Sabot ul-ojizin



Yüklə 279,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix08.05.2023
ölçüsü279,34 Kb.
#109034
1   2   3   4   5   6   7
sabot-ul-ojizin-hikoyatlarining-manbalari-va-matniy-tadqiqi

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
“Sabot ul-ojizin” asarini o’qir ekanmiz, sof islomiy e’tiqod, komil inson axloqi, 
ilohiy muhabbat, yoshlar tarbiyasi kabi mavzularga duch kelamiz. Unda Allohning 
ma’rifati, tavhidi, sifatlari, iymon, farishtalar, qabr azobi, qiyomat kuni, Payg’ambar 
1
Orzibekov Rahmonqul. O’zbek adabiyoti tarixi. O’zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi Adabiyot jamg’armasi 
nashriyoti -Toshkent: 2006. – B. 32. 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(3), March, 2023 
874 
shafoati, umrning foniyligi haqida xabar beradi. Asar muqaddimasida qayd 
qilinishicha, muallifning muxlis va do’stu yaqinlari turkiy tilda kitob yozishini 
iltimos qiladi: 
Bitilsa turkiy til birla aqiyda, 
Ko’ngullar bo’lsa andin oramiyda. 
Tamalluq qildilar chun bir necha yor, 
Qalam tortay Xudo bo’lsin madadkor. 
Bunga javoban fors tilida yozilgan “Maslak ul-muttaqin” asarini bir muncha 
qisqartirib, “Sabot ul-ojizin” deb ataydi: 
Aqiyda so’zlaridin qildim isbot, 
Anga qo’ydum Sabot ul-ojizin ot. 
“Sabot ul-ojizin” 300 yildan ko’proq vaqt mobaynida maktab va madrasalarda 
asosiy darslik, qo’llanma bo’lgan. Matbaa paydo bo’lgach Qozon, Boku, Toshkent, 
Xivada qayta-qayta bosilib chiqqan. Asarga bo’lgan qiziqish tufayli ko’plab sharhlar 
yozilgan. Jumladan, Tojuddin Yolchiqul “Risolai Aziza”, Sayyid Habibulloh 
Yahyoxon “Hidoyat ut-tolibin”, Rashid Zohid “Ravoyihur Rayhon”.
Muallif asarni yaratishda ikkita asosiy manbadan foydalangan. Birinchi manba: 
Qur’oni Karimdir. Ikkinchi manba: o’zigacha bo’lgan buyuk allolamalar: Sulaymon 
Boqirg’oniy, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy asarlarining ta’siridir. Asar din-aqoid 
bo’yicha diniy ko’rsatma beradi, shuning bilan birga adabiy buyuk xazina hamdir. 
Quyidagi misralarni o’qiganingizda haqiqiy inson qanday bo’lishi kerakligini 
anglagandek bo’lasiz: 
Ochiqqo’llik, kushoda yuzli bo’lg’il, 
Muruvvatlik, muloyim so’zli bo’lg’il. 
Musulmon o’g’liga yaxshi qiliq qil. 
Tilingni xush, chiroyingni iliq qil. 
Asarni o’quvchi uchun qulayligi sodda tilda yozilgani bo’lib, so’z o’yinlarining 
ishatilganligi yodlab olishni ham osonlashtiradi.
Darslik sifatida o’qitilishi, barchaga manzur bo’lishi asar nusxalarining ko’p 
bo’lishiga sabab bo’lgan. Asar qo’lyozmasi kotiblar tomonidan ko’p marta 
ko’chirilgan va chop etilgan. Ko’chirish va chop etish jarayonlarida undagi ba’zi 
baytlar o’zgarishga uchragan, ba’zilari tushib qolgan, ba’zi baytlar esa kitob zarur 
bo’lgan xalqning tili va shevasi taqozosidan o’zgartirilgan. Bu esa “Sabot ul-ojizin” 
asarining nusxalari orasida har xillikni keltirib chiqargan. Nusxalardan biri Hoji 
Po’latqorining shaxsiy kutubxonasidagi Saudiya Arabistonida Muso Afandi 
tomonidan chop etilgan. Yana bir nusxasi Pokistonda “Hidoyat ut-tolibin sharhi 
“Sabot ul-ojizin” (“Sabot ul-ojizin”ni sharhlashda toliblarga yo’llanma”) chop etilgan. 



Yüklə 279,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə