Sabot ul-ojizin



Yüklə 279,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/7
tarix08.05.2023
ölçüsü279,34 Kb.
#109034
  1   2   3   4   5   6   7
sabot-ul-ojizin-hikoyatlarining-manbalari-va-matniy-tadqiqi



Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(3), March, 2023 
873 
“SABOT UL-OJIZIN” HIKOYATLARINING MANBALARI VA MATNIY 
TADQIQI 
Boysoatov Muzaffar
Alisher Navoiy nomidagi 
ToshDO’TAU 2-kurs magistranti 
ANNOTATSIYA
Maqolada So’fi Olloyor qalamiga mansub “Sabot ul-ojizin” asarining 
matnshunoslik va adabiyotimizdagi o’rni xususida fikr bildirilgan. Maktab 
darsliklarida o’qitilishining sabablari va o’zigacha bo’lgan asarlardan o’ziga 
xosligi nimada ekanligi keltirilgan.
Kalit so’zlar: qo’lyozma, tariqat, darslik, mazhab, din, matn, nusxa. 
ABSTRACT 
The article expresses an opinion about the place of "Sabot ul-Ojizin" written by 
Sufi Olloyar in textology and our literature. The reasons why it is taught in school 
textbooks and what makes it unique from previous works are given. 
Key words: manuscript, sect, textbook, sect, religion, text, copy. 
KIRISH 
Tasavvuf adabiyoti an’analarini o’z asarlarida izchil davom ettirgan So’fi 
Olloyor nomi Sharq-u G’arbda birdek mashhur, desak mubolag’a qilmagan bo’lamiz. 
Bejizga So’fi Olloyor haqida yozgan bir muallif “Abu Hanifayi vaqt ast” (“O’z 
zamonasining Abu Hanifasi, ya’ni Imomi A’zami ”)
1
, – deb baholamagan.
So’fi Olloyor hazratlari o’zbek adabiyoti tarixida Hazrati Navoiydan so’ng 
Naqshbandiya tariqatini she’riy shaklda targ’ib qilgan ulug’ so’z san’atkoridir. 
Alloma arab-fors va turkiy tillarning bilimdoni edi. So’fi Olloyor o’zbek adabiyoti 
tarixi va tasavvuf tarixida alohida o’ringa ega. Naqshbandiya tariqatini hayotga tatbiq 
etib, uni madrasalarga olib kirgan. Eski usul maktab, madrasalarida: “Haftiyak”, 
“Chahor kitob”, “So’fi Olloyor” (aslida “Sabot ul-ojizin”) va “Hofiz” o’qitilgan. 
Asarlarida Qur’oni Karim oyatlari, Hadisi sharif hikmatlari va tasavvuf g’oyalarini 
ajoyib tarzda bog’lagan.

Yüklə 279,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə