Saydaliyeva dilshodaning


Lotin Amerikasi aholisini va xo’jaligi mavzusini o’rganishga oid didaktik ko’rgazmali qurollarning tavsifi



Yüklə 89,69 Kb.
səhifə7/12
tarix10.10.2023
ölçüsü89,69 Kb.
#126648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
LOTIN AMERIKASI MAMLAKATLARI XVII-XIX ASRLARDA MAVZUSINI O’QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI O’RNI

2.2. Lotin Amerikasi aholisini va xo’jaligi mavzusini o’rganishga oid didaktik ko’rgazmali qurollarning tavsifi
Janubiy Amerika etnik xaritasi (milliy xaritasi) didaktik ko’rgazmali qurolida Janubiy Amerikada yashovchi xalqlarini materik bo’ylab joylashishi tasvirlangan. Ko’rgazmada ranglar usuli va geometrik shakllarida ifodalangan. Xaritada berilgan shartli belgilar quyidagilar:
Negrlar va mulatlar
Xitoyliklar va yaponlar

Indeeslar

Ispanlar va portugallardan kelib chiqqan xalqlar (kreollar).



Negrlar va mulatlarning tarqalishi qora doiralarda ifodalangan. Bu erda qora doiralar hajmi (katta kichikligi) bir xil bo’lgani uchun negr va mulatlar sonini ifodalamaydi. Ma’lum hududda qora doiralar qancha ko’p bo’lsa, shu hududda negrlar va mulatlar ko’p yashashini ko’rsatadi. Janubiy Amerika materigida negr va mulatlarni o’quvchilarga bayon qilganimizda materikning Atlantika okeani bo’ylarida ularni zichroq yashashini ko’rsatamiz. Shuningdek materikning shimoli, Amazonka daryosi havzasida ular soni ko’p. Ma’lumki, negrlar asosan materikdagi tog’-kon sanoati yollanma ishchilarga talab katta hududlarda yashaydi. Materikda xitoyliklar va yaponlarni tarqalgan hududlari bo’sh doiralar usulida tasvirlangan. Ularning materik shimolida Rio-de-Janeyro, San-Paulu shaharlarida ko’plab yashayotganliklarini ko’rish mumkin.Materikning tub joy aholisi indeeslarning joylashuvi yashil rangda katakchalar usulida berilgan. Bu erda ham uning soni ifodalanmaydi, balki areal bo’ylab hududiy joylashuv tasvirlangan. Ushbu ko’rgazmani yana bir ustunligi har bir millat va xalqning hudud bo’ylab yaqqol ifodalanganligidir. Xaritaga shunday nazar tashlaganda uning 4 xildagi usul va shaklda tasvirlanganligini ko’ramiz20.
Ispan va portugallarning avlodlari bo’lmish kreollar yo’l-yo’l usulda tasvirlangan. Ular ham hududiy jihatdan dengiz bo’ylarida yashaydi. Ushbu ko’rgazmaning afzalliklari quyidagilardan iborat: Birinchidan nazariy bilimlar beradi, uni mustahkamlaydi (qaysi millat va elatlar yashashi to’g’risida bilimlar). Ikkinchidan – millatlardan hududiy joylashuvi qonuniyatlarini ochib beradi. Jumladan, tub joy aholisi bilan «mehmon xalqlar» joylashuvi haqidagi bilimlarni beradi. O’quvchilar bilimini baholashda asosiy vositalardan biri bo’lib hisoblanadi. Uchinchidan – Janubiy Amerika etnik xaritasi didaktik ko’rgazmali qurollardan amaliy mashg’ulotlar bajarishda foydalanish mumkin. To’rtinchidan – bu xarita o’quvchilarga ma’naviy-ma’rifiy vosita bo’lib xizmat qiladi.
Bu ko’rgazmali qurollar 2008 yilda chop etilgan V.P.Maksakovskiyning «Geograficheskaya kartina mira» kitobi ma’lumotlari asosida tuzildi.

Yüklə 89,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə