Kirish mamlakatimizda davlat moliyasi sohasida institutsional islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda



Yüklə 28,12 Kb.
tarix02.06.2023
ölçüsü28,12 Kb.
#115055

KIRISH Mamlakatimizda davlat moliyasi sohasida institutsional islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlar negizida dastlab davlat budjeti ijrosiga jahon tajribasida sinalgan, budjet mablag’laridan samarali foydalanishni ta’minlovchi g’aznachilik tizimi joriy qilindi. Shu nuqtai nazardan fan o’sib kelayotgan yosh avlodga, xususan iqtisodiy yo’nalishlarda ta’lim oluvchi talaba yoshlarga davlat budjeti g’azna ijrosining mohiyati va ahamiyati, O’zbekiston budjet amaliyotiga g’aznachilik tizimini joriy etish bo’yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy boshqarma va bo’limlari faoliyati, g’aznachilikda budjet tashkilotlarini mablag’ bilan ta’minlash yuzasidan nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni hosil qilishga mo’ljallangan. “Budjet g’azna ijrosi hisobi” fanidan tayyorlangan mazkur O’quv-Uslubiy Majmua bakalavr ta’lim yo’nalishlarida o’qitiladigan fanlar bo’yicha yaratilgan Davlat Ta’lim Standartlariga muvofiq ravishda ishlab chiqilgan bo’lib, “Budjet g’azna ijrosi hisobi” fanidan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar olib boruvchi professor-o’qituvchilar va oliy ta’limning bakalavriat bosqichida ta’lim oluvchi talabalar uchun mo’ljallangan. O’UM tarkibiga kirgan fan dasturi, fan bo’yicha tasdiqlangan ishchi dastur asosida ishlab chiqilgan hamda bakalavriat ta’lim yo’nalishlari o’quv jarayoni grafigiga to’liq mos keladi. Fan yuzasidan ishlab chiqilgan mustaqil ishlar mavzulari fan dasturiga kirgan nazariy mavzular bilan birgalikda, g’aznachilik amaliyoti bilan bevosita bog’liq bo’lgan, talabalarni ilmiy izlanishga undovchi mavzular bilan boyitilgan hamda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sharoitida davlat moliyasi sohasidagi islohotlarning ahamiyatini o’rganishga bag’ishlangan mavzular hisobiga kengaytirilgan. “Budjet g’azna ijrosi hisobi” fanini chuqur o’rganish budjet, moliya, soliq, g’aznachilik va boshqa sohalar muammolarini hal qilishda muhim rol o’ynaydi 8 1. MA’RUZA MATNLARI 9 1-MAVZU: “BUDJET G’AZNA IJROSI HISOBI” FANINING MAZMUNI, PREDMETI VA METODI REJA: 1.1. Fanning mazmuni, predmeti, metodi va ob’ekti 1.2. Fanning o’ziga xos xususiyatlari 1.3. Fanning Davlat budjeti g’azna ijrosi sohasidagi vazifalari 1.4. Budjet g’azna ijrosi hisobining axborot tizimlari haqida tushuncha va ularning turlari 1.1. Fanning mazmuni, predmeti, metodi va ob’ekti Davlat budjeti - Davlat pul mablag’larining (shu jumladan, Davlat maqsadli jamg’armalari mablag’larining) markazlashtirilgan jamg’armasi bo’lib, unda daromadlar manbaalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tuzilmasi o’z ichiga Respublika budjetini, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarni o’z ichiga oladi. Budjet ijrosi jarayonida belgilangan tartibda budjet daromadlari shakllantiriladi va xarajatlar budjet tasnifi bo’yicha amalga oshiriladi. Budjet ijrosi jarayoni haqida axborotlar budjet hisobini tashkil etish va yuritish orqali shakllantiriladi. Budjet g`azna ijrosi hisobi - bu budjet g`azna ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat budjeti, Davlat maqsadli va budjetdan tashqari jamg’armalari budjeti ijrosi jarayonida hisobga olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir. Budjet g`azna ijrosi hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga budjet ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat. Budjet g`azna ijrosi hisobining predmeti bu budjet g`azna ijrosi jarayonida budjet mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir. Budjet g`azna ijrosi hisobining obektlari bo’lib, budjet g`azna ijrosi jarayonida budjet daromadlari va xarajatlari, budjet pul mablag’lari, budjet ssudalari, hisoblashuv bo’yicha mablag’lar, aylanma kassa mablag’lari, budjet tashkilotlarining xarajatlari, moliyaviy aktivlar, majburiyatlari va moliyaviy natijalari hisoblanadi (1.1- chizma). 10 1.1-chizma. Budjet g`azna ijrosi hisobining ob’ektlari O’zbekiston Respublikasi “Budjet kodeksi”ga muvofiq davlat budjeti daromadlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi : 1. Qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, boshqa majburiy to’lovlar; 2. Davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarini joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar; 3. Qonun xujjatlariga muvofiq meros olish, hadya etish huquqi bo’yicha davlat mulkiga o’tgan pul mablag’lari; 4. Yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5. Rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to’lovlar; 6. Qonun hujjatlarida ta’qiqlanmagan boshqa daromadlar. Davlat budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablag’ ajratish doirasida quyidagicha amalga oshiriladi : 1. Budjet mablag’lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida; 2. Joriy budjet transfertlari shaklida; 3. Kapital xarajatlar shaklida: - asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog’liq ishlar va hizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga; - chet elda davlat extiyojlari uchun er va boshqa mol - mulk olishga; - davlat extiyojlari uchun erga bo’lgan xuquqni va boshqa nomoddiy aktivlar olishga; - davlat zaxiralarini vujudga keltirishga; Budjet g`azna ijrosi hisobining obektlari Budjet daromadlari va xarajatlari Davlat budjeti va maqsadli jamg’armalarda Budjet pul mablag’lari, byudjet ssudalari Hisoblashuv bo’yicha mablag’lar, aylanma kassa mablag’lari Budjet tashkilotining kassa xarajatlari Budjet tashkilotlarida Moliyaviy aktivlar Moliyaviy natijalar 11 4. Kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari shaklida; 5. Rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari shaklida; 6. Davlat maqsadli jamg’armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari shaklida; 7. Davlat qarzini qaytarish va unga hizmat ko’rsatish bo’yicha to’lovlar shaklida; 8. Qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida. Davlat budjeti pul mablag’lari harakati va hisobi O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’limlari tomonidan yuritiladi. Budjet ssudasi - yuqori budjetdan quyi budjetga yohud respublika budjetidan rezident yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan ajratiladigan mablag’dir. Budjet ssudasi budjet ijrosi jarayonida yuzaga keladigan daromadlar bo’yicha kassa uzilishlarini qoplash uchun yuqori budjetdan quyi budjetga ajratiladi. Davlat budjet tasdiqlangandan so’ng davlat va mahalliy soliqlar va daromadlar to’g’risida, ma’muriy-hududiy bo’linishdagi, korxonalar, tashkilotlar va ho’jalik birlashmalarining bo’ysunishidagi o’zgarishlar, turli xildagi bo’ysunishidagi qurilish ob’ektlari o’rtasida kapital qo’yilmalar limitlarini qaytadan taqsimlanishdagi o’zgarishlar bo’yicha qabul qilingan yangi qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari qabul qilinishi natijasida alohida olingan budjetlarga o’zgarishlar kiritilgan hollarda budjet ijrosi jarayonida budjetlar o’rtasida o’zaro hisoblashuvlar amalga oshiriladi. Budjet g’azna ijrosi jarayoni natijasi bo’yicha aylanma kassa mablag’lari qoldig’i shakllantiriladi. Aylanma kassa mablag’lari bo’yicha me’yor belgilanadi. Aylanma kassa mablag’i me’yori - moliya yilida respublika budjeti Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar hisobvaraqlarida turishi mumkin bo’lgan pul mablag’larining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan eng kam miqdoridir. Budjet tashkilotlari faoliyati xarajatlari budjet mablag’lari hisobiga moliyalanadi. Shu bilan birgalikda budjetdan tashqari mablag’lar manbalari bo’yicha shakllantiriladi. Budjet tashkilotlari xarajatlari smeta doirasida xarajatlar iqtisodiy tasnifi bo’yicha budjet va budjetdan tashqari mablag’lar hisobiga amalga oshiriladi. Budjet tashkilotlarining moliyaviy aktivlari ya’ni pul mablag’lari G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida ochilgan shaxsiy hisobvaraqlarda budjet va budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha alohida yuritiladi. Budjet tashkilotlari smetalar ijrosi jarayonida belgilangan vazifani bajarish bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslar bilan hisoblashuvlarni amalga oshiradi va ular bo’yicha majburiyatlar yuzaga keladi. Budjet tashkilotlari joriy yilga moliyaviy natijalarni mablag’larni shakllanishi manbaalari bo’yicha shakllantiradi va yakuniy moliyaviy natijani aniqlaydi. Budjet g’azna ijrosi hisobini tashkil etish moliya organlari va budjet tashkilotlarini rahbarlari tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiradi. 12 Budjet g’azna ijrosi hisobining uslubiy asoslarini budjet g’azna ijrosi buxgalteriya hisobiga oid qabul qilingan qonuniy xujjatlar tashkil etadi (1.2-chizma). 1.2-chizma. Budjet g’azna ijrosi hisobini me’yoriy-xuquqiy asoslari tizimini Davlat budjeti g’azna ijrosining hisobi ustidan umumiy uslubiy rahbarlik qilish vakolati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi budjet g’azna ijrosi hisobi bo’yicha quyidagilarni amalga oshiradi: - davlat budjeti g’azna ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qilishga uslubiy rahbarlik qiladi; - budjet g’azna ijrosining buxgalteriya hisobi bo’yicha moliya organlari, budjet tashkilotlari va vakolatli organlar uchun yo’riqnomalar va uslubiy ko’rsatmalarni ishlab chiqadi; - respublika budjeti g’azna ijrosini amalga oshiradi va hisobot tuzadi. 1.2. Fanning o’ziga xos xususiyatlari Budjet g`azna ijrosi hisobini yuritishni alohida hususiyatlari quyidagilardan iborat:  Budjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi; 1. Budjet g’azna ijrosi hisobini bevosita va bilvosita tashkil etishini tartibga soluvchi qonunlar va qonuniy xujjatlar (O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari) 2. Budjet g’azna ijrosi hisobini tashkil etishini bazaviy tamoyillarini umumlashtiruvchi me’yoriy xujjatlar (yo’riqnomalar, nizomlar) 3. Budjet g’azna ijrosi xisobini alohida ob’ektlari hisobini yuritish mexanizmi, hususiyatlarini aks ettiruvchi hujjatlar (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining uslubiy ko’rsatmalari, tavsiyalari) 4. Budjet g’azna ijrosi hisobini tashkiliy, texnik va uslubiy jihatlarini mujassamlashtirgan ishchi xujjatlar 13  Budjet g’azna ijrosini nazorat qilinishi;  Harajatlar smetasi g’azna ijrosini nazorat qilinishi;  Hisobda kassa va haqiqiy harajatlarni yuritilishi;  Budjet tashkilotlarida soha hususiyatlari bo’yicha hisobni tashkil etilishi va boshqalar. O`zbekiston Respublikasida davlat budjeti ijrosi hisobini amalga oshirishda asosan Kassa usulidan foydalaniladi. Ushbu jarayon Davlat sektori buxgalteriya hisobining xalqaro standartlariga (IPSAS) o`tilgan davlatlarda quyidagicha Davlat sektori buxgalteriya asoslari (Xorijiy tajriba)1 . Davlat sektori muassasalarida moliyaviy axborotlarni to`plashning uchta asosiy tamoyili mavjud. Jumladan: 1) Kassa usuli; 2) Hisoblash usuli; 3) Ishonch (kelishuv). Budjet g`azna ijrosi hisobini alohida hususiyatlari buxgalteriya hisobi vazifalariga qo’shimcha yanada aniqroq vazifalar kiritilishini talab etadi. Ya’ni tasdiqlangan budjet ijrosini to’g’ri tashkil etish, moliya-budjet intizomiga rioya qilish va boshqalar. Yuqoridagi vazifalarni umumlashtirib budjet hisobi funktsiyasini quyidagicha aks ettirish mumkin (1.3-chizma). 1.3-chizma. Budjet g`azna ijrosi hisobining funktsiyalari.2 Nazorat funktsiyasi - orqali budjet mablag’laridan maqsadli foydalanish mulklarni saqlanishi, tayinlanishi bo’yicha sarflanishi tizimi yo’lga qo’yiladi. Budjet g`azna ijrosi hisobida nazoratni uchta turi qo’llaniladi: dastlabki nazorat; joriy nazorat; keyingi nazorat. Dastlabki nazorat - smetalarni tuzish va tasdiqlash jarayonida amalga oshiriladi. Unda budjet intizomiga rioya qilinishi shuningdek, qonunchilik talablari buzilishi oldi olinadi. 1 Adams, R.A. “Public sector accounting and finance made Simple” 3 rd Edition 2004 year. 2 Anwar Shah., Introduction to the Public Sector Governance and Accountability Series. THE WORLD BANK. Washington, D.C., 2007 year. 138-page. Budjet g`azna ijrosi hisobining funksiyasi Nazorat Axborot 14 Joriy nazorat – budjet g’azna ijrosi jarayonida amalga oshirilib, sodir bo’lgan muomalalarini qonuniyligi, pul mablag’larini oqilona sarflanishi, hisob ma’lumotlarini haqiqiy holatga mosligi, hisoblashuvlar holati va boshqalar nazorati amalga oshiriladi. Keyingi nazorat – umumlashtirish bosqichi uchun zarur bo’lib, hisob va hisobot axborotlarini qonuniyligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Axborot funktsiyasi – orqali moliyaviy hisobotlar asosida budjet g’azna ijrosi jarayonida daromadlar, budjet xarajatlari maqsadli yo’nalishi, natijalar bo’yicha ma’lumotlar shakllanadi. Budjet g`azna ijrosi hisobining sub’ektlari bo’lib, moliya organlari (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo’limlari), O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi G’aznachiligi va uning hududiy bo’lmlari, Davlat maqsadli jamg’armalari, budjet tashkilotlari bo’lib hisoblanadi. 1.3. Fanning Davlat budjeti g’azna ijrosi sohasidagi vazifalari Budjet g`azna ijrosi hisobi Davlat budjeti, Davlat maqsadli va boshqa budjetdan tashqari jamg’armalari budjeti g`azna ijrosi bo’yicha yuritiladi va budjetlar g`azna ijrosi holati haqida ma’lumotlarni shakllanishini ta’minlaydi. Budjet g`azna ijrosi hisobining vazifalari: - budjet g`azna ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish; - budjet g`azna ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro’yhatga olish; - budjet g`azna ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda budjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish; - budjet tashkilotlari smetalari g`azna ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish; - budjet g`azna ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir. Mamlakatimiz budjet tizimida islohotlarni borishi jarayonida budjet hisobini tashkil etish va yuritilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ohirgi yillarda budjet hisobini tashkil etishga oid bir necha me’yoriy hujjatlar qabul qilindi. Hozirgi kunda mamlakatimizda budjet hisobini yuritilishini uch yunalishga ajratish mumkin, ya’ni (1.4-chizma). 1. Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlar ijrosining hisobi – Moliya vazirligi va tegishli hududiy moliya organlari hamda Moliya vazirligining G’aznachiligi va uning hududiy bo’linmalari tomonidan olib boriladi; 2. Davlat maqsadli jamg’armalar (Pensiya jamg’armasi, Respublika yul jamg’armasi va boshqalar), shuningdek boshqa budjetdan tashqari jamg’armalar ijrosining hisobi – tegishli budjetdan tashqari jamg’armalar tomonidan olib boriladi; 3. Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosining hisobi bo’yicha -budjet tashkilotlari tomonidan olib boriladi. 15 1.4-Chizma. O’zbekiston Respublikasida budjet g’azna ijrosi hisobini yuritilishi chizmasi. Moliya organlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’linmalarida budjet hisobi yuritilib, Davlat budjeti g’azna ijrosi sharoitida Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlar daromadlari shakllanishi xarajatlarini amalga oshirish, budjet ijrosi natijalari bo’yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirib beradi. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo’limlarida shuningdek G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida budjet ijrosi jarayoni bo’yicha buxgalteriya hisobi kassa usulida “G’azna dasturi” asosida yuritiladi. Respublika budjeti ijrosi hisobi daromadlarini shakllanishi, xarajatlarini tasdiqlangan budjetga muvofiq amalga oshirilishi, pul mablag’lari, hisoblashuvlar, budjet ijrosi natijalarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi buxgalteriya bo’limi tomonidan amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlar ijrosi hisobi daromadlarini shakllanishi, xarajatlarini tasdiqlangan budjetga muvofiq amalga oshirilishi, pul mablag’lari, hisoblashuvlar, budjet ijrosi natijalarini shakllantirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hududiy boshqarmalari hamda G’aznachilikning xududiy bo’linmalari buxgalteriya bo’limi tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda G’aznachilik va uning hududiy bo’limlarida davlat budjeti kassa ijrosi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2011 yil 14 yanvardagi 2-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Davlat budjeti, Davlat maqsadli va budjetdan tashqari boshqa jamg’armalari budjeti g’azna ijrosi buxgalteriya hisobi to’g’risida yo’riqnoma” ga asosan buxgalteriya hisobi yuritilmoqda va tasdiqlangan buxgalteriya schyotlarida budjet mablag’lari va ularni manbaalari harakati bo’yicha ma’lumotlar shakllantirilib belgilangan tartibda budjetning kassa ijrosi bo’yicha hisobotlar tuzilmoqda. Davlat maqsadli jamg’armalarida jumladan budjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Respublika yo’l jamg’armasi va boshqa budjetdan tashqari jamg’armalarida jamg’armalar budjeti daromadlari shakllanishi, xarajatlarini amalga BUDJET G’AZNA IJROSI HISOBI Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlar g`azna ijrosining hisobi Davlat maqsadli jamg’armalari shuningdek boshqa budjetdan tashqari jamg’armalar budjeti g`azna ijrosining hisobi Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosining hisobi 16 oshirish, hisoblashuvlar hisobi, budjet ijrosi natijalari bo’yicha buxgalteriya axborotlari belgilangan tartibda shakllantirilmoqda, hisobotlar tuzilmoqda. Budjet tashkilotlarida budjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar, budjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi “Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Yo’riqnoma (O’z.R AV. tomonidan 2010 yil 22 dekabrda № 2169-son bilan ro’yxatdan o’tgan) ga asosan yuritilmoqda. Budjet tashkilotlari moliyaviy, nomoliyaviy aktivlari tarkibi, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari, joriy va yakuniy moliyaviy natijalar bo’yicha buxgalteriya axborotlari shakllantirilib “O’zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan mablag’ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo’yicha qoidalar” ga (O’z.R AV. tomonidan 2011 yil 27 sentyabrda № 2270-son bilan ro’yxatdan o’tgan) asosan buxgalteriya hisobotlari tuzilmoqda. 1.4. Budjet g’azna ijrosi hisobining axborot tizimlari haqida tushuncha va ularning turlari G’aznachilik organlari mehnat samaradorligini oshirishning sharoitlaridan biri ular barcha darajadagi axborot ta’minotida istiqbolli va samarali tizim yaratish hisoblanadi. Axborot majmuini ishlab chiqish yagona metadalogik-asosida olib borilib, nafaqat miqdoriy ko’rsatkichlar – soliq to’lovlar soni, davlat budjetdan mablag’ oluvchilar soni, balki hududlarning jami moliyaviy va komunikatsion ifrastrukturasi rivojlanishiga ham hisobga ouvchi o’xshash loyhaviy echimlardan foydalaniladi. G’aznachilik organlarining majmui bank tizimi bilan uyg’unlikda nafaqat g’aznachilik organlari tomonidan davlat budjeti funktsional ijrosini taminlashga qodir, balki bu jayonda turli darajadagi moliyaviy organlar va boshqaruv muassasalari, shuningdek, bank va soliq tizimining o’zaro samarali munosabatlashuvini tashkil etish ham mo’ljallangan. Bunday majsuani yaratish negiziga yuqori texnologiyali operatsion tizimlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari va shovqindan, noqonuniy kirishdan imoyalangan telekomunikatsion tizimlarni qo’llash asosidagi markazlashga va taqsimlangan qarorlar texnologiyasi yotadi. Bunday yagona texnologiyani qo’llash va rivojlantirish, uning asosida korporativ tizimlar yaratish murakkab himoyalangan infarmatsion-texnik majmualarning o’zaro vedometvenniy harkatlanish muammosini hal etishga imkon beradi. Davlat g’aznachilik organlarining axborot majmuasini yaratishdan asosiy maqsad davlat budjet ijrosi samaradorligini sezilarli oshirish hisoblanadi. Bu Davlat g’aznachilik organlariga cheklangan personal bilan tizim oldiga qo’yilgan vazifalarning jami hajmini aniq, samarali va tezkor hal etishga imkon beradi. - Davlat budjet daromadlarining aniq va tezkor hisobi; - Davlat budjet, Davlat sub’ektlari budjeti va barcha darajadagi mahalliy budjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabat; - Davlat budjet mablag’larini yakuniy oluvchigacha aniq va tez etkazish; 17 - budjet mablag’laridan oqilona va maqsadli foydalanish ustidan joriy to’liq tezkor va kesik nazorat; - davlat budjeti ijrosini tezkor va ob’ektiv tahlili va daromad tushishi hamda ixtiyoriy berilgan davr uchun harajatlarni prognozlash; - davlat ichki qarzlari va boshqalarni boshqarish va unga xizmat ko’rsatish. G’aznachilikda axborot texnologiyalarini tashkil etishning ikki sxemasi mavjud: - davlat budjeti mablag’larini oluvchilarning shaxsiy hisoblarini va O’zR banki yoki uning vakolatli agentlari xarajatlarining yagona joriy hisobi bilan hisob-kitolarni yuritish bilan; - mintaqada yagona samarali qimmatli qog’ozlar bozori va bunday bozorning markaziy – markaziy registrator, depozitariy, hisob-kitob-kpiring markaziy tashkil etish va O’zR Moliya vazirligi topshirig’iga ko’ra mintaqaviy qimmatli qog’ozlar bozorida davlat qimmatli qozozlar emitenti funktsiyasini bajarish. G’aznachilikda axborot texnologiyalarini tashkil etishning ikkala sxemasi ijobiy va salbiy jihatlarga ega. Birinchi holda tizimning qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlangan infrastrukturasi bilan to’liq avtonomlikka, uning muassasalararo munosabatlar muammosidan nisbatan mustaqilligiga erishildi. Ikkinchi yo’nalish bo’yicha echimda g’aznachilik organlarining ishni ko’p jihatlardan bir necha muassasalar sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirishning umumiy tashkiliy-huquqiy xarkateriga ega va bunday bozorning ishlashi uchun havfsiz sharoit ta’minlanadi. G’ag’nachilik organlarida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalarini yaratishning bosh maqsad davlat budjeti ijrosi samaradorligini amalga oshirish hisoblanadi. Shunga bog’liq ravishda G’aznachilikning tizimiga quyidagi talablar qo’yiladi: - G’aznachilik organlari tizimi oldiga qo’yimlgan vazifalarning jami hajmini cheklangan personal bilan tezkor, aniq va samarali hal etish; - davlat budjet daromadlari hisobi bo’yicha vazifalarni tezkor, aniq va ishonchli hal etish; - davlat budjet, barcha darajadagi mahalliy budjetlar o’rtasidagi o’zaro munosabatni tashkil etish; - Davlat budjet mablag’larining yakuniy oluvchigacha tez va aniq etkazish; - budjet mablag’laridan oqilona va maqsadli foydalanish ustidan joriy, to’liq, tezkor va qattiq nazoratni ta’minlash; - davlat budjeti ijrosining tezkor va ob’ektiv tahlilini ta’minlash va budjetga daromadlar tushishi hamda ixtiyoriy berilgan davr uchun pirovard xarajatlarni prognozlash; - davlat ichki qarzini boshqarish va unga xizmat ko’rsatish; - O’zbekistonda amalda bo’lgan qonunchilik amaliyoti va O’zR Moliya vazirligining me’yoriy talablarina munosib bo’lishi; - vakolatli organlar ttalablarigan muvofiqlikda konfendentsiya va maxfiy axborotlarga xizmatlar ko’rsatish; - birlamchi xizmatlar va uning elektron nusxasi yuridik vorisiyligini, shuningdek, ularning ish yuritsh va boshqlar haqidagi yo’riqnomalar va qonunlar 18 bilan aniqlanuvchi tartibot mavjudligining barcha davri mobaynida saqlanganligini ta’minlash. G’aznachilik orginning avtomailashtirilgan asosiy maqsadlariga uni shakllantirish jaryonida qator talablarni bajarish bilan erishish mumkin: - Davlat budjeti ijrosiga xizmat qiluvchi axborot tizimi detallashuv darajasi bo’yicha hisoblar rejasi tuzilmasi bilan muqobil bo’lgan avtomatlashtirilgan buxgalterlik hisobi bazasida qurilishi lozim. Davlat budjeti ijrosining buxgalterlik hisobi budjet tasnifining jami maqyosida, jumladan, budjet mablag’larini yakuniy oluvchilari kesimida analitik jihatdan olib borilishi lozim. - Bunday tamoyil axborot majmuining hisob registirida davlat budjetining ixtiyoriy darajadagi faktni holatini operativ va ishonchli aks ettirishga imkon beradi. G’aznachilikning axborot tizimi an’anaviy bank operatsiyalari bilan bo’lgani kabi elektron bank hisob-kitoblari tizimi bilan ham ishlashga moslashtirilgan bo’lishi lozim. Shuningdek, Davlat va mahalliy budjet ijrosining axborot tizimlari bilan o’zaro faol munosabatni qo’llab quvvatlash talab etiladi. Majmua bilan qorishiq tizimlar budjet ijrosining to’liq masshtabli, avtomatlashgan va operativ buxgalterlik hisobiga asoslangan, birlamchi hujjatlar, jumladan, bank tizimidagi to’lov hujjatlarni qayta ishlashda axborotlarni bir martada shakllantirishni ko’zda tutishi lozim (bu tizimga axborotlarni ikkilamchi kiritishda ma’lumotlar nomuvofiqligi va xatoliklarni istesno etadi). - Operatsion kun, hafta, oy, kvartal va yil mobaynida budjet ijrosining asosiy jarayonlarini muvofiqlashtirish va sinxronlash. - turli darajadagi budjetlar ijrosini bajaruvchi organlarning yagona texnologik axborot – kommunikatsion tizimini shakllantirish. U yoki bu qorishiq muassasaviy tizimiga kiruvchi axborotlarni ularning o’zaro munosabatlashuvi jarayonida ishonchliligi – noqonuniy kirishdan yagona texnologiyalash va elektron imzoni himoyalashda yagona texnologiyani qo’llash. G’aznachilikda avtomatlashgan axborot texnologiyalarini shakllantirish va joriy etishda butun tizimni yoki uning yadrosini bo’lgani kabi, boshqa tizimlar joriy ishga umuman tegmagan holda aholida avtomatlashgan ish joylarini va ish joylaridagi alohida vazifalarni modefikatsiya o’tkazilishiga imkon beruvchi texnologik va metodik qarorlarni qo’llash. Takrorlash uchun savollar 1. Budjet g`azna ijrosi hisobi deganda nimani tushunasiz? 2. Budjet g`azna ijrosi hisobining maqsadi deganda nimani tushunasiz? 3. Budjet g`azna ijrosi hisobining vazifalari qaysilar? 4. Budjet g`azna ijrosi hisobining funksiyalarini tushuntirib bering? 19 Mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar 1 –topshiriq Budjet g`azna ijrosi hisobini mohiyatni yoritib bering. Budjet g`azna ijrosi hisobi fani predmeti va ob’ektlarini aytib bering. Budjet g`azna ijrosi hisobining vazifalarini sharxlab bering. Budjet g`azna ijrosi hisobini yuritishni alohida hususiyatlari nimalardan iborat. Budjet g`azna ijrosi hisobini uslublari nimalardan iborat. 2 –topshiriq Budjet g`azna ijrosi hisobini yuritishni alohida hususiyatlari bo’lgan budjet tasnifi asosida hisobni tashkil etilishi. Budjet ijrosini nazorat qilinishi. Harajatlar smetasi ijrosini nazorat qilinishi. Davlat budjeti g’azna ijrosi sharoitida hisobni tashkil etilishi va yuritilishi. Hisobda kassa va haqiqiy harajatlarni yuritilishini amaliy misollar keltirib asoslab bering. 3 –topshiriq Budjet g`azna ijrosi hisobining funktsiyalari nimalardan iborat. Budjet g`azna ijrosi hisobining uslubiy asoslarinini chizma ko’rinishida darajalari bo’yicha aks ettirib bering va tushuntiring. Mamlakatimizda budjet g`azna ijrosi hisobini yuritilishini yo`unalishlarini ko’rsatib bering. Budjet g`azna ijrosi hisobining obektlarini sharxlab bering. 4 –topshiriq Respublika, Qoraqalpog’iston Respublikasi va mahalliy budjetlar g`azna ijrosining hisobini mohiyatini tushuntirib bering. Davlat maqsadli jamg’armalari shuningdek, boshqa budjetdan tashqari jamg’armalar budjeti g`azna ijrosi hisobini mohiyatini tushuntirib bering. Budjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi kassa ijrosining hisobini mohiyatini tushuntirib bering. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Pulatov D.X., Nurmuxmedova B.I. “G’aznachilik” Darslik . – T.: Sanostandart, 2014y. – 372 b. 2. Qosimova G. G’aznachilik. O’quv qo’llanma. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2013. - 476 b. 3. Qosimova G.A. G’aznachilik faoliyati mexanizmni tashkil qilish. O’quvuslubiy majmua. – T.: “Moliya”. 2010. - 256 b. 4. Burxanov U., Atamuradov T. Davlat xaridi. O’quv qo’llanma. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012 yil. -152 b. 5. Steven M. Bragg. Treasury management: The Practitioner’s Guide /Published by John Wiley &Sons, Inc., Hoboken, New Jersey/ 2010. 6. Barry H. Potterand Jack Diamond /Building Treasury Systems/Finance & Development / September 2011. 7. Internet saytlari: www.mf.uz www.gov.uz www.lex.uz www.budget.ru 20 2-MAVZU: BUDJET TIZIMI BUDJETLARINING G’AZNA IJROSI BO’YICHA BUDJET HISOBINI TASHKILIY - USLUBIY JIHATLAR
Yüklə 28,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə