Reja: Yangi davr falsafasining tabiiy-ilmiy asoslari


O`zbekiston faylasuflari milliy jamiyati



Yüklə 228,5 Kb.
səhifə9/9
tarix28.11.2023
ölçüsü228,5 Kb.
#138175
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1403329402 44505

O`zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 1998 yilda tashkil qilingan, 2001 yilgacha uning raisi Inomjon Rahimov bo`lgan. 2001 yildan O`FMJ raisi Q.Nazarovdir. Jamiyat qoshida tashkil etilgan nashriyotda uning a`zolari falsafa, milliy g`oya va mafkuraga oid yangi turkum adabiyotlarni yaratish, nashr qilish va ular orqali aholi turli qatlamlari ongida dunyoni falsafiy idrok etish, o`z-o`zini anglash, hayotning maqsadini ko`rish hamda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda faol ishtirok etish bilan shug`lulanmoqdalar.
Darhaqiqat, mustaqillik yillarida falsafa fani yanada ravnaq topdi. Falsafa ilmini rivojlantirish maqsadida viloyatlarda, xususan, Qoraqalpog`iston Davlat universitetida, Buxoro Davlat universitetida, Samarqand Davlat universitetida, Toshkent Davlat sharqshunoslik institutida "Falsafa" bo`limlari tashkil qilingan va unda yetakchi mutaxassislar faoliyat olib bormoqdalar.
Xulosalar. Insoniyat taraqqiyotida har bir davr an`anaviy falsafiy muammolarni ilgari surgan va ularni o`z davri dunyoqarashi ta`sirida hal qilishga harakat qilgan. Falsafa tarixini yangi shoxchalari paydo bo`ladigan daraxtga qiyoslash mumkin, har bir shox o`z shakliga va yaproqlarining rangiga ega bo`lib, ular boshqalarini takrorlamaydi. Biroq daraxt shoxlari kabi falsafiy yo`nalishlar qancha ko`p bo`lmasin, ularni umumiy ildiz - inson va olamning o`zaro aloqadorligi, inson va jamiyat hayotining uzviyligi birlashtiradi. Ushbu umumiy ildiz inson madaniyatining dunyoqarashli asosi sifatida falsafaning ahamiyatini chuqurroq tushunishga imkon beradi.
XX asr turli davrlardagi falsafiy yo`nalishlarni o`zida birlashtirdi va o`tmish tajribasiga tayangan holda, olam va odam masalasiga juda murakkab ijtimoiy siyosiy vaziyatda ziddiyatli, yangi falsafiy qarashlar shakllandi.
Hozirgi zamon falsafasining o`ziga xos xususiyati uning dunyoqarashli va metodologik jihatdan turli tumanligidir.
Yüklə 228,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə