
muhim manfaatlarini, uning tuzilmasini tashqi va ichki negativ 
omillardan himoyalanganlik holati hamda uni rivojlanish 
tendensiyasi tushuniladi. Hayotiy muhim manfaatlar – bu yalpi 
talab bo‗lib, uni qondirilishi davlat va uning hududlarini, 
jamiyatni, xo‗jalik subyektlarini, shaxsni barqaror mavjud 
bo‗lishini hamda ularni progressiv rivojlanishini ta‘minlaydi.



Ushbu ta‘rif ―xavfsizlik‖ tushunchasi mazmunini to‗la ifoda 
etib, unda obyektga hech qanday tahdid yo‗q, uning mustaqilligi, 
yaxlitligi ta‘minlangan va mavjud turli xavf-xatarlardan, 
tahdidlardan himoyalangan holati deb baholash mumkin. Har 
qanday obyektning xavfsizligi – bu uning oldida turgan 
muammolarni hal eta olishi, agarda kutilmagan holatlarda xavf-
xatar, tahdidlar paydo bo‗lsa, ulardan himoyalanishi va o‗zining 
to‗la ishchanlik holatini tiklay olishi tushuniladi. 
Xavfsizlikka intilish har qanday biologik tizimlarga xos 
bo‗lgan xususiyat bo‗lib hisoblanadi. Biroq faqatgina insonlargina 
xavf-xatarlarning tavsifini tadqiq etish asosida tahdidlardan 
himoyalanadigan, ularni yo‗qqa chiqaradigan yo‗nalishlarni, kerak 
bo‗lsa, ularni to‗la bartaraf etadigan mehnat jarayoni bilan bog‗liq 
bo‗lgan yangi mexanizmlarini tashkil etish orqali mehnat 
faoliyatining mos shakllari va metodlarini tanlashi mumkin.
Insonlarni xavfsizligini ta‘minlash mexanizmi (tahdidlarga 
bo‗lgan munosabat va undan himoyalanish chora-tadbirlari) 
ijtimoiy va biologik individlarni bir-biridan farqlovchi asosiy 
mezon bo‗lib, jamiyatda xavfsizlikning ijtimoiy-iqtisodiy hodisa 
sifatida uning mazmunini ochib beradi. Ijtimoiy tafakkurda 
xavfsizlikka intilish uni ijtimoiy-iqtisodiy hodisaga aylantiradi. 
Xavfsizlik asosida mehnat faoliyati yotadi, uning hisobiga jamiyat 
mavjud bo‗ladi, o‗zgaradi va rivojlanadi. 
Biroq xavfsizlik ijtimoiy, shu bilan birga, iqtisodiy omillarga 
tayanadi, ya‘ni mehnat mahsulotlarini yaratish va uning harakati 
bilan bog‗liq bo‗ladi. Xavfsizlikni ta‘minlashda ijtimoiy va 
iqtisodiy omillarning o‗zaro bog‗liqligi, xavfsizlikni jamiyatda 
zaruriy ijtimoiy-iqtisodiy hodisa sifatida ifoda etadi. Shu nuqtayi 
nazardan ham ―Iqtisodiy xavfsizlik‖ fani xavfsizlikni o‗rganadi. 


10 

Yüklə 5,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə