Sabot ul-ojizin


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 279,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix08.05.2023
ölçüsü279,34 Kb.
#109034
1   2   3   4   5   6   7
sabot-ul-ojizin-hikoyatlarining-manbalari-va-matniy-tadqiqi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(3), March, 2023 
877 
musulmonga farz”, – degan. Oxiridagi ikki misra Alisher Navoiy hazratning 
“bilmaganin so’rab o’rgangan olim, orlanib so’ramagan o’ziga zolim” fikriga to’g’ri 
keladi. Ya’ni ma’rifat ilmini orlanib so’ramagan, jannatdan benasiba qolishi nazarda 
tutilyapti.
Alloh hamdi va Muhammad s.a.v. madhi berilgan. “Dar bayoni sababi ta’lif” 
(“Kitobning yozilish sababi bayonida”) o’zi kabi xastalar shod bo’lishligi uchun 
“Sabot ul-ojizin”ni yozganligini ta’kidlaydi.
O’zimdek xastalar bo’lg’aymu deb shod, 
Nasoyihdin ham andak ayladim yod. 
Nasihat tinglamas dilsaxt mahjub, 
Ko’karmas tosha yomg’ir yog’sa ham ko’p. 
Nasihat tinglamas insonlar ko’p yomg’ir yog’gani bilan hech nima 
ko’karmaydigan toshga o’xshatiladi.
Alloh taoloni tanimoq bayonida esa
Aqiyda bilmagan insonni shaytonga el bo’lishi, amal qilganlari yеl, ya’ni shamol 
kabi o’tkinchi ekanligi uqtirilgan:
Aqiyda bilmag’on shaytona eldur, 
Agar ming yil amal deb qilsa yеldur. 
Uyolma ma’rifatni o’granurdin, 
Tanur joying bo’lur qolsang tanurdin
6

“Iymonning bayoni”da Allohdan har ne kelsa, rost deb bilish iymondan ekanligi 
nazarda tutiladi.
Xudodin har na keldi rost bilding, 
Tiling birla yana iqror qilding. 
Musulmonlig’ yo’lida buldur iymon
Muni bilmas kishi tongla pushaymon. 
Iymonsiz kishining hech bir amalini, ishini Alloh qabul etmasligi keltiriladi: 
Na’uzu billah iymonsiz kishini,
Qabul etmas Xudoyim hech ishini.
Asar mutolaasi davomida islom diniga oid aqoidlarni, Allohni tanish
Payg’ambarimiz vasfi, iymon belgilari, farishtalarning belgilari haqida ma’lumotlarni 
bilib boraverasiz. “Farishtalar bayoni”da farishtalarning yеyish-ichishdan, qabohat va 
yomon so’zdan yiroq ekanliklari ta’kidlanadi.
Alar forig’ ichmak, еmakdin, 
Yomon qilmoq, qabohat so’z demakdin. 
6
So’fi Olloyor. Sabot ul-ojizin. -Toshkent: Mehnat: 1991. – B. 22. 



Yüklə 279,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə