Menejmentning



Yüklə 126,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix12.12.2023
ölçüsü126,12 Kb.
#148640
  1   2


STARS International University
227
BUGUNGI 
KUNDA 
MENEJMENTNING 
JAHONDA 
TUTGAN O‘RNI
PO‘LATOVA MASHHURA 
XUSHNUDBEK QIZI, 
O‘zMUJF, talaba
E-mail: mashhurapolatova1@gmail.com
G‘AYBULLAYEV SARVAR 
O‘KTAM O‘GLI, 
O‘zMUJF, o‘qituvchi
Annotatsiya:
 
Ushbu maqolada siz menejment haqida quyidagi ma’lumotlarni olishin-
giz mumkin.“ Menejment o‘zi nima?”, “Menejmentning maqsad va vazifalari”, “O‘zbekis-
tonda menejmentni rivojlantirish yo‘llari”, shu yo‘nalishdagi muammolar. Bugungi kunda 
menejmentning nafaqat O‘zbekistonda, balki rivojlangan chet mamlakatlarda ham rivojla-
nish omillariga katta ta’sir ko‘rsatayotganligi va jamiyat hayotida muhim rol o‘ynayotganligi 
haqida bilib olasiz.
Kalit so‘zlar:
 
kibernetika, menejment, menejerlar, tadqiqotlar,boshqaruv.
Menejment
(inglizcha: 
management
) – (boshqarish, tashkil etish) – maxsus 
bosh qarish faoliyati; boshqarish to‘g‘risidagi fan. Menejmentning holati ishlab 
chiqarish samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchi-
ning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi. Menejment fanining mazmuni boshqaruv tizimi va 
boshqaruv ob’yekti orasidagi o‘zaro munosabat bo‘lib, uning asosiy vazifasi bos-
hqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o‘rganishdan iborat. 
Boshqaruv – tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat etish jara-
yonidir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlar-
da ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Me-
nejment ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-huquqiy, kibernetika va boshqa fanlar bilan 
aloqadordir. Menejment dastavval iqtisodiy nazariya fani bilan yaqindan bog‘liq. 
U iqtisodiy qonunlarni bilib olishga va ularga mos ravishda boshqarish jarayonida 
iqtisodiy usullarni qo‘llashga, har bir xodimga va jamoaga ta’sir ko‘rsatishga asos-
lanadi. Bir qancha iqtisodiy fanlar: makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, statistika, 
mehnat iqtisodiyoti kabilar ham Menejment fani bilan chambarchas bog‘liqdir. 
O‘zbekistonda menejmentning nazariy asoslari va uning asosiy tamoyillari XIV-
XV asrlarda Amir Temur davrida shakllana boshlagan. Buyuk sarkarda “Temur 
tuzuklari” asarida davlat, qo‘shin va boshqalarni boshqarish san’ati to‘g‘risida o‘z 
qarashlarini bayon etib, izohlab bergan. Menejment fanining nazariy asosini bir 
https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp227-230


Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion 
rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.
228
necha yuz yillar davomida to‘plangan amaliy tajriba natijalari tashkil etadi, ularni 
nazariy jihatdan asoslab turli xil konsepsiyalar, nazariy g‘oyalar, ish prinsiplari va 
uslublari ishlab chiqilgan. Ammo alohida fan sohasi sifatida menejment XIX asrga 
kelib shakllana boshladi. Boshqarish fanining asoschisi – amerikalik muhandis va 
tadqiqotchi F. Teylor hisoblanadi. Boshqarish tamoyillarini Teylorning zamondos-
hi fransuz olimi Anri Fayol ishlab chiqdi.
Menejment bilan maxsus tayyorgarlik ko‘rgan, boshqarishning qonun-qoidalarini 
chuqur biladigan malakali mutaxassislar – yollanma boshqaruvchilar – menejerlar 
shug‘ullanadilar. Ular aholining alohida ijtimoiy qatlamini tashkil qiladi. Menejment-
ning yuqori (firma strategiyasini ishlab chiqish), o‘rta (ishlab chiqarish, sotish, narx 
belgilash, mehnatni tashkil qilish), quyi (sex, bo‘lim doirasida ishni tashkil qilish, 
kunlik, haftalik, oylik ish topshiriqlari bajarilishini boshqarish) bo‘g‘inlari bor.
1985-yildan boshlab menejment rivojlanishida yangi davr boshlandi. 
Тub islohatlar boshqaruvni jamiyatni demokratlash tirish, oshkoralik va pastdan 
yuqoriga xalq hokimiyatini o‘rnatish asosida takomillashtirishning asosiy yo‘llari-
ni ifodalab berdi. Jamiyatda demokratik jarayonlar chuqurlashuvi va rivojlanishi 
bozor munosabatlariga o‘tishga asos bo‘ldi. Jamiyatdagi tub o‘zgarishlar siyosat, 
iqtisodiyot, menejment uslublari va texnologiyasiga jiddiy o‘zgarishlar kititishni 
belgilab qo‘ydi.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini boshqarishni isloh qilish hozirgi davrga-
cha mavjud bo‘lgan tajriba, jamiyat hayotining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy sohalari-
ni oshqarishning bozor nazariyasiga, qabul qilingan qonun va huquqiy hujjatlarga 
asoslangan holda amalga oshiriladi. Menejment sohasida jahon tajribasi, rivojlan-
gan mamlakatlar va o‘zimizda to‘plangan tajribadan foydalaniladi.
Bozor infrastrukturasini rivojlantirish ko‘p yillarga mo‘ljallan gan strategik vazifa-
dir. Mamlakatimiz “falaj qilib davolash” usulidan voz kechdi. Bu yerda bozor muno-
sabatlariga o‘tish bos qichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Davlat mulkini xususiy 
mulk bilan bir vaqtning o‘zida kooperatsiya, tadbirkorlik, chet ellik firmalar, banklar 
bilan hamkorlikka asoslangan holda turli xo‘jalik yuritish usullarini qo‘llash yo‘li bi-
lan amalga oshirish kerak.
Menejment oldiga qo‘yilgan ko‘pchilik vazifalar muvaffaqiyatli hal etilmoqda. 
Hozirda iqtisodiy tashkilotlar vazifalari o‘zgartirildi, boshqaruvning bozor munosa-
batlariga o‘tishi amalga oshirilmoqda, boshqaruvning ixtisoslashuv chuqurlashuvi 
va kooperatsiya bo‘yicha aloqalar barqaror bo‘lishini ta’minlovchi yangi tashkiliy 
tizimlari vujudga kelmoqda.
Islohatlar iqtisodiyotni boshqarishning barcha bo‘g‘inlarini – asosiy bo‘g‘in 
(korxona)dan to boshqaruvning oliy bo‘g‘inlarigacha qamrab olgan. Korxonalar 
to‘g‘risidagi qonun korxonalar erkinligi miqyosini kengaytirdi, ularning ish natijalari 
bo‘yicha iste’molchilar oldidagi majburiyatlarini amalga oshirdi.
Xulosa: Ayrim tadqiqotlar menejment kishilardan nafli samaralar olish san’ati, 
deb hisoblaydilar. Mukammal menejmentning xos belgilari: faoliyatga, izlanishga 
tarafdorlik; oddiy tuzilma va kamsonli xodimlar; iste’molchiga yaqinlik; unumdor-
likni ta’minlashda insonning hal qiluvchi o‘rni; tadbirkorlikni rag‘batlantiruvchi mus-
taqil idora qilish huquqi; asosiy faoliyat turiga birlamchi e’tibor; hammadan ko‘ra 
yaxshiroq tanish bo‘lgan sohaga kirishish; erkinlik va kuchli nazoratni birgalikda 
qo‘llash.


STARS International University
229

Yüklə 126,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə