Aqsh davlatchiligining vujudga kelishi



Yüklə 78,69 Kb.
tarix18.04.2023
ölçüsü78,69 Kb.
#106073
PARDAYEV J.T

AQSH DAVLATCHILIGINING VUJUDGA KELISHI


7-ts-20 GURUH TALABASI A.PARDAYEV
  • REJA
  • 1.Amerika Qoʻshma Shtatlari
  • 2.Davlat tuzumi
  • 3.Aholisi
  • 4.Xoʻjaligi
  • 5.Sanoati
  • 6.Qishloq xoʻjaligi
  • Qadim zamonlarda hozirgi AQSh hududida indeyslar va eskimoslar yashagan. Amerika 1492-yilda Christopher Columbus tomonidan kashf etilgandan keyin XVI asrda IspaniyaFransiyaAngliyaGollandiya va Shvetsiya Shimoliy Amerikadagi boʻsh yerlarni egallashga kirishdi. Angliya XVIII asr oʻrtalarida asosiy raqiblarini surib chiqarib, qitʼaning sharqiy qismida oʻzining mustamlakachilik hukmronligini oʻrnatdi. Yerlarni egallash va oʻrnashib olish bilan ayni bir vaqtda mahalliy aholi qirgʻin qilindi va Afrikadan qul negrlar ommaviy ravishda olib kelindi. 1775-83-yillardagi Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun urush davomida 1776-yil 4-iyulda federal davlat — AQShga asos solindi va u respublika deb eʼlon qilindi. George Washington Amerika Qoʻshma Shtatlarining birinchi prezidenti etib saylandi. Mamlakat shimolida sanoat va fermerlik, janubiyda quldorlikka asoslangan dehqonchilik rivojlandi. Gʻarbdagi indeys qabilalarini haydab yuborish va yangi yerlarni oʻzlashtirish hisobiga AQSh hududi tez kengaya bordi. 1803-yilda Fransiyadan Gʻarbiy Luiziana „sotib olindi“, 1819-yilda Ispaniya Floridaning bahridan oʻtdi, 1836-yilda Meksikadan Texas tortib olindi. XIX asr mobaynida hozirgi KaliforniyaArizonaNyu-Meksiko va Nevada shtatlarining hududlari, Kolorado va Vayoming shtatlarining bir qismi qoʻshib olindi. XIX asr oʻrtalarida AQShda „ikki partiyali tizim“ tarkib topdi. Endi hokimiyatni Demokratlar partiyasi bilan Respublikachilar partiyasi galma-gal boshqaradigan boʻldi.
  • Shimoliy burjuaziyasi bilan janub plantatorlari oʻrtasidagi ziddiyat AQShda 1861—65-yillarda fuqarolar urushiga olib keldi, unda prezident Abraham Lincoln boshchiligidagi shimoliy shtatlar gʻalaba qozondi. Urush davomida yer ulushlari haqida (1862), quldorlikni bekor qilish toʻgʻrisida (1865) qonunlar qabul qilindi. Fuqarolar urushidan soʻng mamlakat iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi. 1867-yilda AQSh chor Rossiyasidan Alyaska va Aleut orollarini sotib oldi; XIX asr oxirida Filippin, Gavayi, Puerto-Riko va boshqalarni, 1903-yilda Panama kanali zonasini qoʻlga kiritdi. Ikki asr boʻsagʻasida AQShga koʻchib kelishning yangi toʻlqini boshlandi. Muhojirlarning aksariyati janubi-sharqiy Yevropadan edi. Birinchi jahon urushi davri (1914—1918)da AQSh avvaliga betaraflik mavqeida turdi, 1917-yil aprelda Antanta tomonida turib harakat qildi. Urushdan keyin AQSh iqtisodiy yuksalish davriga kirdi.
  • . Ammo tez orada iqtisodiy inqiroz (1929—1933) boshlanib, ishsizlik kuchaydi (1933-yilda 17 million ishsiz bor edi), korxonalar sindi, ishlab chiqarish keskin pasaydi. Inqiroz sharoitida Franklin D. Roosevelt (1933—1945-yillarda AQSh prezidenti) boshchiligidagi Demokratik partiya maʼmuriyati hokimiyat tepasiga keldi. Uning tashabbusi bilan bir qancha ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar amalga oshirildi, „yangi yoʻl“ deb atalgan bu yoʻl AQShni inqirozdan olib chiqish maqsadini koʻzlar edi. 1941-yilda Yaponiya Amerikaning Pearl Harbor harbiy-dengiz bazasiga hujum qilganidan keyin AQSh Ikkinchi jahon urushiga qoʻshildi va Adolf Hitlerga qarshi koalitsiya tomoniga oʻtdi. Amerika qurolli kuchlari asosan Tinch okeanda Yaponiyaga qarshi jangovar harakatlarda qatnashdi.
  • 1943-yilda Italiyaga qoʻshin tushirdi. AQSh ittifoqchilarning xalqaro anjumanlarida (1943-yil Texron, 1945-yil Qrim, 1945-yil Potsdam konferensiyalarida) qatnashdi. Nihoyat, 1944-yil 6-iyunda AQSh bilan Buyuk Britaniya ikkinchi frontni ochdi. 1945-yil avgustda Harry S. Truman (1945—1953-yillarda AQSh prezidenti) buyrugʻi bilan Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombalari tashlandi; oʻn minglab tinch aholining qirilishiga sabab boʻldi. 1950—1953-yillarda AQSh Koreya urushida qatnashdi, 1956—1975-yillarda Vyetnamda urush olib bordi. 1945-yildan AQSh — BMT, shuningdek, Amerika davlatlari tashkiloti, NATO aʼzosi.
  • Atlantika okeanining AQSh qirgʻogʻida koʻrfaz va qoʻltiqlar juda koʻp, sohillari asosan pasttekislikdan iborat; eng katta yarim orol — Florida. Mamlakat relyefi uch turga boʻlinadi. Gʻarbdagi Kordilyera togʻ tizmasi AQSh hududining uchdan bir qismini egallaydi. Tinch okean sohili baland togʻlar (Alyaska tizmasida AQSh va butun — 6194 m balandlikdagi Mak-Kinli choʻqqisi joylashgan; bundan tashqari Qirgʻoqboʻyi tizmalari va Kaskadli togʻlar, Syerra-Nevada togʻlari bor). Sharqiy mintaqani Qoyali togʻ tizmalari egallagan. Mazkur ikkala togʻli mintaqa oraligʻida Kolumbiya va Kolorado platolari bor. Katta Havza choʻl yassi togʻliklarini chuqur daralar bir-biridan ajratib turadi. Sharqda uncha baland boʻlmagan Appalachi togʻlari (balandligi 2037 m gacha, Mitchell togʻi) boʻlib, uni torgina Atlantika boʻyi pasttekisligi okeandan ajratib turadi. Kordilyera bilan Appalachi oʻrtasida Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar (yoki Preriy platosi) va Meksikaboʻyi tekisliklarini oʻz ichiga olgan ichki tekisliklar joylashgan. Shim.da suv-muz shaklidagi relyefli Lavrentiy tepaligining bir qismi joylashgan. AQSh — foydali qazilma zaxiralari va xilma-xilligi jihatidan dunyoning eng boy mamlakatlaridan biri
  • Koʻmir, neft, gaz, mis, qoʻrgʻoshin, pyx, uran, temir, titan rudalari, simob, oltin, molibden, volfram, fosforit konlari mavjud. Tosh va kaliy tuzlari, oltingugurt va boshqa minerallar ham bor. AQSh hududining deyarli hammasi moʻ`tadil va subtropik mintakalarda, Alyaska — subarktika, Floridaning janubiy qismi tropik mintaqalarda joylashgan. Mamlakatning shimoli-sharqiy va sharqiy qismlari iqdimiga iliq Golfstrim oqimi, Tinch okean sohili iqlimiga sovuq Kaliforniya oqimi anchagina taʼsir oʻtkazadi. Hudud yuzasining tuzilish xususiyatlariga koʻra shimoliy va janubiy mintaqalar oʻrtasida havoning faol almashinuvi munosabati bilan ob-havo tez-tez oʻzgarib turadi. AQSh ichki mintaqalarining iqlimi — kontinental, Kordilyera ichki hududlarida keskin kontinental. Bismark shahrida (Shimoliy Dakota shtati) yanvarning oʻrtacha harorati −19’, iyulda 21°, Chikago shahrida yanvarda −3,7° va iyulda 32, G. Meksikaboʻyi pasttekisligi va Atlantika boʻyi pasttekisligining janubiy qismida subtropik iqlim. Yangi Orlean shahrida yanvarning oʻrtacha harorati 12°, iyulda 27,4°. Atlantika boʻyi sohilining shimoli-sharqiy qismi va Tinch okean boʻyi sohilining shimoliy qismida — dengiz iqlimi.
  • NyuYorkda yanvarning oʻrtacha harorati −0,8°, iyulda 23". Tinch okean sohilining janubida Oʻrta dengizga oʻxshash iqlim, Kordilyera janubiy qismining ichki tumanlarida juda issiq va qurgʻoqchil. Havoning eng past harorati (-64° gacha) Yukon yassi togʻligi (Alyaska)da, eng yuqori harorati esa (50°) Ajal vodiysi (Kaliforniya)da kuzatilgan.
  • Oʻrtacha yillik yogʻin Alyaskaning janubi-sharqida va Vashington shtatining gʻarbida — 3000-4000 mm, mamlakatning janubi-sharqida — 1500-2000 mm, ichki tekisliklarda — sharqda 1 500 mmdan gʻarbda 3 000 mm gacha. AQShning koʻp daryolari Atlantika okeani havzasiga quyiladi. Mamlakat hududidan dunyoning eng yirik daryo tizimlaridan biri — Missuri bilan Missisipi daryosi oqib oʻtadi. Appalachidan oqib kelib Atlantika okeaniga quyiladigan daryolar (Gudzon, Potomak va boshqalar) — qisqa, tez va sersuv. Kordilyeraning daryo tarmogʻi siyrakroq. Bu yerdagi Kolumbiya, Kolorado kabi soylar chuqur daralardan oqib oʻtadi. Mamlakat shimolida, Kanada chegarasida Buyuk koʻllar (Yuqori koʻl, Guron, Michigan, Eri, Ontario) bor. Katta Havza togʻida Katta Shoʻr koʻl, Floridada koʻpdan-koʻp sayoz koʻl va qoʻltiqlar, Alyaskada muzliklardan hosil boʻlgan tektonik koʻllar, jumladan, Iliamna koʻli bor. Ichki suvlardan sanoat va kommunal suv taʼminoti, kema qatnovi, sugʻorish va gidroenergiya manbai sifatida barakali foydalaniladi. 
  •  Tuproq qoplami xilma-xil. Shimoli-sharqda serajriq podzol (kulrang) va qoʻngʻir oʻrmon tuproq, janubi-sharqda qizgʻish va sargʻish tuproq, Ichki tekisliklarda qoramtir preriy, qoratuproq va toʻq sur, Kordilyeraning togʻ oraligʻi platosida quruq dashtlarning kulrang va och sur tuproqlari. Mamlakat shimoli-sharqida aralash va qaragʻay oʻrmonlari, janubida keng bargli, Tinch okean sohili va Kordilyera yon bagʻirlarida igna bargli oʻrmonlar ustun. Markaziy tekisliklarning gʻarbidagi ayrim joylarda oʻtsimon preriy oʻsimlikzorlari, Buyuk tekisliklar, Kordilyera platosi va vodiylarida quruq dashtlarning oʻsimliklari saqlanib qolgan. Kordilyera yassi togʻligining qurgʻoqchil qismini yarim choʻl va choʻllar egallaydi. Muhofazaga olingan yirik tabiat obyektlari orasida Iyellouston milliy bogʻi, Yosemit milliy bogʻi, Sekvoyya, Grand-Kanon milliy bogʻlari, Mamont va Karlsbad gʻorlari bor.
  • AQShning amaldagi konstitutsiyasi 1787-yilda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi, qurolli kuchlar bosh qoʻmondoni — prezident, uning vakolatlari juda katta. Vitse-prezident bilan birga bavosita, ikki bosqichli saylov yoʻli bilan (saylovchilar hayʼati orqali) 4 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va vakillar palatasidan iborat ikki palatali kongress amalga oshiradi. Senatda 100 senator bor (ular 6 yil muddatga, har shtatdan 2 tadan saylanadi va 1/3 qismi har 2 yilda yangilab turiladi). Vakillar palatasiga 435 deputat 2 yilga saylanadi. Ijrochi hokimiyat organi — AQSh hukumati prezident tomonidan senatning roziligi bilan tayinlanadi; 13 vazirdan iborat boʻladi. Hukumat kongress oldida masʼul emas. Har bir shtatning oʻz konstitutsiyasi bor. Shtatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi majlis, ijrochi hokimiyatni esa gubernator amalga oshiradi. AQSh davlatining konstitutsiyaviy tizimiga uch siyosiy-huquqiy qoida asos qilib olingan, bu qoidalar — hokimiyatning boʻlinishi, federalizm va sudning konstitutsiyaviy nazoratidan iborat. Hokimiyatning boʻlinish qoidasi davlat hokimiyatining uch tarmogʻi — qonun chiqaruvchilik, ijroiya va sud hokimiyatlarining mustaqilligini va ular oʻrtasida vazifalarning chegaralab qoʻyilishini nazarda tutadi. Federal darajadagi uch tarmoq — Kongress, Prezident va Oliy suddir.
  • Respublikachilar partiyasi, 1854-yilda tuzilgan; Demokratik partiya, 1828-yilda tuzilgan; Kommunistik partiya, 1919-yilda tuzilgan; Amerika Mehnat Federatsiyasi — ishlab chiqarish kasaba uyushmalari Kongressi, 1955-yil tashkil etilgan. AQShda salkam 40 mustaqil kasaba uyushmalari ham bor, ularga 4,5 million ishchi va xizmatchi aʼzo boʻlib kirgan.
  • AQShning hozirgi aholisi uch asosiy etnik tarkibiy qismdan: AQSh amerikaliklari, muhojirlar va tub joy aholisidan iborat. AQSh aholisining 82,8 % ni asli kelib chiqishi yevropaliklar, 12,6 % ni afrikaliklar, 3,6 % ni osiyoliklar, 1 % ni hindular, eskimoslar, aleutlar tashkil etadi. Aholining 80 % shaharlarda yashaydi. AQSh amerikaliklari millat sifatida asosan 18-asrning 2-yarmida Yevropaning turli mamlakatlaridan kelgan muhojirlarning aralashib ketishi natijasida tarkib topgan. Afroamerikaliklar („qoralar“ deb ata-luvchi negrlar) AQSh amerikaliklarining irqiy-etnografik guruhi boʻlib, ular 17-19-asrlarda mamlakatga keltirilgan afrikalik qullarning avlodlaridir.
  • Afroamerikaliklar koʻp asrlar davomida ayirmachilik va kamsituvga duchor qilinishiga qaramay, afrikaliklarning oq tanlilar bilan jismoniy aralashuvi sodir boʻldi. Duragaylar afroamerikaliklar umumiy sonining anchagina qismini tashkil etadi. AQShda meksikanlar, italyanlar, nemislar, fransuzlar, shvedlar, norveglar, gollandlar, yaponlar, polyaklar, xitoylar va boshqaxalqlar ham yashaydi. AQShda 5 mingga yaqin oʻzbek istiqomat qiladi. Ular asosan NyuYork, Vashington, Nyu-Jersi shtatlarida, Filadelfiya shahrida hamda mamlakatning boshqa shtat va shaharlarida yashaydi. Ular turli kasb hamda tijorat ishlari bilan shugʻullanadilar. Hozirgi amerikalik oʻzbeklarning ota-bobolari 1917-yilgi oktyabr toʻntarishidan keyin bolsheviklar tazyiqidan qochib, avval Afgʻoniston va Xitoyga oʻtib ketganlar. 1950-yillarda esa, Pokiston, Saudiya Arabistoni, Turkiya orqali AQShga borib qolishgan. Ikkinchi jahon urushi davrida turli yoʻllar bilan u yerga borib qolgan oʻzbeklar ham uchraydi. AQSh aholisining zichligi — 1 km² ga 27,2 kishi. Rasmiy tili — ingliz tili. Dindorlar asosan protestantlar va katoliklardir. Yirik shaharlari: Nyu-York, Chikago, Los Anjeles, Filadelfiya, Xyuston, Detroyt, San Fransisko, Vashington, Boston, Dallas, Klivlend, Baltimor (yana qarang Amerikaliklar).
  • 1933-yil 16-iyunda kuchga kirgan sanoatni qayta tiklash haqidagi qonun „Yangi yoʻnalish“ doirasidagi yana bir muhim tadbir boʻldi. Bu qonun sanoatning davlat tomonidan joriy qildi. Birinchi jahon urushi natijasida AQSh Dunyodagi yetakchi davlatga aylanadi. Amerika kompaniyalari Yevropa mamlakatlariga ulkan miqdorda va yuqori narxlarda harbiy jihozlar, qurol -yaroq va oziq ovqat etkazib berdi. Koʻplab Yevropa mamlakatlari AQShdan urush olib borish uchun kredid oldilar va urushdan soʻng AQSh oldida qarzdor boʻlib qoldilar amerika kompaniyalari urush davrida jami 35 mlrd. dollar foyda koʻrishdi. 1933-yil 12-mayda fermerlarga yordam haqidagi qonun qabul qilindi. Ularning mahsulotlariga boʻlgan narxlarni oshirish zarur edi. Fermerlarga ekinzorlar maydonini va chorva turini qisqartirish haqida davlat bilan kontrakt tuzish taklif etildi. Buning uchun ularga mukofotlar berildi. Fermerlarning qarzlari davlat hisobiga qabul qilindi va nomaʼlum muddatga toʻxtatib qoʻyildi. Davlat yuzminglab fermerlarga kredit berdi. Norentabel fermalar tugatildi. „Yangi yoʻnalish“ AQShdagi ijtimoiy munosabatlarni liberallashtirish uchun ijtimoiy qonnunchilik sohasida muhim siljishni amalga oshirildi. 1935-yili AQSh Kongressi "Vagner qonuni " ni qabul qildi. Mazkur qonun boʻyicha ishchilar jamoaviy shartnomalar tuzish huquqiga va ish tashlash huquqiga ega boʻlishdi. Kasaba uyushmalari huquqlarining va ish tashlash huquqining tan olinganligi ishchilar sinfining oʻz saflari birligi uchun kurashiga yangi turtki berdi. Kasaba uyushmalari soni koʻpayib ketaboshladi.
  • Tan olingan markaz — Amerika mehnat federatsiyasi bilan birga yangi kasaba uyushma tashkiloti — Ishlab chiqarish kasaba uyushmalari komiteti paydo boʻldi. Bu tashkilot 1938-yilda Ishlab chiqarish kasaba uyushmalari kongressi deb nomlandi. Ruzvelt Prezidentligi davrida ichki siyosatning liberallashtirilganligi tashqi siyosatda ham aks etdi. AQShning tashqi siyosati yanada moslashuvchan va haqqoniyroq boʻlib qoldi. Yangi maʼmuriyatning tashqi siyosatdagi birinchi yirik ishi — 1933-yil noyabrida Sovet Ittifoqi bbilan diplomatic munosabatlar oʻrnatilganligidir. Ikki mamlakat oʻrtasida munosabatlar meʼyorlashganligi ularning iqtisodiy aloqalarini faollashtirildi. 1935 va 1937-yillarda AQSh bilan SSSR oʻrtasida ikki mamlakatning oʻzaro foydali iqtisodiy munosabatlari rivojlanishiga imkon beruvchi savdo bitimlati tuzildi. Ruzvelt 1937-yil 5-oktyabr kuni Chikagoda soʻzlagan nutqida agressorlar atrofida karantin oʻrnatishga chaqirdi. U fashistik davlatlarning bosqinchilik harakatlarini ham keskin qoraladi. 1939-yil 26-iyul kuni AQSh Yaponiya bilan savdo shartnomasini bekor qildi. 1939-yil 4-noyabrda Ikkinchi jahon urushi boshlangandan soʻng betaraflik haqidagi qonun qayta koʻrib chiqildi va bu Angliya hamda Fransiyaga AQShdan qurol-yarogʻ sotib olish imkonini berdi.

Yüklə 78,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə