1- amaliy mashg‘ulot mavzu: Turizm va turizmni tashkil qilish shakllari, atrof muhitni muhofaza qilish va ekoturizm



Yüklə 50,38 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü50,38 Kb.
#163411
  1   2   3
1- AMALIY turizm (1)


1- AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Turizm va turizmni tashkil qilish shakllari, atrof muhitni muhofaza qilish va ekoturizm.
Topshiriqlar.
1 Turizm sohasini tasniflanishi
2 Geografik va turistik talab yo‘nalishi bo‘yicha turizmning turlarini ko‘rsating.
3 Aktiv va passiv turizm turlarining xususiyatlari
4 Kurort shaharlarning hosil bo’lishiga ta’sir qiluvchi omillarni jadvalga to’ldiring.
5. Atrof muxitni muxofaza qilish tashkilotlarini yozing
6. Ekoturizm tushunchasini klaster usulida yoriting.
7. O’zbekistondagi arxeologik turistik markazlarni jadvalini tuzing

Javoblar.

1-topshiriq:Turizm sohasini tasniflanishi

T/r

Tasniflanadigan belgilar

Turizm turlari

1

Arxeologik obyektlarni borib o‘zi ko‘rish

Arxeologik turizm

2

Dam olish, sog‘liqni tiklash

Rekreatsion turizm

3

Havfli joylarga sayohat qilish

Ektremal turizm

4

Diniy maqbara, masjid, ibodathonalarga borish

Diniy turizm

5

Dengizda sayohat qilish kemada suzish

Dengiz turizimi

6

Yilning biror bir vaqtidagina (bayram yoki marosimlar uchun) uyushtiriladi

Mavsumiy turizm

7

Tarixiy obida va inshoatlarni ko‘rish

Tarixiy turizm


2topshiriq Geografik va turistik talab yo‘nalishi bo‘yicha turizmning turlarini ko‘rsating.
Turizm amaliy harakatlar va tadbirlar yig‘indisi sifatida jismoniy tarbiyaning muhim vositasi hisoblanadi. Uning ta’lim-tarbiya va sog‘lomlashtiruvchi xususiyatlari shaklan va mazmunan jamiyat taraqqiyotida muhim o‘ringa ega. Ya’ni u sayohatlar jarayonida bilim va amaliy malakalarni oshirish yo‘li bilan ishlab chiqarish sifatini yaxshilash hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga bevosita xizmat qiladi. Ta’kidlaganimizdek, turizm o‘z shaklini sayr (ekskursiya) va sayohatlardan ifoda etadi.
Sayrlar (экскурция)ga qo‘yilgan maqsadlar asosida shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi va salomatligiga qarab tadbirlar uyushtiriladi. Ularning eng asosiy yo‘nalishlari uyidagilardan iborat:
1. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi sayrlar.
2. Maktab o‘quvchilarining sayr-sayohatlari.
3. Mehnat jamoalari xodimlarining sayr-sayohatlari.
4. Aholi istiqomat joylaridagi kishilarning sayr-sayohatlari.
5. Xorijiy mamlakatlardan kelgan mehmonlarning sayrlari.
Sayrlarni tashkil qilishning asosiy maqsad va vazifalarini quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Shug‘ullanuvchilarning (qatnashchilar) sihat-salomatligini yaxshilash uchun piyoda kezish, qulay joylarda mashqlar, o‘yinlar o‘tkazish.
2. Atrof-muhit va tabiat manzaralari bilan tanishtirish, e’tiborga loyiq aholi yashaydigan joylarni o‘rganish.
3. Tarixiy va madaniy obidalarni tomosha qilish va ularning tarixini o‘rganish.
4. O‘zi yashab turgan joylarning (yosh bolalar uchun) tarixi, rivojlanishi va mehnatkashlarning xizmatlarini o‘rganish (bilish).
5. Ilmiy izlanish ishlarini (mutaxassislar) olib borish va hokazo.
E’tirof etish lozimki, mazkur sayrlar nazariy bilim (tushuncha) va amaliy malakalar hosil qilish yo‘lida ta’lim-tarbiya vazifasini o‘taydi. Shu bilan birgalikda qatnashchilarning sihat-salomatligini yaxshilash, jismonan barkamolligini o‘stirishga qaratiladi. Demak, turizm shakl va mazmun jihatdan tarbiyaviy hamda sog‘lomlashtiruvchi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirish bilan muhim ahamiyatga egadir.
Sayr qilishda (ekskursiya) qatnashchilarning belgilangan joyga yetib borishi, ulovlarga chiqish va tushishlari, sayr-sayohat manziliga kirish va bevosita sayr-sayohatlarda ishtirok etish jarayonida piyoda yurish asosiy o‘rinda turadi. Chunki, erkin ravishda barcha faoliyatlarni bajarish, yuklarini ko‘tarib yurish, tomosha-sayr jarayonlarida faol qatnashishda sharoitlarga qarab tez yoki sekin yurish, to‘xtash, ba’zan yugurish ham amalga oshiriladi. Bu jarayonlar ham sayohatchilarning salomatligini yaxshilash, faol amaliy harakatlar qilishga ko‘mak beradi. Xulosa qilib aytganda, turizmning sayr-sayohat va piyoda yurish shakllari mazmun va mohiyat jihatdan o‘z xususiyatlariga egadir. Ularni maqsadli uyushtirish va olib borishda mutasaddi xodimlarning o‘z mas’uliyatlarini bajarishi juda muhim.


Yüklə 50,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə