Rivojlanish psixologiyasi fanidan oraliq nazorat javoblari



Yüklə 279,09 Kb.
səhifə6/36
tarix17.03.2023
ölçüsü279,09 Kb.
#102763
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Rivojlanish ORALIQ 2

Asosiy tadqiqot predmeti Shaxs rivojlanishi
Tadqiqotmetodlari
Klinik vaziyatlar tahlili, erkin assotsiatsiyalar metodi,
tushunchalar tahlili
Asosiy tushunchalari
Psixika bosqichlari (ong, ongosti, ongsizlik) shaxs tuzilishi
(Id, Ego, Super Ego) psixologik himoya mexanizmlari,
jinsiy energiya (libido), jinsiy instinkt, hayot
instinkti, o‘lim instinkti, psixojinsiy rivojlanish bosqichlari,
erogen zonalar, qoniqish tamoyili, reallik tamoyili,
edip kompleksi, elektra kompleksi, tenglashtirish
Asosiy g'oyalar
Bola va tashqi dunyoni azaldan kelishmasHgi individni
ijtimoiy dunyoga moslashuvi sifatida shaxs rivojlanishi.
Shaxsning psixojinsiy rivojlanishi. Shaxs rivojlanishi 1-5
yillikda jadal jinsiy yetilish tugashi bilan yakunlanadi.
Shaxs rivojlanishi bosqichlari o‘zgarmas, biologik yetilish
ketma-ketligida oral, anal, faollik, latent, genital
Rivojlanish
omillari
Ichki (biologik yetilish miqdorning o‘zgarishi va jinsiy
energiyaning yo‘nalganligi) va tashqi (ijtimoiy jamiyatni
ota-onalar bilan qo‘shilishi)
Afzalligi
Rivojlanishning dinamik konsepsiyasi, insonning
ma’naviy dunyosini birligi, bolalikning ahamiyati, otaona
ta’sirining muhimligi va doimiyligi ko'rsatilgan. Bolaning
ichki dunyosiga munosabatda aniq diqqat g'oyasi
Kamchiligi
— afsonaviyligi;
— tadqiqotning talab qilinayotgan shakliy metodlarining
yo'qligi;
— statistik ma’lumotlarning yo‘qligi;
— tekshirishning murakkabligi;
— o‘smirlik yoshi chegaralaridan tashqarida rivojlanish
imkoniyatlariga qarashlarning pessimistligi.

10.Faoliyat yo`nalishida yosh rivojlanishini davrlashtirish.



D.B.Elkonin (1904—1984) bolada insoniyatga xos bo'lgan qobiliyatlar
rivojlanishining asosi sifatida bola tomonidan nasliy insoniy
faoliyat usullarini o'zlashtirish muammosini o'rgangan.
Madaniyat asoslarini egallagan sari bola hayot
sharoitlariga moslashmaydi, balki faoliyatning faol subyekti
sifatida namoyon bo'ladi va faoliyatni amalga oshirish jarayonida
unda turli xildagi psixik yangi tuzilmalar yuzaga kelib, rivojlanadi.
Bolaning tug'ilganidan to 17 yoshigacha bo'lgan psixik
rivojlanishining keng tarqalgan davrlashtirilishi D.B.Elkonin tomonidan
yaratilgan bo'lib, ≪Bolalik yoshidagi psixik rivojlanishni
davrlashtirish muammosiga≫ (1971) maqolasida taqdim etilgan.
D.B.Elkonin bolalarning rivojlanishida, shunchaki vaqt oraliqlarini
emas, balki yosh davrlari, bosqichlarini ajratishni zarur deb
hisoblagan. D.B.Elkonin yoshni — ≪bola rivojlanishining umumiy
egri chizig'ida uning o'rni va funksional ahamiyati bilangina
muhimligi belgilanadigan, nisbiy, alohida davr≫ sifatida
ko'rib chiqqan. Har bir psixologik yosh o'zaro murakkab munosabatlarda
bo'lgan ko'rsatkichlar bilan tavsiflanadi: 1) rivojlanishning ijtimoiy holati; 2) yetakchi faoliyat; 3) asosiy yangi tuzilmalar. Rivojlanishning ijtimoiy holati bolaning ijtimoiy sharoitlardagi haqiqiy o‘rni, uning ularga munosabati va undagi
faoliyat xarakteri sifatida aniqlanadi. Yetakchi faoliyat birdan tayyor
shaklda yuzaga kelmaydi, balki shakllanish rivojlanishning uzoq
yo£lini (kattalar rahbarligida) bosib o£tadi.

11.Kognitiv yo‘nalishda rivojlanish psixologiyasi.



Ilk bolalik davri: go‘daklik davridan so‘ng rivojlanishning
yangi bosqichi — ilk bolalik (1—3 yosh) davri boshlanadi. Ilk
bolalik davri bola hayotidagi eng ahamiyatga molik, uning kelajakdagi
psixologik rivojlanishini belgilab beruvchi muhim
davr hisoblanadi. Bu davrdagi rivojlanishning asosini bolaning
to‘g‘ri yurishi, muloqotga kirishishi va predmetli faoliyatni
egallash xususiyatlari tashkil etadi. Tikka va to‘g‘ri yura
olish imkoni bolani doimiy ravishda yangi ma’lumotlarni egallashga
zamin bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘z xatti-harakatlari
bilan juda faol va kattalar bilan muloqotga kirishishga intiluvchan
bo‘ladilar.
Yurishni o‘rganish bolaning jismoniy o'sishi uchungina emas,
balki uning psixik taraqqiyoti uchun ham muhim ahamiyatga
egadir. Bolaning mustaqil harakat qilishi — yurishi tufayli ko‘plab
predmetlarga duch keladi, ularning nimalarga ishlatilishini
≪amal≫da ko‘rib biladi va o‘zi ham ulardan kerakli o‘rinda foydalana
boshlaydi. Bola yurishni o'rgangach, fazoni ham bila boradi.
Kichkintoy bolalar ≪yaqindagi≫ fazoni qo'llarining harakati
yordamida bilib oladilar, bunda ko‘z ham ishtirok eta boshlaydi.
Bog£chagacha yoshdagi bola ≪uzoqdagi≫ fazoni oriyentirovka qila
boshlaydi. Bola yura boshlaganda, o'z oyog‘i yordamida masofa
va yo‘na!ish bilan tanishadi, uning ko‘z, qo‘1 va oyoqlarining
o'zaro kelishib harakat qilishi, boshlang‘ich ko‘z o'lchovi o'sadi
hamda masofa va predmetlarning turgan joylarini birmuncha
aniq aytib berish ko‘nikmasi vujudga keladi.

12.Tarixiy-madaniy yo‘nalishda rivojlanish psixologiyasi



Yosh davrlari psixologiyasining asosini L.S.Vigotskiy (1896—
1934) tomonidan shakllantirilgan asosiy tushunchalarning qat‘iy
g'oyalari va tizimlari tashkil qiladi.
1920—1930-yillarda L.S.Vigotskiy tomonidan psixik rivojlanishning
madaniy-tarixiy nazariyasining asosi ishlab chiqilgan.
Garchi L.S.Vigotskiy tugallangan nazariyani yaratishga ulgurmagan
bo‘lsa-da, lekin olim ijodida bolalikdagi psixik rivojlanish
haqida umumiy tushuncha yoritilgan edi.
L.S.Vigotskiy yozganidek — bolaning
madaniy rivojlanishidagi har qanday funksiya sahnada ikki marotaba,
ikki xil doirada — dastlab-ijtimoiy, so‘ngra — psixologik,
dastawal interpsixik kategoriya sifatida odamlar oltasida, keyin esa intrapsixik kategoriya sifatida bolaning ichida paydo boladi.
L.S.Vigotskiy insoniyat rivojlanishining
ikki tarixiy bosqichlari biologik evolutsion va madaniy
tarixiy rivojlanishni ajratib ontogenezdagi rivojlanishning ikkita
tipi sifatida ham ularni farqlash va o'ziga xos tarzda alohida
qarama-qarshi qo'llashni muhim deb hisoblagan. Ontogenetik
rivojlanish sharoitlarida bu ikki yo'l biologik va madaniy-murakkab
o'zaro ta’sirda bo'ladi, tutashadi, yaxlit, murakkab jarayonni hosil qiladi.
L.S.Vigotskiy uchun qiyinchilik madaniy rivojlanishning alohida jarayonini kuzatish va tushunishida emas, balki jarayonlarning murakkab chalkashligida uning o‘ziga xosligini tushunishda edi.

13.Rivojlanish psixologiyasi fani tadqiqot metodlari.



Rus psixologi B.G. Ananyev bo‘yicha tadqiqot metodlari 4 guruhga
bo‘linadi:
I. Tashkiliy metodlar: taqqoslash, longityud va kompleks
metodlari kiradi. Taqqoslash — umumiy psixologiya, ijtimoiy
psixologiya, pato-psixologiya va defektologiyada keng qo‘llaniladi.
Yosh va pedagogik psixologiyada o‘rganilayotgan psixik jarayonlarning
dinamikasini aniqlash uchun qollaniladi. Longityud
— (uzluksiz) uzoq vaqt davomida ayni bir xil kishilar o‘rganiladi.
Kompleks — psixologik tadqiqotlar boshqa fanlar metodlari ishtirokida
o‘tkaziladi (shaxsning jismoniy, fiziologik, psixik va ijtimoy
taraqqiyoti aniqlanadi).
II. Empirik metodlar: kuzatish va o‘z-o‘zini kuzatish; eksperimental
psixodiagnostika metodlari (test, anketa, suhbat, sotsiometriya,
intervyu); faoliyat natijalarini tahlil qilish; biografiya
metodlari.
III. Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari: miqdoriy (statistika)
va psixologik yoki sifatiy tahlil turlariga bo‘linadi.
IV. Sharhlash metodlari: genetik va donalash metodlari. Genetik
metodda taraqqiyotdagi bosqich, pog‘onalar, inqiroz holatlari
ajratib ko‘rsatiladi (vertikal aloqa). Donalash metodida esa
shaxsning barcha xarakteristikalari o‘rtasidagi ≪gorizontal≫ aloqalar
aniqlanadi.

Yüklə 279,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə