Saydaliyeva dilshodaning


XIX asrning 50-60 yillarida Lotin Amerikasi. Meksika va Braziliya



Yüklə 89,69 Kb.
səhifə4/12
tarix10.10.2023
ölçüsü89,69 Kb.
#126648
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
LOTIN AMERIKASI MAMLAKATLARI XVII-XIX ASRLARDA MAVZUSINI O’QITISHDA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI O’RNI

XIX asrning 50-60 yillarida Lotin Amerikasi. Meksika va Braziliya.

Lotin Amerikasidagi mamlakatlarning metropoliyadan ajralib chiqishining progressiv natijasi shu bo’ldiki, bu mamlakatlar avvalgi baqiqlik holidan chiqib, jahon miqyosida xo’jalik, siyosiy va madaniy aloqalar sistemasiga qo’shildi, ancha erkinroq kapitalistik taraqqiyot yo’liga kirdi. Biroq yarim feodal va yarim qullik usullari bilan eksplatasiya qilishga asoslangan pomeshchik yer egaligi xali ham saqlanib kelmoqda edi. Chet davlatlar, ayniqsa Angliya va AQSh Latin Amerikasidagi mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan qoloq va bir-birlariga dushman bo’lib qolishidan manfaatdor edi13.
Mustaqillik uchun olib borilgan urushdan keyin Latin Amerikasidagi mamlakatlar ekonomikasiga yayet el (asosan ingliz) kapitallari kira boshladi. Chet el kapitalistlari bu mamlakatlarning xukumatlariga asoratli shartlar bilan qarz berar edilar. Latin Amerikasi AQShni juda qiziqtirar edi, AQSh XIX asr o’rtalaridayoq o’zining janubdagi qo’shnilariga nisbatan agressiv siyosat olib bordi14.
Metropoliyadan ajralib chiqqandan keyin Meksikana uzluksiz fitna va isyonlar bo’lib turdi. 1824 yildan 1857 yilgacha mamlakatda 40 prezident almashtirilganini aytish kifoyadir. Meksikada 1833 yildan 1855 yilgacha Santa-Ana diktaturasining klerikal-pomeshchiklar reaksiyasi hukm surdi.
1845 yilda Amerika kongressi Texasni AQSh sastaviga qo’shib oldi. Shimoliy Amerika qo’shinlarining Texasni okkupasiya qilishi Meksika bilan AQSh o’rtasida urush (1846-1848) chiqishiga sabab bo’ldi, bu urushda meksikaliklar jasorat va matonat ko’rsatganliklariga qaramay, yengildi. Meksika armiyasining Shimoliy Amerika bosqinchilari tomonidan tor-mor qilinishi, shuningdek, Meksika territoriyasining yarmisini AQShga o’tkazgan 1848 yilgi sulh shartnomasi Meksika xalqini qattiq g’azablantirdi. Butun mamlakat Santa-Ana diktaturasidan va klerikal-pomeshchik yuqori tabaqasining siyosatidan norozi edi. Bu voqyealar 1855 yilgi burjua revolyusiyasiga olib keldi. Liberallar rahbarlik qilgan revolyusion harakat butun mamlakatga yoyildi. Qo’zg’olonchilar poytaxtni ishg’ol qilib, Santa-Ana hukmatini xaydab yubordi.
Liberallar xokimiyat tepasiga kelgach, Lerdo qonuni deb atalgan qonun chiqardi, bu qonun cherkovning mol-mulkka egalik qilishni ta’qiqladi va uni o’z yerlarini xususiy qilishlariga sotishga majbur qildi.
1857 yilda Meksikaning yangi konstitusiyasi qabul qilindi. Bu konstitusiya umumiy sayo huquqini, so’z, shaxs, majlislar erkinligini e’lon qildi, qulchilikni ta’qiqladi15.
1859 yilda reforma o’tkaish to’g’risida qonunlar qabul qilindi, bu qonunlar cherkov yerlarini davlat mulkiga aylantirishni, monax ordenlarini tarqatib yuborishni ko’zda tutgan edi. Bu qonun amalga oshirilishi natijasida yer yirik yer egalari – ruhoniy va dunyoviy yer egalari o’rtasida keyingilar foydasiga qaytadan taqsimlandi. Mehnatkash aholiga yer berilmadi. Ruhoniylar yangi konstitusiyaga qarshi qattiq kurash olib bordi. Ular konstitusiyaga qasamyod qilgan yoki cherkov mulkidan olgan xamma kishilarnidindan qaytgan deb e’lon qildi. Pasxa vaqtida xatto respublika prezidenti va hukumat a’zolari xam soborga kiritilmadi. Rim papasi Meksika xalqiga makbut bilan murojaat qilib, unda yangi konstitusiyaga la’nat o’qidi va dinorlarning konstitusiyasida qasamyod qilishni ta’qiqladi.
Meksikada uch yillik qonli grajdanlar urushi boshlandi, bu urush ayni vaqtda Yevropa davlatlari bilan Qo’shma Shtatlar o’rtasidagi kurashni aks ettirdi. Konservatorlar Yevropa davlatlari bilan yaqindan bog’langan edi, liberallar AQShdan birmuncha yordam olar edi. Grajdanlar urushi vaqtida liberallardan advokat Benito Xuares juda katta shuhrat qozondi. U hind dehqon oilasidan chiqqan edi. Grajdanlar urushi boshlanishi oldida Benito Xuares prezident bo’lib saylangan edi. U butun qiyinchiliklarga qaramay, g’alaba qozonishga muvaffaq bo’ldi. Biroq grajdanlar urushi mamlakatni holdan ketkazgan edi. Moliya ahvoli g’oyat mushkul edi. Ana shunday sharoitda 1861 yili Xuares chet ellardan olinganni to’lash muddati ikki yil kechiktiriladi, deb e’lon qildi16.
Braziliya Portugaliyadan ozod bo’lib olgandan keyin imperiya deb atala boshladi. Braziliya imperiyasi davrini (1822-1889) o’klarga ko’taruvchi burjua tarixchilari bu davrni liberalizm va mu’tadillik davri deb ataydilar. Haqiqatda esa Pedro 1 davri (1822-1831) da xam, Pedro 2 idora qilgan vaqt (1831-1889) da xam mamlakatda monarxiyaga qarshi xarakatlar, shuningdek, negr-qullarning qo’zg’olonlari to’xtamadi. Adib va shoir Frey Kaneka eng yirik respublikachi arbob bo’lib, respublikachilar qo’zg’olonining ikkalasiga ham qatnashgan edi.
Yirik quldor-pomeshchiklar imperiyaning tayanchi edi, ular Braziliyada kapitalizmning rivojlanishiga har qanday yo’llar bilan to’sqinlik qilar edi17.
XIX asrning 30 va 40-yillarida Braziliyadagi demokratik kuchlar respublika uchun, mamlakatning yanada tarqqiy etishiga to’sqinlik qilayotgan qulchilikka qarshi qattiq kurash olib bordi. Bu kurash respublikachilar qo’zg’olonlariga aylanib, ularda keng xalq ommasi qatnashdi. “Ferrapos” deb atalgan respublikachilar qo’zg’oloni (farrapos – juldur kiyimli kishi demakdir, xukumat qo’shinlari qo’zg’olon qatnashchilarini shunday deb atar edi). Braziliyaning janubida o’n yil davom etdi (1835-1845). Bu qo’zg’olonda yosh Garibaldi qatnashdi. Bu harakat bilan bir vaqtda uchta yirik xalq xarakati: mamlakatning shimolida, Baiyada, 1835 yili negr-qullarning qo’zg’oloni, yana o’sha Baiyada 1837 yili qo’zg’olon boshlig’i vrach Sabino nomi bilan atalgan “sabinada” qo’zg’oloni, Miranyada 1838 qo’zg’olon boshlig’i Balayo nomi bilan atalgan “balayada” qo’zg’oloni ko’tarildi. “Farrapos” qo’zg’oloni bostirilar-bostirilmas, mamlakatning shimolida, Pernambukoda 1848-1849 yillarda respublikachilarning mashhur “prayeira” qo’zg’oloni (prayeiro partiyasi nomidan olingan, bu partiyaning majlislari Praya ko’chasida o’tkazilar edi) ko’tarildi. Respublikachilarning qo’zg’olonlari, shubhasiz, Braziliya imperiyasini tagidan zil ketkadi, qulchilikning bekor etilishi va respublika e’lon qilinishiga yo’l ochib berdi18.
Braziliya, Argentina va Urugvayning kichkinagina Paragvayga qarshi olib borgan qonli urushida mamlakatning reaksion hokimlari territoriyalar bosib olishga va Paragvayning o’sha vaqtdagi progressiv rejimini yo’q qilishga intildi. Paragvayning dushmanlari Paragvayga chet el kapitalining kirishi uchun keng yo’l ochishga harakat qilgan Angliya va Fransiyaning yordamidan foydalandilar. Paragvay xalqi o’z yerini qahramonlarcha himoya qildi, biroq u ancha kuchli va ko’p sonli dushmanlarning siquviga bardosh berolmadi. Urush natijasida Paragvay aholisi juda kamayib ketdi. 1865 yilda mamlakat aholisining soni 1 millioncha kishi edi, 1872 yilda esa atigi 250 ming kishi qoldi. Mamlakat xarob qilingan edi. Paragvayning nihoyatda kuchsizligidan foydalanib, Yevropa davlatlari va AQSh zo’r berib bu mamlakatga kira boshladilar19.

Yüklə 89,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə