Reja: Firibgarlik tushunchasi. Firibgarlik uchburchagi



Yüklə 191,34 Kb.
səhifə1/14
tarix22.03.2024
ölçüsü191,34 Kb.
#180022
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1-Аудт тек фирибгарлик мм (1)


1-Mavzu : Auditorlik tekshiruvida firibgarlikni aniqlash

Reja:

1.Firibgarlik tushunchasi. Firibgarlik uchburchagi.

2. Firibgarlik oqibatidagi muhim buzib ko’rsatishning riskini aniqlash va baholash.

3. Moliyaviy hisobotdagi firibgarliklar.

4. Firibgarlikni oldini olish va aniqlash.

5.Firibgarlik aniqlanganida auditorning hatti-harakati. Auditor uchun kelishuvni davom ettirish imkonsizligi


1.Firibgarlik tushunchasi. Firibgarlik uchburchagi.


Firibgarlik о‘zi nima? Nega odamlar tez va kо‘p aldanadi?


Bugungi kunda firibgarlik, aldash va ishonchni suiiste’mol qilish jinoyatlari kо‘payib ketmoqda. Odamlar firibgarlarning gaplariga darrov chuv tushib, aldanib qolmoqdalar. Shu maqsadda о‘quvchilarimiz uchun firibgarlik, aldash va ishonchni suiiste’mol qilish tushunchalari yuridik tilda qanday ma’no anglatishi, ularning farqlari, ushbu turdagi jinoyatlar uchun qanday jazolar borligi haqida ma’lumot berishni lozim topdik.
Mazkur savollarga О‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti boshqarma boshlig‘i о‘rinbosari Qulbekov Oybek Tursinaliyevich batafsil javob beradi.
Firibgarlik jinoyati — iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar jumlasiga kirib, jinoyat kodeksining 168-moddasida ushbu jinoyatga ta’rif berilgan.
Unga kо‘ra firibgarlik, aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish yо‘li bilan о‘zganing mulkini yoki о‘zganing mulkiga bо‘lgan huquqini qо‘lga kiritishdir.
Demak, о‘zganing mulkini yoki mulkka bо‘lgan huquqini yuqorida kо‘rsatilgan ikki usulni qо‘llab, tekin qо‘lga kiritgan, 16 yoshga tо‘lgan aqli raso har qanday shaxs firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs sifatida huquqni muxofaza qiluvchi idoralar tomonidan jinoiy ta’qibga uchrashi mumkin.
Bunda, jinoyat ishi qо‘zg‘atish uchun asos bо‘luvchi zarar summasi oz miqdordan, ya’ni eng kam oylik ish haqining 30 barobaridan kо‘p bо‘lishi kerak. Bugungi kunda bu 8 250 000sо‘mni tashkil etadi.
Agar firibgardan jismoniy shaxs jabrlangan bо‘lsa, jinoyat ishi qо‘zg‘atish uchun talon-toroj qilingan mulk summasi ahamiyatga ega emas.
Endi aldash va ishonchni suiste’mol qilish tushunchalariga kelsak.
Aldash deganda aybdor tomonidan jabrlanuvchining mulkini yoki mulkka bо‘lgan huquqlarini qо‘lga kiritish maqsadida haqiqatga tо‘g‘ri kelmaydigan yolg‘on ma’lumotlardan foydalanish yoki mulk egasi bilishi lozim bо‘lgan haqiqiy faktlarni yashirish tushuniladi. Masalan, aybdor avtosalonda ishlamasa-da, mashina olib berishni va’da beradi, jabrlanuvchini о‘zining gaplariga ishontirish maqsadida soxta shartnoma yoki boshqa hujjatlarni kо‘rsatadi.

Yüklə 191,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə