Rivojlanish psixologiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari



Yüklə 279,09 Kb.
səhifə7/36
tarix17.03.2023
ölçüsü279,09 Kb.
#102763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Rivojlanish ORALIQ 2

Kuzatish — psixik xususiyatlarni uzoq vaqt davomida, rejali,
biror maqsad asosida o‘rganish. Kuzatish — universal metod
bo‘lib, turli vaziyatlarda ishlatiladi. Ilmiy kuzatish hayotiy (ilmiy
bo‘lmagan) kuzatishdan tubdan farq qiladi. Hayotiy kuzatish
— kundalik hayotda, rejasiz amalga oshirilib, turli tasodiflarga bog‘liq bo‘ladi. Kuzatish ilmiy bo‘lishi shu bilan bir qatordapsixologik-pedagogik kuzatish bolishi uchun bir qancha talablarga amal qilishi lozim:
Biroq kuzatish metodining kamchiliklari ham mavjud. Bular:
1. Tekshiruvchining passiv holatni egallaganligi.
2. Qayd etishdagi xatolar.
3. Qaytarish imkonining yo‘qligi.
4. Natijalarni tahlil qilishdagi subyektivizm.


14.Rivojlanish psixologiyasi fanining asosiy metodologik tamoyillari.



1. Obyektivlik tamoyili — bu tadqiqotchidan ma’lumotlar bilan
ularning talqinini aralashtirib yubormaslikni talab qiladi.
Masalan: mashg‘ulot davomida ≪bola oynadan tashqariga qarayotgan
edi≫, — deb aytilsa, bu muayyan hodisa haqidagi ma’lumot
bolib hisoblanadi. Lekin, ≪bola e’tiborsiz≫, — deb aytish hodisaning talqinidir. Hodisaning o‘zi bilan uning talqinini aralashtirib yubormaslik kerak, chunki yuqoridagi misolda ham bola oynaga qarab turgan bo‘lsa-da, tarbiyachining so‘zlariga katta e’tibor berayotgan bolishi mumkin.
2. Sababiylik tamoyili — bu bola shaxsi va ongida yangi sifatlarning
hosil bolishini ta’minlovchi barcha shart-sharoit va omillarni imkon qadar o‘rganishni talab qiladi. Masalan: mashg‘ulot
davomida bola tez-tez oyna tarafga qaragan bolsa, bu hodisaning
iloji boricha sababini aniqlash kerak: ko‘chadagi biror narsa bola
e’tiborini o‘ziga tortdimi? Mashg‘ulotda bola charchab qoldimi?
0 ‘tilayotgan material bolaga yaxshi tanishmi? va h.k.;
3. Sinchkovlik va muntazamlik tamoyili — bu bola psixikasining
shakllanish jarayoni, bunda psixolog va pedogoglar ta’siri
sinchkovlik bilan kuzatib borishni talab qiladi.
Ushbu tamoyillarga muvofiq oldindan:
a) tadqiqot joyi va bajariladigan ish mazmuni aniqlanishi kerak;
b) tadqiqotda o‘rganiladigan sinaluvchilar tanlanmasi tuzilishi lozim;
d) tadqiqot qaysi vaqtda va qanday vaqt oraliglda o‘tkazilishini
belgilash zarur. Ushbu bandlar belgilangach, ulardan chetga
chiqmaslik kerak, ya’ni qandaydir subyektiv sabablar bilan shoshilinch
xulosalar chiqarmaslik, tadqiqotni bevaqt tugatish hollariga
yol qo‘ymaslik kerak. Aks holda obyektivlik tamoyili buzilgan boladi.
Bolalar psixologiyasi fanining asosiy metodlaridan biri kuzatish
metodidir. Kuzatish metodi 2 ga bolinadi:
1) obyektiv; 2) subyektiv kuzatish metodi.

15.Rivojlanish psixologiyasida psixologik tadqiqot o`tkazish bosqichlari.



Yosh va pedagogik psixologiyada tadqiqot o‘tkazishning quyidagi
4 bosqichi ajratib ko‘rsatiladi:
1. Tayyorgarlik bosqichi.
2. Tadqiqot (eksperiment) bosqichi.
3. Ma’lumotlarni qayta ishlash bosqichi.
4. Ma’lumotlarni tushuntirib berish bosqichi.
Birinchi bosqich — tayyorgarlik bosqichi. Bunda har xil vositalar
yordamida material o‘rganiladi, dastlabki ma’lumotlar
to‘planadi (o‘quv mashg‘ulotlari va mehnat faoliyati chog‘ida,
turmushda, ataylab uyushtirilgan suhbatlar jarayonida kuzatuvdan foydalaniladi, ba’zan maxsus tanlangan savollar yozilgan anketalar
qo'llaniladi, biografik ma’lumotlar aniqlanadi, anamnez
to'planadi, ya’ni tadqiq qilinayotgan faktning hosil bo‘lishiga qadar
mavjud shart-sharoitlar ta’riflanadi va hokazolar).
Ikkinchi bosqich — xususan eksperimental bosqich bo‘lib,
tadqiqotning konkret metodikasi amal qiladi va o‘z navbatida bu
bosqich birin-ketin qo‘llaniladigan qator bo‘g‘inlarga — eksperiment
seriyalariga bo‘linadi.
Tadqiqotning uchinchi bosqichi — tadqiqot ma’lumotlarini sifat
jihatidan qayta ishlashdir. U psixologiyaning matematik apparatini
— dastlab ilgari surilgan farazning tasdig‘i tarzida olingan
xulosalarning haqqoniyligi haqida hukm chiqarish imkonini beradigan
turli xildagi statistik usullar va ehtimollik nazariyasining
asosiy qoidalarini qollanishni taqozo etadi.
Tadqiqotning to‘rtinchi bosqichi olingan ma’lumotlarni
izohlab berish, ularni psixologik nazariya asosida talqin qilish,
farazning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini uzil-kesil aniqlashdan iboratdir.

Yüklə 279,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə