Sabot ul-ojizin


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 279,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix08.05.2023
ölçüsü279,34 Kb.
#109034
1   2   3   4   5   6   7
sabot-ul-ojizin-hikoyatlarining-manbalari-va-matniy-tadqiqi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(3), March, 2023 
875 
Muallifi Sayyid Habibulloh ibn Sayyid Yahyoxon al Farg’oniy summa-al 
Kobuliydir2.
Riyozat bandig’a berkit oyog’in, 
Ko’tarma boshidin taqvo tayog’in. 
Qaysar nafsning oyog’ini riyozat mashaqqati bilan mahkam bog’lab, boshi uzra 
taqvo tayog’ini ko’tarib tur. Shu o’rinda “Sabotul ojizin” matni nashrlaridan birida3 
mazkur bayt tabdilida yo’l qo’yilgan jiddiy xatoni eslatib o’tishimiz zarur. Arab 
alifbosidagi matnlarni, xususan, mumtoz adabiy matnlarni joriy imloga o’girish har 
tomonlama bilim va hamisha hushyorlik talab qiladigan o’ta mas’uliyatli ish. Bu 
mehnat qanchalar sermashaqqat bo’lmasin, bir so’z ustida soatlab zahmat 
chekayotgan matnshunosga kichik bir xato qilishga ham imtiyoz bermaydi. Chunki 
biz kichik deb e’tiborga olmayotgan xato tufayli butun bir matn ma’nosiga xalal 
yetadi, muallif haqqiga, tarixiy omonatga xiyonat sodir bo’ladi. 
Riyozat bandig’a berkit oyog’in, 
Ko’tarma boshidin taqvo tuyog’in. 
Taqvo tushunchasi o’zining asos e’tibori bilan yuksak maqomni ifodalaydi. Bu 
maqomni topgan inson qadriyati shu qadar ko’tariladiki, oyog’i zamindan uzilmasdan, 
Nazari samolarga yetadi, yerda turib, Haqqa bog’lanadi. Shuning uchun ham Qur’oni 
karimning avvalgi suralari, avvalgi oyatlaridanoq taqvo haqida so’z boradi, bu ulug’ 
Kitobning katta taqvo egalarini to’gri yo’lga boshlashi eslatiladi. Tabiiyki, taqvo 
tushunchasi zamiridagi bu oliy mazmun mumtoz matnlarda butun badiiyati bilan 
baland pardalarda vasf etilgan. Nahotki, bu oliy mazmunni hayotining dasturiga 
aylantirgan, umrini shu e’tiqodda kechirgan So’fi Olloyordek shaxs taqvoni 
hayvonga o’xshatsa, uni tuyoqli qilib tasvirlasa?! Bu na e’tiqodga, na badiiyat 
qonuniga to’g’ri keladi? Demak, bu yerda yo matnni ko’chirgan kotiblardan yoki 
nashrga tayyorlovchilardan xato o’tgan. Matnning turli qo’lyozma nusxalarini 
o’rganib, shunga amin bo’ldikki, adashish kotibdan emas, mashrga 
tayyorlovchilardan sodir bo’lgan. Arabiy imlodagi نيغايتso’zidagi ت(т) harfidan 
so’nggi qisqa unli “a” emas, “u” qilib o’qilgan. Natijada xunuk xato yuz bergan. 
Aslida “taqvo tayog’i” deb o’qilishi kerak edi. Shunda misradan misraga uzluksiz 
kuchayib borgan mazmun uyg’unligi to’la saqlanadi va badiiy mantiqqa rioya 
qilingan bo’ladi4.
Matnshunos olim Rashid Zohidovning ta’kidlashicha, “Sabot ul-ojizin” 
yaratilgan davr o’zbek tili tarixida ham alohida xususiyatga ega. XIV-XVII asrlarga 
2
So’fi Olloyor . Sabot ul-ojizin. – Toshkent-Mehnat: 1991. – B. 4.
3
So’fi Olloyor. Sabot ul-ojizin (Nashrga tayyorlovchilar Hoji Po’latqori Muhammad Ali, Mahmud Hasaniy, Mirsolih 
Qosim), – Toshkent: Mehnat. – B. 209.
4
So’fi Olloyor. Sabotul ojizin sharhi, Ravoyihur Rayhon (Nashrga tayyorlovchi: Rashid Zohid), – Toshkent: “Sharq” 
nashriyot-matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2021.



Yüklə 279,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə