Pedagogika va psixologiya yo’nalishi


Kurs ishi amaliy ahamiyati



Yüklə 59,5 Kb.
səhifə3/7
tarix04.06.2022
ölçüsü59,5 Kb.
#88829
1   2   3   4   5   6   7
durdona (2)

Kurs ishi amaliy ahamiyati.Olingan natijalarni ota-onalarga, pedagog va psixolog mutaxassislarga, malaka oshirish kurslari tinglovchilariga, tashhis markazlari xodimlariga,amaliyotchi psixologlarga, maktab psixologlariga tadbiqiy material sifatida qo’llanilishi mumkin .
Kurs ishi nazariy ahamiyati. O‘quvchilar yoshlarda xavotirdanish xolatlarini keltirib chiqaruvchi ijtimoiy psixologik omillarning bartarf etishning orasidagi nazariy ma’lumotlarni umulashtirilganligi va muayyan tizimga keltirilganligi natijasida umumiy psixologiya, pedagogik psixologiya, yosh davrlari psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, shaxsning ijtimoiylashuv muammosi psixologiyasi, xulqi og‘ishganlar psixologiyasi, psixodiagnostika va psixokorreksiya sohalarining amaliy materiallari bilan boyitilishi mumkin.
Kurs ishining maqsadi. Kusrs ishida oila va undagi shaxslararo
munosabatlar tizimi, oilaviy shaxslararo munosabatlarning bola tarbiyasiga ta’siri,
bola faoliyatini oilada tashkillashtirish masalalari, oilada ma’naviy, axloqiy va
madaniy malakva yoritish va oilada ijtimoiy pedagogning olib boradigan amaliy vazifaarini atroflicha tahlil etish, Ota-ona qaramog`isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoyalashda vasiylik va homiylik organlari faoliyatini yanada takomillashtirish va amaliyotga joriy etishning ilmiy asoslarini nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish maqsad qilib oling alarni shakllantirish kabi masalalarni nazariy.
I Bob.O‘SMIRLIK DAVRIDA XAVOTIRLANISH HOLATLARI NAMOYON BO‘LISHINING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ADABIYOTLARDA O‘RGANILGANLIGI.



1.1. Psixologiyada xavotirlanish borasidagi ilmiy qarashlar taxlili
SHaxsdagi xavotirlilik holatlari orqali insonda turli xissiy
kechinmalar namoyon bo‘lishi mumkin hamda bu holat shaxs kamolotiga ta’siretishi mumkin. Bu boradagi g‘oyalar sharq allomalari tomonidan ham ilgari surilgan bo‘lib, shaxsning his-kechinmalari, Xavotirlanish kabi tuyg‘ularning namoyon bo‘lish holatlari haqidagi fikrlarini o‘z asarlarida bayon etganlar. Xavotirlanish darajasining shaxs suitsidal xulq omili sifatidagi muammo psixolog olimlar tomonidan qator ilmiy izlanishlar davomida o‘rganilib kelinmoqda. Jumladan o‘zbek psixologlari M G Davletshin, G Sog‘inov, B Umarov , N Usmanovlar ilmiy tadqiqotlarida ushbu muammoning ijtimoiy psixologik jixatlari tadqiqi etiladi .SHaxsning o‘z joniga qasd qilish muammosi qadim zamonlardan buyonjamiyatimiz tomonidan qoralanib kelingan. Muqaddas Islom dinida birovni o‘ldirish qanchalik yomonhisoblansa, o‘zini o‘zi o‘ldirish ham shunchalik yomondir.Alloh taolo Niso surasida shunday deb marhamat qiladi: «Vao‘zingizni o‘zingiz o‘ldirmang. Albatta, Alloh sizlarga rahmlidir. Kim bunitajovuzkorlik va zulm ila qilsa, uni albatta do‘zaxga kiriturmiz. Bu esa Allohgaosondir» (29–30-oyatlar). O‘z joniga qasd qilish Rasululloh sollallohu alayhi vasallamninghadisi shariflarida ham qattiq qoralangan. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim tog‘dan tashlab, o‘zini o‘zi o‘ldirsa, u jahannam otashida abadul-abad o‘zini tog‘dan tashlab turadi. Kim zahar ichib, o‘zini o‘zi o‘ldirgan bo‘lsa, u jahannam otashida zaharini qo‘lida tutgan holida abadul-abad (zahar) ichib turadi. Kim o‘zini o‘zi temir narsa bilan o‘ldirgan bo‘lsa, jahannam otashida o‘sha temirni qo‘lida tutgan holida abadul-abad o‘sha(temir)ni qorniga sanchib turadi», – dedilar SHarq allomalari asarlarida shaxs shakllanishi masalasi dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi. SHaxsning shakllanishi jarayonida ro‘y beradigan psixik-jismoniy o‘zgarishlar muhim ahamiyatga egaligi bilan ajralib turishi borasida qator fikrlar ilgari suriladi.SHarqning qomusiy olimlaridan Abu Rayhon Beruniy insondagiaxloqiy sifatlarning tarkib topishida ulardagi , xavotirlanish holatlarini muhimsanaydi.
Abu Ali ibn Sino esa o‘zining keng doiradagi psixonevrologik
amaliyotida ob’ektiv kuzatish metodiga juda katta e’tibor beradi. SHunga ko‘ra turli emotsiyalar organizmda, yurakda, qon tomirlarida, nafas olish organlarida har xil o‘zgarishlarni keltirib chiqarishi, nerv iztiroblari, kechinmalar va Xavotirlanish organizmning madorsizlanish holatiga olib kelishi mumkinligini isbotlaydi. SHunday qilib, ibn Sino fiziologik hodisalar bilan ruhiy hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanish borligini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. U ruhiy kasalliklar jismoniy betoblik natijasi, deb hisoblaydi. Ibn Sino o‘z faoliyati davomida markaziy nerv sistemasining etakchilik roliga qayta ahamiyat berib, asab buzilishi (Xavotirlanish, asabiylik, iztiroblanish) butun organizmning darmonsizlanishi va susayishiga olib keladi, deb ko‘rsatgan edi. YUqoridagi fikrlardan ko‘rinadiki, sharq allomalari
tomonidan ilgari surilgan g‘oyalarda shaxs xavotirliligi va Xavotirlanish
holatlariga ham alohida ahamiyat berilgan.
. Xavotirlanishni shaxs xususiyati sifatida baholash juda ham muhim. CHunki,aynan mana shu sifat ko‘p hollarda o‘smir xulq-atvorini belgilaydi.
Xavotirlanish ko‘rsatkichining ma’lum darajasi– bu shaxs faol
faoliyatining tabiiy va majburiy xususiyatidir. SHunga ko‘ra, har bir o‘smirda
foydali xavotirlanish deb nomlanuvchi o‘zining optimal yoki istalgan
xavotirlanish ko‘rinishi darajasi mavjud. Insonning o‘z holatini baholashi,o‘zo‘zini nazorat qilishi va o‘zini tarbiyalashning ahamiyatli tarkibiy qismi
hisoblanadi. SHaxs xavotirlanishi ostida sub’ektning xavotirlanishga moyilligini aks ettiruvchi va unda keng doiradagi vaziyatlarni xavfli sifatida qabul qilish tendensiyasi ehtimoli mavjudligi nazarda tutuvchi hamda ularning har biriga nisbatan ma’lum bir javob reaksiyasini namoyon etuvchi barqaror individuallik tavsifi yotadi.SHaxsning xavotirlanishga moyilligi uning o‘zini-o‘zi baholashi uchunxavfli hisoblangan ma’lum bir qo‘zg‘atuvchilarni qabul qilish negizidafaollashadi. Vaziyatli yoki reaktiv xavotirlanish holati quyidagi sub’ektiv emotsiyalar bilan tafsiflanadi: a)tanglik,zo‘riqishlik; b) notinchlik; v)
xavotirlik; g) asabiylik. Xavotirlanishning kelib chiqishga biologik omillar sabab bo‘ladimi yoki atrof muhit omillarimi degan savol hali xanuz olimlarni qiziqtirib kelayapti. Biologik kelib chiqishni yoqlaydigan tarafdorlar Xavotirlanishni evolyusiya jarayonida genetik yo‘l bilan nasldan- naslga o‘tgan, deya e’tirof etadilar. CHunki qorong‘ulikdan, balandlikdan, hayvonlar va shu kabilardan qo‘rqadigan insonlar o‘z nasllarini davom ettirish uchun etarlicha uzoq yashash imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Xavotirlanishning kelib chiqishida atrof-muhit omillarini etakchi o‘ringa qo‘ygan olimlar esa insonlarning hayotiy tajribalari ularni bolalik chog‘laridanoq xavotirlanishning haqiqiy manbasi bo‘lgan ob’ektlarni aniqlashga o‘rgatadi va bu holat ko‘pgina odamlarda shunga muvofiq keluvchi Xavotirlanishlarning shaklanishiga olib keladi, degan fikrni
bildiradilar. SHaxs uchun turli narsalar haqida tashvishlanish qobiliyati xosdir, bu esa uning hayotga befarq munosabatda emas ekanligidan dalolat beradi. Biroq bu tashvishlanish ba’zan noadekvat shaklda bo‘lishi, ya’ni shaxs bu holatni ta’sirotlarga nisbatan yuqoriroq darajada boshidan kechirishi mumkin. Ko‘pincha xavotir tushunchasi yoqimsiz ichki emotsional tusdagi
holat sifatida qaraladi, bu holat esa zo‘riqish, notinchlik, g‘amginlikni his qilish tarzidagi fiziologik jihatdan asab tizimining faollashuvi sifatida tavsiflanadi. Xavotirlanish holati inson muayyan qo‘zg‘atuvchini o‘zida xatar, tayziq, ziyon elementi, xavotirlanish holati sifatida idrok qilishi natijasida kelib chiqadi. Xavotirlik vaqt va intensivligi bo‘yicha o‘zgarib boradi.
SHaxsning psixik jihatdan sog‘lom bo‘lishi ko‘p jihatdan uning
emotsional holatiga bog‘liqdir. Bizga ma’lumki, inson zotiga nimadandir
xavotirlanish, notinchlik, bezovtalanish xos bo‘lib, bu holat stressli vaziyatlarga emotsional reaksiya tarzida namoyon bo‘ladi va intensivligi, dinamikasi turlicha bo‘lishi mumkin. SHunga muvofiq xavotirlanish darajasining ortib ketishi shaxsdagi emotsional, asab psixik buzilishlariga olib keladi. Ayniqsa buholat ilk o‘spirinlik davrida ko‘proq kuzatilib, ularning kattalik hayotiyo‘nalishini tanlash, imtihon oldi xaSHaxs xislati sifatidagi xavotirlanish holatini qanchalik tez-tez va intensiv ravishda yuzaga kelishiga qarab aniqlash mumkin. Xavotirlanish holati yorqin ifodalangan shaxs atrofimizni o‘rab turgan olamni xavf-xatar, qo‘rqinch, tahlika natijasida idrok qilishga moyil bo‘ladi.Xavotirni xavotirlanishdan farqlash zarur. Agar xavotir bu bolaningbezovtalanishining epizodik ko‘rinishi bo‘lsa, xavotirlanish mustahkam holat hisoblanadi. Masalan, bolada bayramda chiqish qilishdan oldin yoki sinf taxtasi oldida javob berishda bezovtalanish hollari kuzatiladi. Biroq bu bezovtalik har doim ham namoyon bo‘lmaydi, ba’zida ayni shunday vaziyatda u sokin bo‘lishiham mumkin. Bu xavotirning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Agar xavotir holati tez va turli vaziyatlarda (sinf taxtasi oldida javob berishda, notanish odamlar bilan muloqotda va hokazolarda) takrorlansa, u holda xavotirlanish haqida gapirish mumkin. Xavotirlanish qandaydir muayyan vaziyat bilan bog‘liq bo‘lmaydi va deyarli doim namoyon bo‘ladi. Bu holat odamga faoliyatning har qanday ko‘rinishida xamroh bo‘ladi. Qachonki odam aniq bir nimadandir qo‘rqsa, biz qo‘rquvning ko‘rinishi haqida gapiramiz. Masalan, qorong‘ilikdan, balandlikdan, notanish joydagi qo‘rquv va boshqalar. K.Izard “qo‘rquv” va “xavotir” atamalarining farqini shu tarzda tushuntiradi, xavotir bu ba’zi hislarning uyg‘unlashuvi, qo‘rquv esa faqat shu hislardan biridir. Qo‘rquv odamda istalgan yoshda rivojlanishi mumkin, bir yoshdan uch yoshgacha bo‘lgan bolalarda tungi qo‘rquvlar, hayotning ikkinchi yilida A.I.Zaxarov fikriga ko‘ra, bir muncha ko‘proq kutilmagan tovushlar, yolg‘izlik, og‘riq ( shu bilan bog‘liq tibbiy xodimlardan qo‘rqish) dan qo‘rquv namoyon bo‘ladi. 3-5 yoshdagi bolalar uchun yolg‘izlikdan, qorong‘ulik va bo‘sh joydan qo‘rquv xarakterlidir. 5-7 yoshdagi bolalarda o‘limdan qo‘rquv etakchi bo‘ladi. 7 yoshdan 11 yoshgacha bo‘lgan bolalar ularni qo‘llaydigan va tushunadigan odam bo‘lmasliklari mumkinligidan qo‘rqadilar (A.I.Zaxarov). Har bir bolaga muayyan qo‘rquvlar xos, biroq agar ular juda ko‘p bo‘lsa, unda bolaning fe’l-atvoridagi xavotirlik ko‘rinishlari haqida gapirish mumkin.Ota-onalarning talablari va kutishlarining tahlili shuni ko‘rsatadiki, ular farzandidan ko‘p narsalarni kutadilar va katta talablar qo‘yadilar. Masalan, har bir ota-ona farzandlari “a’lochi» bo‘lishini, doim «birinchi» bo‘lishini xohlaydilar va kutadilar. Jumladan, murakkablashtirilgan ta’limdasturlari ham o‘quvchilar oldiga katta talablar qo‘yadi. Maktabning va otaonalarning talablari bolalar tomonidan interiorizatsiyalanadi. Bu esa bolaning o‘z-o‘ziga bo‘lgan talabining oshishiga olib keladi. Bola o‘zini xato qilish huquqidan mahrum qiladi, u har qanday o‘qituvchi topshirig‘ini bajara
olmaslikdan xavotirlana boshlaydi. Xavotir esa o‘zlashtirish ko‘rsatkichining
tushib ketishiga sabab bo‘ladi. Bu esa o‘z o‘rnida uning o‘ziga-o‘zi beradigan bahosining pasayishiga olib keladi.Bunday o‘quvchilardagi emotsional buzilishlarni bartaraf etish,profilaktika qilish, nafaqat ularning o‘ziga, balki ularning ota-onalari,o‘qituvchilari zimmasiga ham katta majburiyat yuklaydi. Bunda ota-onalarning diqqatini bolaning yoshiga xos xususiyatlariga va imkoniyatlariga qaratish lozim bo‘ladi. Oilalar bilan ishlashda muhimi oilaviy qoidalarni, me’yor va qadriyatlarni, ularning bolaga bo‘lgan talablarni maqsadga muvofiq me’yorga keltirish, munosabatlarni tanqidsiz yaxshilashga yo‘naltirish kerak. Hozirgi vaqtgacha xavotirlanishning paydo bo‘lish sabablari yuzasidan muayyan nuqtai-nazar ishlab chiqilmagan. Ammo ko‘pchilik olimlar maktabgacha tarbiya va kichik maktab yoshidagi bolalarda xavotirlanishning asosiy sabablaridan biri bolalar va ota-onalarning munosabatidagi buzilishdadeb hisoblaydilar.Maktab o‘quvchisining hissiy turg‘unligi” kitobining mualliflari B.I.Kochubey va E.V. Novikova xavotirlanish bolada ichki nizolarning mavjudligi oqibatida rivojlanadi deb hisoblaydilar va quyidagi holatlarda ifodalanadi deb ko‘rsatadi:
1. Ota-onalar yoxud ota-ona va maktab (maktabgacha tarbiya muassasasi)
tomonidan taqdim etiladigan qarama-qarshi talablar, masalan, ota-ona bolani o‘zini yomon his qilayotgani uchun maktabga yubormaydi, o‘qituvchi esajurnalga “ikki” baho qo‘yadi va boshqa bolalar ishtirokida dars qoldirgani
uchun tergaydi.
2. Notinch (ko‘pincha yuqori) talablar. Masalan, ota-onalar bolaga
a’lochi bo‘lishi kerakligi haqida qayta-qayta takrorlaydilar, o‘g‘il yoki qizlari
nafaqat “besh” baho olishlari, balki sinfdagi eng yaxshi o‘quvchi emasligiga
ko‘nika olmaydilar.
3. Bolani kamsituvchi va uni tobe holatga qo‘yuvchi salbiy talablar.
Masalan, tarbiyachi yoki o‘qituvchi bolaga: “Agar sen men yo‘qligimda kim
o‘zini yomon tutganligini aytib bersang, sening boshqa bolalar bilan
urishganingni onangga aytmayman”, deydilar.
Mutaxassislarning fikricha, maktabgacha tarbiya va kichik maktab yoshida
o‘g‘il bolalar, 12 yoshdan keyin esa qiz bolalar ancha xavotirlidirlar. Bunda qizbolalar o‘zaro boshqa odamlar bilan munosabat yuzasidan hayajonlanadilar,o‘g‘il bolalarni esa ko‘proq darajada zo‘ravonlik va jazo xavotirga soladi .Nojo‘ya hatti-harakat sodir etgan qizlarni oyisi yoki pedagog u haqida yomon fikrga borishlari, dugonalari u bilan o‘ynashdan voz kechishlari tashvishga soladi. Bunday vaziyatda o‘g‘il bolalar ko‘proq kattalar ularni jazolashlari yoki tengdoshlari urishlaridan qo‘rqadilar.
Bu esa o‘quv yili boshlanganiga olti hafta bo‘lgach o‘quvchilarda
xavotirlanish darajasini ko‘tarilishiga sabab bo‘lib ular 7-10 kunlik ta’tilga
ehtiyoj sezadilar. Bolaning xavotirlanishi uning atrofidagi kattalar xavotirliligining darajasiga bog‘liq. Pedagog yoki ota-onaning yuqori xavotirliligi bolaga o‘tadi. Hayrihox munosabatda bo‘lgan oilalardagi bolalar tez-tez janjal bo‘ladigan oila bolalaridan ko‘ra kamroq xavotirlanadilar. SHunisi qiziqki, ota-onalar ajrashgach, oiladagi janjallar tugaganida ham bolaning xavotirlanish darajasi pasaymaydi, aksincha birdan oshib ketadi.
Psixolog E.YU.Brel shunday qonuniyatni aniqladi: agar ota-onalar
o‘z ishlari, yashash sharoitlari, moddiy ahvollaridan qoniqmasalar bolalarning xavotirlanishi yanada ortar ekan. Ehtimol, shuning uchun ham bugunxavotirlanish darajasi yuqori bo‘lgan bolalar soni uzluksiz oshayotgandir. Oilada ota-ona tarbiyasining hukmron usuli ham bolaning ichki hotirjamligiga yordam bermaydi.
SHunday fikr mavjudki, o‘quv faoliyati bilan bog‘liq xavotirlanish
maktabgacha ta’lim yoshidayoq shakllanishni boshlaydi. Bunga tarbiyachining faoliyat uslubi va yuqori darajadagi talabchanlik ham ko‘maklashishi mumkin.Bundan tashqari ota-onalar ko‘p sonli o‘qituvchilarni yollaydilar, bolani soatlab turli topshiriqlarni bajarishga majbur qiladilar. Bolaning chiniqmagan va bunday jadal ta’limga tayyor bo‘lmagan organizmi bardosh berolmaydi, go‘dak kasal bo‘ladi, o‘qishga ishtiyoqi yo‘qoladi, yaqinlashib kelayotgan o‘quv mavsumi yuzasidan xavotiri jadal ortadi. Xavotirlilik nevroz yoki boshqa psixik buzilishlar bilan aloqador bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda tibbiy mutaxassis yordami zarur bo‘ladi. tadqiqotchilar tomonidan “xavotirlanish tushunchasini eng ko‘p umumiy o‘rganiladigan jabhasi uning nevrotik va nevrotik oldi tuzilishi sifatida ko‘rib chiqishdir (B.I.Kochubiy, E.V.Rodjers, K.Xorni va boshqalar). SHuningdek, xavotirlanish ichki notinchlik kechinma, qo‘rquv kabi psixologik holat (A.M.Prixojan, N.D.Levitov), sub’ektiv hissiy taranglik salbiy xavotirlarni oldindan sezish (I.Spilberger, O.M.Gadyuk, A.M.Prixojan), emotsional noqulaylikni his qilish (A.M.Prixojan), noma’lum xatarni oldindan sezish (F.B.Berezin) sifatida ko‘riladi. T.L.SHabanova L.I.Bojovichning muammo doirasidagi izlanishlariga asoslanib, tashqi ta’sirlarga adekvatligini bog‘lagan holda xavotirlanishko‘rinishlarini klassifikatsiyasini keltiradi. Xususan:
-sub’ekt real nosog‘lomligida, adekvat xavotirlanishni his qiladi;
-agar sub’ekt holati adekvat yaxshi bo‘lsa, Bojovich bunday xavotirlanishni
noadekvat deb baholaganlar;real nosog‘lomlikni sezmaslik “noadekvat xotirjamlik” deb ataladi, lekin biz Xorni fikriga yondashamiz unga ko‘ra, har qanday xavotirlanish adekvatdir,chunki u ob’ektiv emas, sub’ektiv sabablarga ko‘ra, inobatga olinmasligmumkin, u tashqaridan ko‘rinmas, ammo sub’ekt uchun muhim bo‘lishi mumkin. R.Mey esa o‘zining tadqiqotlarida xavotirlanishni 2 asosiy turga bo‘lganme’yoriy va nevrotik. Me’yoriy xavotirlanish 3 asosiy jihat bilan tavsiflanadi:
1) me’yoriy xavotirlanishni namoyish qilish kelib chiqqan vaziyatdagi
ob’ektiv xatarni muhimligini ko‘rsatadi;
2) me’yoriy xavotirlanish tushkunlikka olib kelmaydi;
3) agar ularni keltirib chiqaruvchi faktorlarni identifikatsiyalab va ularga
qarshi turlicha harakat qilinsa bunday xavotirlanishni ijodiy qo‘llash mumkin.
Nevrotik xavotirlanish tavsifnomalari ulardan farqlanadi-bu xatarga
nisbatan adekvat reaksiya emas. Bunday xavotirlanish tushkunlikka olib keladi va u buzg‘unchidir, konstruktiv emas. Nevrotik xavotirlanishga bog‘liq bo‘lgan tushkunlik va anglashni odamlarni muhim axborotga kira olishidan mahrum qiladi, ular yordamida xatarlarni identifikatsiyalash va bartaraf etish mumkin. Reaksiyaning 2 turini “destruktiv xavotirlanish” deb atash mumkin. YUqorida keltirilgan vaziyatlarda mutaxassislar insonni turli
ko‘pincha ijtimoiy-psixologik stressorlarga (negativ bahoni kutish yoki agressiv reaksiya, o‘ziga nisbatan negativ munosabatni qabul qilish, o‘zini obro‘si, hurmatiga nisbatan xatarni sezish) ta’sirini 2 turini ajratganlar: konstruktiv va destruktiv vaziyatli xavotirlanish.
Biroq har bir insonda o‘z “Men”iga nisbatan xatarni turli vaziyatlarda
qabul qilish va bu vaziyatga vaziyatli xavotirlanishi oshgan holda reaksiya
ko‘rsatish (yoki konstruktiv yoki destruktiv) mavjud.
Bu ishtiyoqni YU.A.Xanin shaxsiy xavotirlanishi jihat, xususiyat,
dizpozitsiya individual farqlar haqida tasavvur beruvchi va turli stresslarga
ta’sir sifatida aniqlaydi. SHuningdek, xavotirlanish tushunchasini chet el
psixologlari singari rus psixologlari ham xuddi shunday ta’riflaydilar. Xususan, R.S.Nemov xavotitrlanishni doimiy yoki situativ yuzaga keluvchi insonni yuqori darajadagi xavotirida o‘ziga xos vaziyatlarda qo‘rquv va hayajonni hisqilishi sifatida ko‘radi. O.M.Radyuk ham xavotirlanish insonni xavotirni his
qilishga ishtiyoqi sifatida o‘rganadi. E.P.Ilin Spilbergerga yondashgan holdaquyidagicha ta’rif beradi: “YUqori xavotirlanish-shaxs emotsional xususiyatini namoyon bo‘lishining turli hayotiy vaziyatlarda xavotirlanish holatini tez-teznamoyon bo‘lishi, shu bilan bir qatorda uni keltirib chiqarmaydiganlarda hamkuzatiladi”
Shu tariqa xavotirlanish tushunchasi psixologiyada 2 o‘zaro bog‘liq ma’noda qo‘llaniladi. 1) aniq vaziyatli stressorga nisbatan reaktiv holat javobi sifatida; 2)
turli vaziyatlarda insonni bu holatni his qilishga bo‘lgan ishtiyoqi.
CH.Spilberger xavotirni jarayon sifatida ko‘rib chiqar ekan uni kognitiv,
affektiv va harakat reaksiyalarini bosilishi sifatida tasavvur qiladi. Odamga
stressning turli shakllarini ta’siri natijasida faollashadi, ular quyidagi vaqt
tarkibiy qismlari zanjiri ko‘rinishida bo‘ladi. Stress xatarni qabul qilishkognitiv qayta baholash-psixologik himoya yoki chetlashni yashirish
mexanizmi. Ko‘rinib turibdiki, bu yerda stress tanglik sifatida emas faktor
(stressor) sifatida namoyon bo‘ladi.
SHu tariqa xavotirlanishni tushunishda psixologiyada quyidagi nuqtai nazarlar yuzaga keladi:
1.Xavotirlanish-bu :
-ichki xavotirni psixik holati xavotirni his qilishdagi tanglik;
-yomon hislar, xatarni kutishni sub’ektiv his qilish;
-emotsional diskomfortni his qilish;
-nevrotik reaksiya (avtonom nerv tizimini faolligini oshishi bilan kechuvchi
emotsional reaksiya);
-salbiy emotsiyalar: qo‘rquv, jahl va g‘amginlik kompleksi (ba’zilar bunga
qiziqishni ham kiritadi);
-murakkab psixik holat, kognitiv emotsional va operatsional tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi, emotsionalni dominantligida;
-shaxs tuzilishida defektlarni paydo bo‘lishi ular turli kasalliklarning kelib
chiqishidir;shaxs faol harakatini tabiiy va majburiy xususiyati shaxsni o‘zini o‘zi mukammallashtiruvchi stimul sifatida
1.Xavotirlanish-bu murakkab psixik holat, ma’lum vaziyatga reaksiya
sifatida, o‘ziga kognitiv, emotsional, harakat, fiziologik komponentlarni
birlashtirgan; emotsional diskomfortni his qiluvchi individ sog‘lig‘i va
harakatiga zarar keltirishi mumkin. Xuddi shunday emotsional jabhada ham
faoliyatga yo‘naltirilgan ichki kuch va samaradorlikni stimullashtiruvchi.
2.Xavotirli holat-bu jarayondir:
13
-affektiv fenomenlar bir-birlarini almashtirib turuvchi ketma-ketlik;
-bosqichlarni almashishi natijasida kelib chiqishidan bartaraf etish
mexanizmlarigacha;
-ko‘payish intensivligini o‘zgarishi bo‘yicha sustidan ortiqcha qo‘rquvgacha.
3.Xavotirlanish shaxsiy xususiyat sifatida-bu ko‘p qaytariladigan yoki
haddan ziyod intensiv holat natijasida situativ xavotirlanishni saqlanib qolishi, u o‘z navbatida ma’lum vaziyatda reaksiya xarakteriga ta’sir etadi. Keyinchalik, tadqiqotlar tahlilida stimullashtiruvchi faktorlar xavotirni keltirib chiqaruvchilarni biz xavotir manbai sifatida tahlil qilamiz.
Umumiy ko‘rinishda xavotirlanishni keltirib chiqaruvchi sabab va
mexanizmlarni ko‘pchilik tadqiqotchilar individni ichki nizolarida ko‘radilar,
ularning kamchiligi qandaydir yomon xatarni kutish natijasida kelib chiqadi
Agar inson o‘zi uchun noqulay sharoitda yashasa, birinchi galda
uning emotsional tuyg‘ulari frustratsiya (buzilish) holatiga tushadi va bu o‘z
navbatida ruhiy zarba (stress) holatiga javoban xavotirlanishni yuzaga keltiradi. Xavotirlanish vegetativ, nevrotik va psixik buzilishlarga olib keladi. 5-sinf o‘quvchilarida boshqa sinf o‘quvchilariga nisbatan yuqori darajadagi
xavotirlanish kuzatiladi, bu boshlang‘ich maktabdan o‘rta sinflarga o‘tiSpilbergning “O‘z-o‘zini baholash shkalasi”, Teylorning “Xavotirlanish paydo
bo‘lishining shaxsiy shkalasi”) mavjud. Ushbu testlar bolalarning maktabdagi
turli vaziyatlarda stress xolatiga tushishini aniqlash imkonini beradi.

Yüklə 59,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə