Tema-12. Massa almashinish jarayonida tarelkalarni vazifalari



Yüklə 311,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix15.04.2023
ölçüsü311,25 Kb.
#105605
  1   2   3
TEMA-12-tarelka (lot) (1)



TEMA-12. MASSA ALMASHINISH JARAYONIDA TARELKALAR
Massa almashinish jarayonida tarelkalarni vazifalari
Kolonnali qurilmalarda qo‘llaniladigan tarelkalar asosan 4 guruhga 
bo‘linadi: 
- qalpoqchali (dumaloq, tarnovcha va boshqa shaklli, s-simon elementli va h); 
- ag‘dariluvchi (to‘rtburchak tirqishli, elaksimon va h); 
- klapanli (turli shaklli va ko‘ndalang kesimli klapanlar); 
- oqimchasi yo‘naltirilgan tarelkalar. 
Tarelka seksiyalari 2 xil bo‘ladi: to‘g‘ri burchakli va egri chiziqli. 
TSK–1 tipidagi dumaloq qalpoqchali tarelka konstruksiyasi 12.1–rasmda 
keltirilgan. 
12.1-rasm. TSK – 1 tipidagi qalpoqchali tarelka. 
1 – segmentli to‘kilish patrubkasi; 2 – tarelka asosi; 3 – to‘kilish to‘sig‘i; 4 
– rostlovchi planka; 5 – to‘siq; 6 – siqish halqasi; 7 – tayanch ugolnik; 8 – planka; 
9 – ushko; 10 – halqa; 11 – M12x60 o‘lchamli shpilka; 12 – M10x20 o‘lchamli 
shpilka; 13 – vtulka; 14,18 – gaykalar; 15 – vint; 16 – skoba; 17 – qalpoqcha; 
19,20 – shaybalar; 21 – zichlagich. 
Tarelkali absorberlar
samarali va eng keng tarqalgan qurilmalardan bo‘lib, 
uning ichida butun balandligi bo‘yicha bir xil masofada bir nechta tarelkalar 
o‘rnatilgan. Teshikli tarelkalar orqali ham gaz, ham suyuqlik harakatlanadi va 
undan o‘tish paytida bir fazadan ikkinchisiga massa o‘tadi. Gaz fazaning suyuqlik 
qatlamidan o‘tishi davrida pufakcha va ko‘piklarning hosil bo‘lish jarayoni 


barbotaj
deb nomlanadi. Suyuqlik va gaz (yoki bug‘) ni bir-biri bilan to‘qnashishi 
zarur bo‘lgan hollarda barbotaj qo‘llaniladi.
Barobataj asosan ikki rejimda kechishi mumkin: pufakchali va oqimchali. Gaz 
yoki bug‘ning sarfi kichik bo‘lsa, pufakchali rejimni kuzatish mumkin. Bunda, gaz 
pufakchalari suyuqlik qatlamini bitta–bitta bo‘lib yorib chiqadi. Pufakchalar 
o‘lchami barbotyor tuzilishiga, suyuqlik va gaz xossalariga bog‘liq. 
Agar, gaz tezligi oshirib berilsa, oqimchali rejim paydo bo‘ladi. Barbotyordan 
chiqayotgan gaz oqimi shakli va o‘lchami o‘zgarmaydigan "mash’ala" hosil 
bo‘ladi. Odatda, mash’ala balandligi 30...40 mm dan oshmaydi. 
Tarelkali kolonnalar qalpoqchali, klapanli, plastinali va elaksimon tarelkali 
bo‘ladi. Fazalarning bir tarelkadan ikkinchisiga o‘tishiga qarab quyilish moslamali 
va quyilish moslamasiz absorberlarga bo‘linadi. 
12.2-rasmda 
quyilish 
moslamali, 
tarelkali 
absorber 
konstruksiyasi 
tasvirlangan. 

Yüklə 311,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə