Reja: Yangi davr falsafasining tabiiy-ilmiy asoslari


Ontologik va gnoseologik muammolar



Yüklə 228,5 Kb.
səhifə5/9
tarix28.11.2023
ölçüsü228,5 Kb.
#138175
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1403329402 44505

Ontologik va gnoseologik muammolar. Ontologik muammolar XVIII asr fransuz ma`rifatchilari namoyandalari tomonidan asosan materialistik va ateistik nuqtai nazardan o`rganilgan. Bu Didro, Golbax, Lametri va Gelvetsiy falsafasining o`ziga xos jihatlaridan biridir. O`z davrida katta shov-shuvga sabab bo`lgan «Inson – mashina» asarining muallifi Jyulyen Ofre de Lametri (1709-1751) moddiy dunyo «o`z holicha mavjud» ekanligiga, uning boshi ham, oxiri ham yo`qligiga ishonchi komil bo`lgan. Lametri materializmi Epikurning atomistik materializmi, Spinozaning materialistik ta`limoti va Lokk sensualizmi ta`sirida vujudga kelgan. Lametri jonni aql faoliyati funksiyasi va ko`rinishi deb hisoblagan hamda Dekartning umrboqiy nomoddiy jon haqidagi g`oyasi asossiz ekanligini isbotlashga harakat qilgan.
Pol Genrix Ditrix Golbax (1723-1789) fransuz materializmi falsafiy qarashlarining eng izchil ifodachisidir. Uning «Tabiat tizimi» asari «XVIII asr materializmi va ateizmi kodeksi» degan nom olgan. 1770 yilda nashr etilgan bu asarda muhim ontologik muammolar, chunonchi: materiya, tabiat, harakat, makon, vaqt, sababiyat, tasodif, zaruriyat muammolari bayon etilgan. Golbax uchun tabiat barcha narsalar va hodisalar sababidir, zero u Xudo tufayli emas, o`zi tufayli mavjud. Tabiat – harakat sababi. Golbax harakatni tabiat mavjudligining zaruriy natijasi sifatida tavsiflaydi. Tabiat deganda u o`z energiyasi ta`sirida harakat qiluvchi moddalar yig`indisini tushunadi. Golbax fikriga ko`ra, barcha jismlar bo`linmas va o`zgarmas elementlar – atomlardan tashkil topadi. Materiya tushunchasini u modda tushunchasi bilan ayniylashtiradi.
Ayni vaqtda Golbax tabiatda barcha aloqalar va harakatlar zaruriyat bilan belgilanadi, deb hisoblagan. Uning fikricha, olam bir-biridan uzluksiz kelib chiqadigan sabablar va oqibatlarning uzilmas zanjiridir. Shu sababli Golbax tasodifni tabiatdan ham, ijtimoiy hayotdan ham chiqaradi. U insonni ham zaruriyat quli deb hisoblaydi: u o`z hayotida bir daqiqa ham erkin emas, uning xatti-harakatlari amalda qanday namoyon bo`lsa, shunday bo`lishi mumkin. Bu oldindan belgilanganlik Golbax determinizmining fatalistik xususiyatini belgilaydi.

Yüklə 228,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə