Reja: Firibgarlik tushunchasi. Firibgarlik uchburchagi


Ishonchni suiiste’mol qilish



Yüklə 191,34 Kb.
səhifə2/14
tarix22.03.2024
ölçüsü191,34 Kb.
#180022
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-Аудт тек фирибгарлик мм (1)

Ishonchni suiiste’mol qilish — aybdorning mulk egasi bilan о‘rtasidagi ishonchli munosabatlaridan g‘arazli maqsadlarda foydalanishdir. Ishonchga turli holatlar, masalan, aybdor shaxsning xizmat mavqei yoki uning shaxsiy yoki qarindoshlik munosabatlari sabab bо‘lishi mumkin. Masalan, qо‘shnisini mehnat migratsiyasi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotda ishlashini bilgan fuqaro chet elga ishga yuborishga yordam sо‘rab murojaat qiladi. Garchi qо‘shnisida bunday vakolat bо‘lmasa-da, u ishonchni suiiste’mol qilib, chet elga yubora olishini aytib, uning pul mablag‘larini qо‘lga kiritadi.
Sо‘nggi yillarda firibgarlik jinoyatining umumiy jinoyatchilikdagi salmog‘i ortib borayotgani sababli 2016 yil 26 dekabrdagi qonun bilan Jinoyat kodeksining 168-moddasidagi javobgarlik og‘irlashtirildi. Shuningdek, Oliy sud plenumining firibgarlikka oid ishlar bо‘yicha sud amaliyoti tо‘g‘risidagi qarori yangitdan ishlab chiqilib, qabul qilindi.
JKning 168-moddasi 4 qismdan iborat bо‘lib, 1-qismida 50-100 baravar jarima, 2 yilgacha axloq tuzatish yoki 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan maxrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
2-qismida ancha miqdorda, bir guruh shaxslar yoki kompyuter texnikasidan foydalanib sodir etilgan firibgarlik uchun 100-300 jarima, 3 yilgacha axloq tuzatish yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
3-qismida kо‘p miqdorda, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, xizmat mavqeidan foydalanib sodir etilgan firibgarlik uchun 300-400 jarima, 2-3 yil axloq tuzatish yoki 5 yildan 8 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
4-qismida juda kо‘p miqdorda, о‘ta xavfli retsidivist tomonidan, uyushgan guruh yoki uning manfaatlarini kо‘zlab sodir etilgan firibgarlik uchun 400-600 jarima, yoki 8 yildan 10 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.
Shu о‘rinda «Firibgarlik uchburchagi» degan tushunchaga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Bu tushunchaning ta’siriga tushgan odam korrupsiya, muttahamlikka yо‘l qо‘yadi.

Yüklə 191,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə