See discussions, stats, and author profiles for this publication at


-§. Iqtisodiy xavfsizlikning mazmuni, mohiyati va tarkibiy



Yüklə 5,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/225
tarix28.11.2023
ölçüsü5,35 Mb.
#134458
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   225
30 06 2022

1.2-§. Iqtisodiy xavfsizlikning mazmuni, mohiyati va tarkibiy 
elementlari 
«Iqtisodiy xavfsizlik» tushunchasi milliy iqtisodiyotning 
boshqaruv organlari leksikasida yangi tushunchadir. Ayni paytda 
ushbu ibora xorijiy mamlakatlar boshqaruv tizimlari faoliyatida 
yaxshi tanish bo‗lgan tushunchadir. Iqtisodiy xavfsizlik davlat 
Xavfsizlik obyektlari bo‗lib – xavfsizlikni ta‘minlash va 
boshqarish bo‗yicha subyektlar tomonidan ajratilgan mablag‗lar 
hisoblanadi. O‗zbekiston Respublikasining asosiy xavfsizlik 
obyektlari: shaxsning huquq va erkinliklari, davlat – uning 
konstitutsiyaviy tuzimi, suvereniteti va hududiy yaxlitligi bo‗lib 
hisoblanadi. Xavfsizlik obyektlariga bundan tashqari, moddiy va 
ijtimoiy sohadagi korxonalar, tashkilotlar hamda uyushmalar kiradi. 


16 
milliy xavfsizligining asosiy tashkil etuvchilaridan biridir hamda 
mamlakatning iqtisodiy ehtiyojlarini kafolatlanishi va uni 
ta‘minlashning yo‗llari, vositalari hamda usullariga asos soluvchi 
qarashlarning yig‗indisidir. 
Konseptual ko‗rinishda iqtisodiy xavfsizlik davlatning 
iqtisodiy salohiyatining holatidan kelib chiqib iqtisodiy xavfning 
asosiy omillarini tahliliga asoslangan. Davlat xavfsizligi kuchsiz 
va samarasiz iqtisodiyotda ta‘minlanishi, ayniqsa, globallashuv 
jarayonidagi ijtimoiy nizolarga to‗la jamiyatda mumkin emas, 
chunki hammasi o‗zaro bog‗langan va biri ikkinchisini to‗ldiradi. 
Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, iqtisodiy xavfsizlik – 
bu 
mamlakat, 
hudud, 
firma, 
kompaniyaning iqtisodiy inqirozga 
uchrash xavfidan himoya qilish 
bo‗yicha 
ko‗radigan 
chora-
tadbirlari majmuidir. Rivojlangan 
mamlakatlarda 
iqtisodiy 
xavfsizlikni ta‘minlash maqsadida 
yirik 
firma, 
kompaniyalarda 
maxsus xizmatlar tashkil qilinadi. Ular bozorni o‗rganish, talab va 
taklifni bashoratlash, ilmiy-texnik taraqqiyotni kuzatish hamda 
boshqa ishlarni bajaradi. Iqtisodiy xavfsizlikni ta‘minlashda 
mahsulot turini muntazam yangilab turish, raqobatbardosh 
mahsulotlarni ishlab chiqarish, xarajatlarni qisqartirish muhim 
ahamiyatga ega.
Iqtisodiy 
xavfsizlik 
milliy 
iqtisodiyot 
darajasida 
makroiqtisodiy kategoriya va muayyan mamlakat milliy 
iqtisodiyotini tavsiflaydi, bozor tizimida xatar borligidan va 
bundan hatto milliy iqtisodiyot ham xoli bo‗lmasligini, undan 
saqlanish zarurligini bildiradi. Iqtisodiy xavfsizlikning bosh 


17 
mezoni
– 
bu mamlakat ehtiyojlarining uzluksiz ta‘minlanishi 
hisoblanadi, bu, birinchidan, imkon boricha o‗zini-o‗zi mahsulot 
va xizmatlari bilan ta‘minlashni, ikkinchidan, mamlakatda ishlab 
chiqarish mumkin bo‗lmagan tovar hamda xizmatlarni chetdan 
qulay narxlarda va uzluksiz import qilishni bildiradi.
Milliy iqtisodiyot darajasida iqtisodiy xavfsizligining oziq-
ovqat, yoqilg‗i-energetika, eksport kabi muhim yo‗nalishlari 
mavjud. Mamlakat aholisining oziq-ovqatga bo‗lgan talabini 
qondirilishi 80% bo‗lganida, mamlakatning energiya omillariga 
bo‗lgan talabning o‗z hisobidan 70-80%ga qondirilganda 
xavfsizlikka erishilgan hisoblanadi. Eksport xavfsizligi mamlakat 
eksport salohiyatini amalga oshirish imkoniyati bilan belgilanadi. 
Eksportning cheklangan turdagi tovarlarga, ayniqsa, jahon 
bozorida narxi tez-tez o‗zgarib turadigan xomashyo va energiya 
omillariga bog‗liq bo‗lib qolishi eksport xatarini tug‗diradi, 
narxlar pasaygan paytda eksport tushumidagi yo‗qotishlar 
mamlakat iqtisodiyotiga zarar keltiradi. Iqtisodiyot globallashgan, 
eksport va importning milliy iqtisodiyotga ta‘siri kuchaygan 
sharoitda iqtisodiy xavfsizlikni o‗z ishlab chiqarishi bilan 
ta‘minlab 
bo‗lmaydi. 
Shunday 
sharoitda 
eksport-import 
aloqalarining muntazamligini strategik sherikchilik asosida 
ta‘minlash iqtisodiy xavfsizlikni kafolatlaydi. 
Mamlakatning nafaqat iqtisodiy, shuningdek, siyosiy 
ahvoliga ham jiddiy xavf tug‗diruvchi tahdidlardan biri tashqi qarz 
muammosidir. Tashqi qarzning yuqori darajadaligining o‗ziyoq 
tashqi siyosat yuritishni shubha ostiga qo‗yadi. Mamlakat qarz 
bergan yirik kreditor mamlakatlarga qaram bo‗lib qoladi. Tashqi 
qarzlarni to‗lash uchun mamlakat qarzlardan kreditlarni 
belgilangan muddatlarda to‗lashni kafolatlaydigan ishlab chiqarish 
loyihalarini 
moliyalashtirishda 
foydalanishi 
hamda 
yangi 


18 
obyektlarni ishlab chiqarilgan mahsulotlar eksportini kengaytirish 
mumkin. 
Tashqi qarz – kredit olish orqali mamlakatning byudjet 
xarajatlarini 
moliyaviy 
qoplash 
natijasida 
shakllanadigan 
mamlakatning qarz summasi. Tashqi qarz mamlakat iqtisodiyoti 
uchun 
og‗ir 
yuk 
bo‗lib, 
iqtisodiy 
konyunkturasining 
yomonlashuviga olib keladi. Biroq, tashqi qarz iqtisodiyotning 
o‗sishi uchun rag‗bat vazifasini ham bajarishi mumkin. Bu bilan 
birga mamlakatning real imkoniyatlarini hisobga olmay, haddan 
tashqari olingan tashqi qarzlar mamlakatni inqirozga va 
suverenitetining yo‗qotilishiga sabab bo‗lishi mumkin. 
Shuning uchun, iqtisodiyot ochiqligi normal holat va 
obyektiv zaruriyatdir. Biroq, mamlakatning ishlab chiqaruvchi, 
moliyaviy, bank tizimi va pul aylanishi kabi strategik sohalarni 
himoyalanganlik darajasini hisobga olgan holda ish ko‗rish lozim. 
Ochiq iqtisodiyotga o‗tish o‗ta darajadagi proteksionizmdan voz 
kechishni taqozo etadi. Ammo mamlakatni jahon xo‗jaligiga kirib 
borishi nuqtayi nazaridan istiqbolli bo‗lgan tarmoqlar va ishlab 
chiqarishni himoya qilish, ya‘ni selektiv proteksionizm zarurdir. 
Bu davrda iqtisodiy xavfsizlik nuqtayi nazaridan mamlakatimizda 
ishlab chiqarilgan tovarlarni sotish bozorlarini, import xomashyo 
va sanoat mahsulotlari manbalarini diversifikatsiyalash, ko‗plab 
mamlakatlar bilan yomonlashgan munosabatlar o‗rniga boshqa 
mamlakatlar bilan bo‗ladigan iliq munosabatlar rivojlantiriladi.
Iqtisodiy xavfsizlik turlarining mohiyatini vujudga kelish 
sabablarini o‗rganish, milliy manfaatlarga tahdidlarni aniqlash, 
ularning oldini olish va ulardan muhofazalanish chora-tadbirlari, 
mexanizmlarini ishlab chiqish hamda vujudga keltirishga imkon 
beradi. Buning uchun ushbu xavf-xatarlarni va xavfsizlik 


19 
darajasini aniqlash, ularning ko‗rsatkich mezonlarini o‗rganishga 
zarurut tug‗iladi. 
O‗zbekiston tashqi iqtisodiy xavfsizligining qonuniy asoslari, 
xavfsizlikni ta‘minlovchi omillar, shuningdek, ishlab chiqarishni 
modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash iqtisodiy xavfsizlikni 
ta‘minlash hamda mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi. 
Tashqi iqtisodiy xavfsizlik – shartnomalar va institutsional 
tuzilishni amalga oshirish borasidagi barcha xalqaro shartlar 
majmuasi bo‗lib, unda har bir jahon hamjamiyatidagi a‘zo 
davlatning erkin saylash va o‗zining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot 
strategiyasini ishlab chiqishi, tashqi bosimga uchramasligi, 
boshqalarni ishiga aralashmasligi, o‗zaro manfaatli va o‗zaro 
muvofiqlik asosida jahondagi boshqa davlatlar bilan hamkorligi 
tushuniladi. 
Hozirgi davrdagi globallashuv sharoitida tashqi iqtisodiy 
xavfsizlikni ta‘minlash uchun quyidagilar taqozo etiladi: 
birinchidan, jahon xo‗jalik aloqalarida ishtirok etib, milliy 
ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratish;
ikkinchidan, jahonda sodir bo‗layotgan iqtisodiy, siyosiy 
noxush hodisalar salbiy oqibatlarining milliy iqtisodiyotga 
ta‘sirini kamaytirishga erishish. Alohida ta‘kidlash joizki, ochiq 
iqtisodiyot sharoitida tashqi tahdidlar ta‘sirini butunlay yo‗q 
qilish, unga barham berish mumkin emas. 
Iqtisodiy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashqi omillarga 
quyidagilar kiradi: 
1) eksport tarkibidagi xomashyo tovarlarining ustuvorligi, 
an‘anaviy mashinasozlik va harbiy sanoat tovarlar bozorlarining 
yo‗qotilishi; 


20 
2) mamlakatning ko‗p turdagi mahsulotlar, shu jumladan, 
strategik ahamiyatdagi va oziq-ovqat mahsulotlari importiga 
qaramligi; 
3) 
eksport 
va 
valyuta 
nazoratining yaxshi yo‗lga 
qo‗yilmaganligi, bojxona chegaralarining ochiqligi; 
4) raqobatga bardoshli eksportni qo‗llab-quvvatlovchi 
moliyaviy, tashkiliy va axborot infratuzilmalarning rivojlanganligi 
hamda import tarkibining samarali emasligi; 
5) eksport-import operatsiyalariga xizmat ko‗rsatuvchi 
transport infratuzilmalarining rivoj topmaganligi; 
6) ilmiy salohiyat oqimi; 
7) kapital oqimi; 
8) tashqi qarzlarning o‗sishi; 
9) tijorat va iste‘mol mollari bo‗yicha import qaramlikning 
ortishi; 
10) iqtisodiyotning haddan tashqari ochiqligi; 
11) milliy tovarlarni ichki va tashqi bozorlardan siqib 
chiqarish maqsadida chet el kapitallarini jalb qilish. 
Ushbu fikrlarga asoslangan holda ―iqtisodiy xavfsizlik‖ 
tushunchasini milliy iqtisodiyot mustaqilligi, uning barqarorligi, 
mustahkamligi, doimo yangilanishga va o‗z-o‗zidan takomillashib 
borishga qodirligini ta‘minlovchi shart-sharoitlar va omillar 
yig‗indisi, deb ta‘riflash mumkin. 

Yüklə 5,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   225




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə