Investitsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari



Yüklə 17,51 Kb.
tarix01.04.2018
ölçüsü17,51 Kb.
#35557

Aim.uz

Investitsion faoliyatni moliyalashtirish manbalari.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning asosiy va aylanma ishlab chiqarish fondlariga investitsiyalarni moliyalashtirishning o`ziga xos manbalari shakllantirilgan bo`lib bunday manbalari korxonalarning o`z o`zini moliyalashtirish tamoyillariga asoslangan holda quyidagi manbalari mavjuddir:

1. Korxona va jismoniy shaxslar jamgarmalari;

2. Bank kreditlari xisobiga moliyashtiriladigan investitsiyalar:

a) Xorijiy investitsiyalar

b) Davlat byudjeti va byudjetdan tashkari fondlar mablag`lari xisobiga moliyalashtiriladigan investitsiyalar.

Sunggi yillarda investitsiyalar tarkibi, xususan, byudjetdan ajratiladigan investitsiyalar va bank kreditlari ahamiyati keskin o`zgardi. Davlat byudjetining investitsiya sarflari 2003yilda 29,4 foizni tashkil qilgan bulsa, 2004 yilda 0,9 foizga kupaygan, ya`ni 30,3 foizni tashkil etdi. Monetar siyosat kuchaytirilishi korxonalar moliyaviy axvolining barqaror emasligi korxona va jismoniy shaxslar mablag`laridan moliyalashtiriladigan investitsion loyixalarning hajmiga o`z ta`sirini ko`rsatadi. Investitsion loyihalarni moliyalashtirishga va korxonalar uchun samarali bo`lishiga iqtisodiy infratuzilmaning markaziy bo`g`ini moliyaviy mexanizmning tarkibiy qismi bo`lgan soliklar mexanizmi xisoblanadi. CHunki soliklar xam xar bir korxona mikyosida tuzilgan investitsion loyixalarning iqtisodiy samarasi takdirini xal kilishda asosiy urinni egallaydi. O`zbekistonda xam investitsion loyixalarni tuzishda va moliyalashtirish uchun kulay investitsiya muxitni yaratish bo`yicha izchil chora- tadbirlar ishlab chikilmokda.

Ularning negizida ikkita asosiy omil yotadi:

-iqtisodiy barkarorlik;

-inflyatsiya jarayonlarini tartibga solish va milliy valyuta- sumning to`lov kobiliyatini oshirishga yunaltirilgan makroiqtisodiy siyosat.

Xozirgi paytda O`zbekiston Respublikasida kulay investitsiya loyixalarini tuzish va ularni moliyalashtirish bo`yicha kuyidagi omillar mavjud:

-investitsion loyixalar bilan shugullanuvchi shaxslarni ragbatlantirish;

-sanoatning ustuvor soxalari, yokilgi, energetika majmualari bo`yicha investitsion loyixalar tuzish jadallashtirish;

-xalk xo`jaligida ilm fanga talab kuchli tarmoqlarida ishlab turgan kuvvatlarni yangilash va yangilarini barpo etish bo`yicha intellektual investitsion loyixalarni amalga kiritilishi.

Investitsiya loyihasini moliyalashtitrish manbalari va ishtirokchilari quyidagi jadvalda keltirilgan.

2-jadval

Investitsiya loyihasini moliyalashtitrish manbalari va

ishtirokchilari tasnifi


Guruhlar

Guruh ichi guruhlari

Investitsiya faoliyati ishtirokchilari tashkiliy shakllari

Byudjet va nobyudjet fondlar

Davlat byudjeti



Hukumat

Iqtisodiyot vazirligi

Moliya vazirligi


Mahalliy byudjetlar

Mahalliy vakolatli organlar

Nobyudjet fondlar



Pentsiya fondi

Bandlik fondi

Investitsiya fondi va boshqa fondlar


Kredit tizimi

Banklar

Kredit muassasalari



Markaziy bank

Davlat g`aznachiligi

Investitsion banklar

Kredit uyushmalari



Sug`urta tizimi

Sug`urta fondlari va tashkilotlari

Davlat sug`urta kompaniyalari

Boshqa sug`urta kompaniyalari



Moliyalash-tirishning jamoaviy shakllari

Investitsion tashkilotlar

Investitsion banklar

Sug`urta tashkilotlari


Investitsiya kompaniyalari va fondlari

Nodavlat pensiya fondlari

Sug`urta kompaniyalari

Payli investitsion fondlar



Xorijiy investorlar

CHet el davlatlari, hukumatlari, XMIlar, tijorat banklari, institutsional investorlar, investitsion banklar

XTTB

ETTB


Xalqaro moliyaviy qo`mita

AQSH eksimbanki

boshqalar


Korxonalar




Mulkchilikning turli shakllaridagi har qanday korxonalar

Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustivorlik berilishini fakat kapitalning tarkibiy tuzilishi bilan tushuntirish ozlik kiladi. Gap shundaki, dastlabki kapital jamgarish davrida pulni tez to`plash uchun uni kapital oboroti tez bo`ladigan soxalarga joylashtirilishi yuz beradi, chunki bu bilan yukori foyda normasi yuzaga keladi. Foyda normasi yukori joyda esa, uni kapitallashti-rish imkoni katta bo`ladi. Bu omil xam xususiy sektorda pulni oborot kapitaliga aylantirish uchun ragbat yaratadi. Bozor talablariga binoan tejamli xo`jalik yurita bilmaslik tannarxni ortishiga olib keladi, bu narx o`zgarmagan sharoitda, xam zararga olib keladi. Ammo xozirgi o`tish davrida xo`jalikdan tashkarida bo`lgan omillar ta`siri goyat kuchli. Bu balanslashmagan inflyatsiya sharoitida davlat xarid narxining mavjudligidir. Bu narx asosiy maxsulotlar (paxta, galla, pilla)ga taallukli bo`lib, uning darajasi resurslar narxiga mutanosib ravishda o`zgarmaydi. Natijada bu narxlar «kaychisi» paydo bo`lib, bu shirkat xo`jaliklarini rentabel ishlashiga yo`l bermaydi. Davlat narxlari amalda monopsoniya narxlari, ya`ni xaridorning biryoklama manfaatidan kelib chikkan xolda belgilanadigan narx bo`ladi. U bozorni monopollashganligini bildiradi. SHirkatlar tabiatan tarkok va erkin xo`jalik lekin ular erkin bozorga ishlay olmaydi. Bu ziddiyat ularni moliyaviy tanglikka maxkum etadi. Bozorda davlat monopoliyasining saklanishi monopsoniya yo`k sharoitda xam sezilib turadi. Buni xususan ozik-ovkatdan iborat shirkat, fermer va dexkon xo`jalik maxsuloti narxini sanoat narxiga nisbatan sekin o`sishida, narxining paritetida ko`rish mumkin. Dexkonlar maxsulotining ayirboshlanish ekvivalentining pasayishi tufayli ular foydani kam ko`radi, yoki uni umuman olmaydi. Bu albatta, investitsiyalarni o`z mablag`i xisobidan ta`minlash imkonini cheklab ko`yadi.





Aim.uz


Yüklə 17,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə