Saydaliyeva dilshodaning


Braziliyaning Portugaliya istibdodidan ozod qilinishi



Yüklə 89,69 Kb.
səhifə3/12
tarix10.10.2023
ölçüsü89,69 Kb.
#126648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
LOTIN AMERIKASI MAMLAKATLARI XVII-XIX ASRLARDA MAVZUSINI O’QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI O’RNI

1.3. Braziliyaning Portugaliya istibdodidan ozod qilinishi.
Napoleon qo’shinlari Portugaliyaga bostirib kirgandan so’ng regent shahzoda don Joan Lissabondan qochib ketdi va ingliz flotining himoyasida Ro-de-Jeneyroga bordi. Korol xonadoni va armiyaning Braziliyada turishi hamda bu bilan bog’liq bo’lgan xujjatlar va soliqlar norozilikni yanada kuchaytirib yubordi. Keyinchalik korol Joan VI unvonini olgan don Joan 1815 yilda Braziliyani Portugaliya, Braziliya va Algarvi Birlashgan korolligining tarkibiy qismi deb e’lon qilishga majbur bo’ldi. Shu vaqtdan boshlab Braziliya rasman mustamlakadan chiqqan bo’lsa-da, ammo butun xokimiyat portugallar qo’lida qola berdi. Braziliyada mustamlakachilar rejimidan norozilik tobora kuchayib, mustamlakachilarga qarshi ochiqdan-ochiq bosh ko’tarib chiqila boshladi.
1817 yil martida Pernambukoda boshlangan respublikachilar qo’zg’oloni buning eng yorqin misoli bo’ldi. Qo’zg’olonchilar muvaqqat xukumat tuzdilar va mustaqil respublika e’lon qildilar. Qo’zg’olon rahbarlari Pernambuko aholisiga qarata xitobnoma chiqardilar, unda “kichkina o’choqdan katta yong’in chiqishi mumkin” deyilgan edi. Qo’zg’olonchilarning boshliqlari Braziliyaning boshqa shimoliy rayonlari bilan aloqa bog’ladilar va respublikachilarning qo’zg’olonlarini ko’tardilar. Ammo bu harakatlarning hammasi shafqatsizlik bilan bostirildi.
Portugaliyada 1820 yilgi burjua revolyusiyasidan keyin Joan VI o’z o’g’li Pedroni Braziliya regenti qilib qoldirib, o’zi metropoliyaga qaytdi. Shu paytdan e’tiboran, don Pedro hamda Braziliyada qolib, metropoliyaga itoat etishni istamagan juda ko’p portugaliyalik aristokratlar Braziliyani Portugaliyadan ajratib olish xarakatiga qo’shildilar. Don Pedro respublikachilarning qo’zg’olonlaridan vahimaga tushib va mahalliy pomeshchiklarning tazyiqi ostida, 1822 yilda Braziliyani mustaqil deb e’lon qildi, o’zi esa imperator Pedro 1 bo’lib oldi.
1823 yilda Portugaliya qo’shinlari Braziliyadan xaydaldi. Imperiya yirik pomeshchik-plantatorlarga tayanar edi. Ularning manfaatlarini ko’zlab, mamlakatda negrlarning qulligi saqlab qolindi. Braziliya qoloq mamlakatligicha qola berdi va Angliyaga tobora ko’proq qaram bo’lib bordi. Mamlakatda respublia uchun va elementar demokratik erkinliklar uchun monarxiyaga qarshi kurash to’xtamadi. Turli provinsiyalarda, xususan mamlakatning shimolida monarxiyaga qarshi qo’zg’olonlar ko’tarilib turdi11.
Latin Amerikasida mustamlakalarning Ispaniya va Portugaliya mustamlakachilik zulmiga qarshi olib borgan adolatli, milliy-ozodlik urushi bir qancha yangi davltlarning tashkil topishiga olib keldi. Braziliyani mustasno qilganda, bu davlatlarda respublika tuzumi o’rnatildi va konstitusiyalar qabul qilindi. Urush natijasida Latin Amerikasidagi mamlakatlarning kapitalistik taraqqiyoti yengillashgan bo’lsada, ammo Latin Amerikasi davlatlarida pomishchek yer egalaligi, qulchilik va ekspluatasiyaning formalari saqlanib qolganligi uchun kapitalistik taraqqiyot sur’ati nihoyatda sust bo’lib qola berdi.
Ispaniya va Portugaliya istibdodidan ozod bo’lgan Latin Amerikasi mamlakatlari haqiqatda to’la mustaqillikka ega bo’lmadi, chunki ular iqtisodiy va siyosiy jixatdan Angliyaga qaram bo’lib qoldi. Kuba va Puerto-Riko Ispaniya qo’l ostida qoldi12.


    1. Yüklə 89,69 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə