Rivojlanish psixologiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari



Yüklə 279,09 Kb.
səhifə15/36
tarix17.03.2023
ölçüsü279,09 Kb.
#102763
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
Rivojlanish ORALIQ 2

Proyektiv metodlar. Proyektiv metodlar test usullarining bir
ko‘rinishi bo‘lib, ularda tekshiriluvchi uchun aniq ko‘rinishga ega
bo‘lmagan noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharhlash topshirig‘
i beriladi. Masalan, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish
mumkin bo‘lgan rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq
ko‘rinishi mavjud bo‘lmagan buyumlar berilishi va ularni tekshiriluvchi
o‘zining hissiy kechinmalari, qiziqishlari, dunyoqarashi
nuqtayi nazaridan baholashi kutiladi.
Proyektiv metodikalar turli-tuman. Ular bir-biridan tubdan
farq qiladi. Biroq shuni nazarda tutish lozimki, proyektiv metodikani
tavsiflash muayyan psixologik bilimlarni maxsus nazariy
tayyorgarlikni va metodikani qo‘llash bo‘yicha amaliy tajribaga
ega bo'lishni talab qiladi.

77. O‘smirlarning jamoa bilan o‘zaro munosabati xususiyatlari.

0 ‘qituvchining ta’siri ostida asta-sekinlik bilan
o‘quv, mehnat va o‘yin faoliyatlarida har bir sinfdoshi uchun
tashvishlanish, jamoa (kollektivizm) hissi paydo boladi. Bu esa
bolalardagi oltoqlik hissining rivojlanishiga zamin boladi. Bolalar
o‘qishda past o‘zlashtirayotgan oltoqlariga yordam berishga
harakat qiladilar. Bu motivlar shunchalik chuqur va kuchli
boladiki, ular maqsadlariga erishish uchun juda ko‘p qiyinchiliklarni:
o‘zlashtirmayotgan o‘rtog‘ining dangasaligi, o‘zining
darslarini tayyorlashga tezroq ulgurishi, ba’zan esa hatto ota-onalarning
qarshiliklarini ham yengishi kerak. Bunday vaziyatlarda
bolada shakllanayotgan mas’uliyat hissi qiyinchiliklarni yengishga
va o‘z ishini muvaffaqiyatli bajarishiga yordam beradi. Birinchi
sinfda o‘quvchi o‘qituvchisining tanbehlari o‘rtoqlarining oldida
yoki o‘ziga yolglz berilganiga e’tibor bermasa, ikkinchi sinfda
o'rtoqlari oldida berilgan tanbehlardan uyaladigan bolib qolishi
bolaning o‘zini jamoa a’zosi sifatida toliq his etayotganidan va
oltoqlari uni hurmat qilishlarini istayotganidan dalolat beradi.

78. Maktab o‘quvchilarida o‘zini o‘zi baholash dinamikasi.

Kichik maktab yoshidagi bolalar kattalarning u haqidagi fikr
va bergan baholariga qarab, o‘zlariga o‘zlari baho beradilar. Shuningdek,
o‘quvchining o‘ziga-o‘zi beradigan bahosi, turli faoliyatlaridagi
muvaffaqiyatlariga ham bogliq boladi. Kichik maktab
yoshidagi o‘quvchilarda o‘z-o‘ziga beradigan baholari turlicha —
yuqori, adekvat — mos yoki past bolishi mumkin. Bu yoshdagi
bolalarda mavjud bo‘lgan ishonuvchanlik, ochiqlik, tashqi ta’sirlarga
beriluvchanlik, itoatkorlik kabi xususiyatlari ularni shaxs sifatida
shakllantirish uchun yaxshi imkoniyat yaratadi. Kichik maktab
davrida boshqarishdan o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tishi nihoyatda
muhimdir. Yetakchi bo‘lgan o‘quv faoliyatidan tashqari boshqa
faoliyatlar — o‘yin, muloqot va mehnat faoliyati ham o‘quvchi
shaxsi rivojiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Bu faoliyatlar asosida muvaffaqiyatga
erishish motivlari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs xususiyatlari
tarkib topa boshlaydi. Kichik maktab davrini bolaning turli
faoliyatlarda muvaffaqiyatga erishishini belgilab beruvchi asosiy,
shaxsiy xususiyatlarni yuzaga kelish va mustahkamlash davri deb
hisoblash mumkin.

79. Maktab o‘quvchilarining o‘quv faoliyati motivlari va xulq-atvori.

Kichik maktab yoshidagi o‘quvchining o‘quv faoliyati
jarayonida o‘zidagi xulq-atvorni va faoliyatni o‘zi tomonidan
muvofiqlashtirish qobiliyati rivojlanadi, ongli ravishda bir fikrga
kela olish qobiliyati rivojlanadi, o‘z faoliyatini o‘zi uyushtirishga
hamda bilim olish jarayoniga bolgan qiziqishining qaror topishiga
yordam beradi, o‘quvchi xulq-atvorini motivlashtirishi ham
o‘zgaradi. Bunda do‘stlari va jamoaning fikrlari asosiy motivlar
bolib qoladi. Axloqiy his-tuyg‘ular va shaxsning irodaviy xususiyatlari
ham shakllanadi. Boshlanglch sinf o‘quvchilarida iroda
tarbiyasi tashabbuskorlik, dadillik, o'zini tuta bilish, sabotlilik,
chidamlilik, qat’iylik, kamtarlik va intizomlilik kabi irodaviy sifatlarni
o‘stirish va mustahkamlashdan iboratdir.
Iroda tarbiyasi bolalarda yomon sifatlar paydo bolishining oldini olish va agar bunday sifatlar paydo bolsa, ularni yo‘qotishdan iboratdir. Bolalar irodasining salbiy tomonlaridan biri o‘ziga ishonmaslikdir. 0 ‘ziga ishonmaslik holati o‘qish, mehnat, o‘yin va shu kabi faoliyatlarda tez-tez qaytarilib turadigan muvaffaqiyatsizliklar tufayli yuzaga keladi.

80 Maktab o‘quvchilari o‘zlashtirmasligining psixologik sabablari.

Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning intellektual hislari bilish
jarayonida rivojlanadi. 0 ‘quv faoliyatida bolalar katta hajmdagi
bilimlar va faktlarga duch kelib, ular bolalarda taajjublanish,
ishonchsizlik, quvonch hislarini yuzaga keltirib, qiziquvchanlik,
urinchoqlik va shu kabi boshqa hislarning shakllanishiga asos
boladi.

Yüklə 279,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə