Sabot ul-ojizin


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 279,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix08.05.2023
ölçüsü279,34 Kb.
#109034
1   2   3   4   5   6   7
sabot-ul-ojizin-hikoyatlarining-manbalari-va-matniy-tadqiqi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(3), March, 2023 
876 
oid manbalarda (Xorazmiy, Sakkokiy, Atoiy, Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy, Muhammad 
Solih, Bobur asarlarida) eski o’zbek tilining leksik-grammatik va uslubiy 
imkoniyatlari nihoyatda kengligi va rang-barangligi bilan to’laligicha namoyon 
bo’ladi. XVII asrdan keyingi o’zbek tilida yaratilgan asarlarda ma’lum sabablarga 
ko’ra, yuqorida ba’zi til imkoniyatlari yuqori darajada aks etmagan. “Sabot ul-ojizin” 
til tarixining biz shartli ravishda ajratgan mana shu ikki muhim davrning tutash 
joyida yaratilgan asardir. Olimning fikricha, asarni ilmiy-ma’rifiy asar sifatidagi 
qiymatini aniqlashda uni faqat bir fan tarmog’i doirasida qaramaslik lozim. Ya’ni biz 
“Sabot ul-ojizin” asarini ham adabiyotshunoslik nazariyasi nuqtayi nazaridan, ham 
tilshunoslik nuqtayi nazaridan, ham aqoid ilmi nuqtayi nazaridan ilmiy-nazariy 
o’rganishimiz mumkin. Asar har bir fan tarmog’i uchun bir butun ilmiy manbadir. 
Shu jihatdan u ilmiy asardir. “Ma’rifiy” asar deyilishini ham olim juda asosli ravishda 
tushuntirishga harakat qiladi, “Sarlavhadagi “maʼrifiy” soʼziga beriladigan taʼrif esa 
“maʼrifat” tushunchasining asl maʼnosini anglashga bogʼliq. “Maʼrifat” soʼzi lugʼatda 
tanimoq, bilmoq maʼnolarini anglatadi. Аmmo ilm soʼzi anglatgan bilish bilan 
maʼrifat soʼzi anglatgan bilish oʼrtasida farq bor. Maʼrifat deganda narsaning 
belgilarini (sifatlarni) idrok qilish tushunilsa, ilm orqali bilishda narsaning oʼzini 
(zotni) idrok qilish tushuniladi. Boshqacharoq aytilsa, ilgari xabardor boʼlmagan 
narsani keyin bilish maʼrifatdir. Shuning uchun “maʼrifat” soʼziga oʼzakdosh orif 
sifatini Ollohga nisbatan qoʼllab boʼlmaydi. Chunki bexabarlikdan soʼng bilim hosil 
boʼlishi Yaratuvchiga emas, yaratilganlarga xos sifatdir. Qadim manbalarda, xususan 
mumtoz adabiyotimizda maʼrifat lafzi orqali Haqni tanish tushunchasi ifodalangan. 
Keyinchalik tilimizda “maʼrifat” soʼzining maʼno doirasi yanada kengaydi. Аsl 
taqozo qiladigan sifatlar aslning oʼrnida isteʼmol qilina boshladi. Masalan, “maʼrifatli 
kishi” degan soʼzdan endi bevosita Haqni ongli ravishda anglash sifati tushunilmaydi. 
Balki, “zamonamiz kishisining maʼrifati – koʼp maʼlumotlardan xabardorlik, rasmiy 
odob etiketlarini oʼzlashtirganlik bilan belgilanadi” degan qarash bugun meʼyorga 
aylangan”
5

Uyalma ma’rifatni o’granurdin, 
Tanur joying bo’lur, qolsang tanurdin. 
Uyolmasdur talab amrini olg’on, 
Qolur yaxshi uy olmog’din uyalg’on. 
Ushbu bayt orqali uyalib ma’rifat ilmini o’rganishga chaqirib, Haqni tanish, bu 
ilmdan bexabar qolgan insonning joyi do’zaxda bo’lishi aytiladi. Payg’ambar 
alayhissalom “Agar Xitoyga borib bo’lsa ham ilm olinglar, chunki ilm har bir 
5
Zohidov R. “Sаbotul ojizin” аsаrining mаnbаlаri, shаrhlаri vа ilmiy-tаnqidiy mаtnini kompleks o’rgаnish 
muаmmolаri. F.f.d. diss. – Toshkent., 2018. 



Yüklə 279,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə