Reja: Yangi davr falsafasining tabiiy-ilmiy asoslari


Rene Dekart (fransuz faylasufi va matematigi 1596-1650) cubstansiyaning bekoncha va gobbscha monistik talqiniga o`zining dunyoning dualistik talqinini qarshi qo`yadi



Yüklə 228,5 Kb.
səhifə2/9
tarix28.11.2023
ölçüsü228,5 Kb.
#138175
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1403329402 44505

Rene Dekart (fransuz faylasufi va matematigi 1596-1650) cubstansiyaning bekoncha va gobbscha monistik talqiniga o`zining dunyoning dualistik talqinini qarshi qo`yadi.
Dekart bir-biriga bog`liq bo`lmagan ikki birinchi asos: nomoddiy yoki «fikrlovchi» substansiya va moddiy yoki «ko`lamli substansiya» mavjudligini taxmin qiladi. Bu ikki substansiya parallel mavjuddir. Ularni o`rganish bilan metafizika va fizika shug`ullanadi. Metafizika avvalo ma`naviy substansiyani, u bilan bog`liq bo`lgan bilish va borliq tamoyillarini o`rganadi. Fizika tabiat falsafasini tadqiq etadi. U dunyoning vujudga kelishi, Yerda hayotning rivojlanishi (tabiat qonunlariga muvofiq) haqidagi ta`limotni o`z ichiga oladi, hayvonlar va inson tanasining tuzilishini mexanika qonunlariga bo`ysinuvchi murakkab mashinalar sifatida o`rganadi (R.Dekart asarlaridan biri «Hayvon – mashina» deb ataladi).
Dekart ilgari surgan kosmogoniya haqidagi ta`limot zamirida quyosh sistemasining tabiiy rivojlanishi g`oyasi yotadi. Uning fikricha, bu rivojlanish materiya va uning turli jinsli zarralari harakati bilan belgilanadi. Dekart materiya mustaqil ijodiy kuchga ega deb hisoblaydi. Harakatni Dekart mexanik jarayon – jismlarning makonda ko`chishi sifatida tushunadi. Shunday qilib, R.Dekart o`z-o`zi bilan ziddiyatga kirishadi: u makonni jismning ko`lamliligi sifatida tan oladi, lekin harakatni jismlarning boshqa jismlarga nisbatan ko`chishi sifatida tushunadiki, bu makonni bo`shliq sifatida tan olishni anglatadi.
R. Dekartning bilish haqidagi ta`limoti ham diqqatga sazovor. R.Dekart o`zining «Metod haqida mulohazalar» asarida bilimlar manbai va ularning haqiqiyligi mezonini tashqi dunyodan emas, balki inson aqlidan qidirish lozim, degan xulosaga keladi. Uning fikricha, intellektual intuitsiya yoki sof mushohada – bilishning tayanch nuqtasi. Barcha g`oyalarni Dekart ikki guruhga ajratadi: sezgilar ta`sirida tug`ilgan g`oyalar va tug`ma g`oyalar. Tug`ma g`oyalar mutlaqo ishonchlidir. Ularning qatoriga Dekart Xudo g`oyasi, matematik aksiomalar va shu kabilarni kiritadi. Masalan, barcha mavjud narsalarga shubha bilan qarash kashfiyotga yo`l ochuvchi mutlaqo ishonchli asos, metod yoki vosita hisoblanadi. Ayni shu sababli Dekart hissiy narsalar, matematik haqiqatlar va hatto «hamma narsaga qodir Xudo»ning mavjudligiga shubha bilan qaraydi. Ammo, hamma narsaga shubha qilgan va hamma narsani inkor etgan holda, u shubhalanuvchi fikrning mavjudligiga shubha qilmaslik kerak, degan xulosaga keladi. Shu tariqa u fikrlash birdan-bir ishonchli faktdir, deb xulosa chiqaradi: «Men fikrlayapman, demak, yashayapman».

Yüklə 228,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə