Pedagogika va psixologiya yo’nalishi


II Bob.O’QUVCHI SHAXSINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY QADRIYATLARDAN FOYDALANISH PEDAGOGIK ZARURIYAT SIFATIDA



Yüklə 59,5 Kb.
səhifə5/7
tarix04.06.2022
ölçüsü59,5 Kb.
#88829
1   2   3   4   5   6   7
durdona (2)

II Bob.O’QUVCHI SHAXSINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY QADRIYATLARDAN FOYDALANISH PEDAGOGIK ZARURIYAT SIFATIDA.

2.1. O’quvchi shaxsini shakllantirishning nazariy asoslari.Shaxsning rivojlanishi uning axloqiy takomili bilan bevosita bog’liq holda tarkib topadi. Shaxs ham, axloq ham tarixiylik xususiyatiga ega. Shaxsning axloqlibo’lishi bolaligidan, ya‘ni uning shaxs sifatida shakllanishidan boshlanadi. Kattalarbilan muloqotda bo’lish bolaning shaxs sifatida shakllanishini ta‘minlaydi, asrlardavomida yaratilgan axloqiy me‘yor va qadriyatlar uning shaxs sifatidarivojlanishida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. O’quvchi shaxsini shakllantirishuchun ta‘lim insonparvarlashtirilishi, erkinlashtirilishi, o’quvchi o’z-o’zinirivojlantirishi kerak". Ta‘limni insonparvarlashtirishning ob‘ekti bo’lgan ongni insonparvarlashtirish alohida o’rinda turadi. Zero, mazkur iboraning mazmuninibilmasdan turib, insonparvar bo’lishi mumkin emas. Insonparvarlik — ulug’ insoniy fazilat. Bu — ota-ona haqida qayg’urish, qarindoshva do’stlarga sadoqatda bo’lish, marhumlarni xotirlash, bemorlarga hamdardbo’lish, moddiy va ma‘naviy yordamga muhtojlarga xayrixoh bo’lish, hayotdaiymonli va e‘tiqodli bo’lish demakdir. Ta‘limni insonparvarlashtirish bilan inson hayotda o’zini anglab oladi, boshqaodamlarga va tabiatga bo’lgan munosabatini uyg’unlashtiradi. Demak, bu jarayon inson faoliyatida namoyon bo’ladi, kishida bilim va ko’nikmalarni shakllantiradi.Ta‘limda o’quvchi shaxsini shakllantirishda uning ruhiyatini faollashtirishga,izchillashtirishga e‘tibor beriladi, chunki o’z-o’zini rivojlantirish, o’zini shaxssifatida shakllantirish, bu — o’quvchining istagi, ehtiyojidir. Har bir o’quvchi o’z-o’zini rivojlantirayotganda o’qituvchining yordami kerakligini sezib turadi. Shungako’ra, o’qituvchi faoliyat ko’rsatayotgan o’quvchiga hamisha ko’maklashadi.
O’quvchi shaxsini shakllantirish ta‘lim jarayonini demokratlashtirishni
(erkinlashtirish) ham taqozo etadi. Zero, bu — insonning o’z xohishi va maqsadibo’yicha fikrlash, harakat qilish, mexnat qilishidagi erkinlikdir.
Insonda istakerkinligi tashqi muhit va undagi vaziyat ta‘sirida yuzaga keladi. Buning uchun insono’z maqsadi va faoliyat yo’nalishini belgilab olishda mustaqil bo’lishi kerak. Buma‘noda erkinlik shaxsning o’z irodasini namoyon etishida ko’rinadi.Ta‘limni insonparvarlashtirish va erkinlashtirishdan kuzatilgan asosiy maqsad
— o’quvchida erkinlik hissini, erkin fikrlash qobiliyatini rivoj toptirish, uni erkinyashashga tayyorlash, axloqiy fazilatlarni, mehnat qobiliyatini shakllantirish varivojlantirishdir. Inson shaxsining shakllanishida, axloqiy kamolotida mehnat asosiyo’rinda turadi. Chunki mehnat inson shaxsining shakllanishida, ijtimoiy sohadaodamlar bilan muloqotda bo’lishida asosiy omildir.Inson barkamolligi, dunyoqarashi uning g’oyaviy-axloqiy yetukliginingifodasi sanaladi. Yuksak faoliyatlilik — ijtimoiy hayotda, ilg’or fikrlashda faolishtirok etish, o’zida go’zal axloqiy xislatlarni tarkib toptirishdan iborat.Ijtimoiy faoliyat jamiyatning asosiy talabi bo’libgina qolmay, balki shaxsning o’z-o’zini rivojlantirishi uchun ham muhim qadriyat hisoblanadi. Har tomonlama rivojlanish — insonparvarlik, ijodiy qobiliyatni hayotda namoyon etish, yuksak axloqiylik ham demak.Shaxs umumiy tizimlilik xususiyatiga ega bo’lib, bu tizim o’zaro uzviylik va bir butunlikdagi faoliyat, ijtimoiy muloqot va tarbiyadan iborat. Ular insonningjamoadagi faoliyatida namoyon bo’ladi.Ma‘lumki, inson bir butun uyg’unlikda har tomonlama rivojlanadi. Uyg’unlikesa shaxsning odamlar bilan doimiy muloqotda bo’lishini taqozo etadi. Insonaql,jismoniy sog’liq va axloqning uyg’unligida kamol topadi. Axloqli shaxsda e‘tiqodlilik, adolatlilik, intizomlilik, to’g’rilik, sadoqatlilik, diyonatlilik, poklik, sabr-toqatlilik, sertavozelik kabi fazilatlar mujassam bo’ladi.O’zbek xalqi asrlar davomida yosh avlodni hayotga tayyorlashda, ularnishaxs sifatida shakllantirishda qo’llagan usul va vositalari, o’ziga xos an‘analari, urfodatlari bolalarda mehnatsevarlik, insonparvarlik, jangovarlik, do’stlik, go’zalaxloqlilik kabi fazilatlarni shakllantirishda asosiy omildir.Oilada ota-onaning o’zaro ahilligi, ma‘naviy-axloqiy barkamolligi,mehnatsevarligi, xalqning tinchligi, osoyishtaligi uchun kurashi va yoshlarningaxloqiy pokligi uchun qilgan g’amxo’rligi ham bolalarda otaonalarga, jamoaahllariga hurmat-ehtirom hissini kuchaytiradi. Ularda vatan farovonligi, xalq baxtsaodati uchun kurashmoq, mehnat. qilmoq orzusi barqarorlashadi.Ularning ongida ota-ona va jamoa oldida javobgarlik hissi shakllanaboshlaydi.Oiladagi totuvlik, tarbiyada qo’llangan usul va vositalar natijasida bolalar onazamin va uning tabiati, tabiat hodisalari, odamlarning kundalik hayot tarzi, hayvonotva jonsiz olam haqida tasavvurga ega bo’ladilar. Shu bilan birga turli elat va xalqlarbirlik, do’stlik va samimiylikni ulug’lashni o’rganadilar, xalqning qahramonlik va mardlik haqidagi ideallari, sodiq do’st, vafoli yor, oqibatli jigar haqidagi orzu umidlarixalq og’zaki ijodiqahramonlari Alpomish, Barchinoy, Qorajon, Qaldirg’och,Qultoy va Yodgor timsolida tasvirlanadi. Xalq ularni dushmanlarga qarshi kurashdahar ishga qodir, jismoniy baquvvat, ma‘naviy yetuk qahramonlar qilib yaratdi. O’zbek xalqining yosh avlodni hayotga tayyorlashda qo’llagan vosita, tadbir,urf-odat va an‘analari, tarbiya haqidagi fikrlari, g’oya va hayotiy tajribalari, xalq vadonishmandlarning yoshlarni davr talablariga mos yetuk shaxs qilib tarbiyalashhaqidagi ta‘limotlari xalq og’zaki ijodida mujassamdir. Hali ommaviy maktablar urf bo’lmagan, pedagogika fan sifatidashakllanmagan davrdayoq, qabila a‘zolarining bolalarda mehnatsevarlik, jangovarlik,axloq-odob, do’stlik kabi xislatlarni shakllantirishga qaratilgan tarbiyaviy usullario’sha davrdagi hayotiy tajribaning mevasi sifatida ijtimoiy hayotga bog’liq holdashakllandi va rivojlandi.Xalqning milliy urf-odat va an‘analari, jamoa ahlining o’z-o’zini va ijtimoiyburchini anglashiga, shaxs sifatida shakllanishiga ijobiy ta‘sir etdi, ularning hayotkechirish, tinchlik uchun kurashish yo’l-yo’riqlarini bilib olishlarida asosiy omilbo’ldi.Jamoa a‘zolarining mehnati zamirida vujudga kelgan urf-odatlar, an‘analarjamiyat rivojiga, odamlar ongining o’sishiga ijobiy ta‘sir ko’rsatdi. Odamlar o’zmehnatlari, xatti-harakatlarini urf-odat va an‘analarga uyg’un holda davom ettiradi .Xalq o’z hayotiy tajribasida axloklilik bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasbetishini angladi va axloq qonun-qoidalarini yaratdi. Insoniylik mezoni axloqqonuniyatining asosi bo’ldi.Bola tug’ilgan kundan boshlab oila muxitida ota-onaning parvarishida o’sibulg’ayadi, atrof-muhitdagi voqealarni ko’radi, unda o’simlik, hayvonot, qushlarolami haqida tasavvur, ularga muhabbat, mexr shafqat hissi shakllanib, rivojlanaboshlaydi.Bolada mehnat faoliyati boshlanishi bilan odamlarga, o’z tengdoshlariganisbatan mexr-muruvvat ham shakllanib rivojlanadi. U mehr-muruvvatni odamlargafaqat moddiy emas, ma‘naviy jihatdan ham ko’rsatish mumkinliginianglaydi. Shu zaylda u, hamdardlik, saxovatlilik, rahmdillik, xushmuomalalik,insonparvarlik ekanligini tushunadi. Shunday xislatlarga ega bo’lganlar hayotda hurmatda bo’layotganiga ishonch hosil qiladi. Tabiat insonda estetik his etish va didni tarbiyalashda bitmastuganmas manbadir. Uning go’zalligi bolalar ma‘naviy dunyosining tarkib topishi va rivojidamuhim ahamiyat kasb etadi, go’zalligi bilan ularni o’ziga maftun etadi. Tabiat lavhalario’zining tabiiy go’zallik ko’rki, jamoli bilan ularda yorqin hissiyot uyg’otadi.
O`zbek xalq pedagogikasida bolalarning jismoniy tarbiyasi quyidagicha to`rt yo`nalishda davom etib kelganligidan dalolat beradi:
- Bolalarning sog‘lom bo`lib o`sishida, ota-ona va umuman keksa avlodning q‘amxo`r – tarbiyasi; Yoshlarning jismonan yetuk bo`lib o`sishiga yordam beradigan bolalar o`yinlari; - Ayrim sport vakillari tarbiyasi; - Harbiy sport va harbiy – jismoniy tarbiya.
Xalq ijodi materiallarida bolalarning sog‘lom o`sishlarida ota-ona va keksa avlodning g‘amxo`rligi va tarbiyasiga oid ma'lumotlar nisbatan kam uchrasa ham,xalq pedagogikasida bolalarning yoshlik xususiyatlariga mos keladigan tarbiyaviytadbirlar amalga oshirilib kelinganligi ma'lum. Ayniqsa, bolalarni o`z vaqtidaovqatlantirish, uxlatish, o`ynatish – kiyintirish, ozoda va toza yurish ham jismoniyrivojiga oid mashq malakalari, rasm, odatlar xalq pedagogikasida uzoq vaqtlardanbuyon davom etib keladi. Masalan, «Uch oq‘ayni botirlar» ertagida, keksa otao`g‘illarini safarga jo`natar ekan, bolalarga qarab: «o`zimdan keyin baxtsiz bo`libqolmanglar, deb sizlarni o`qitdim. Buning ustiga sizlarni uch narsa bilan tarbiyaqildim. Birinchidan, sog‘lom vujudli qilib tarbiyaladim – baquvvat bo`ldingizlar.Ikkinchidan yarog‘ bilan tanishtirdim – yarog‘ ishlatishga usta bo`ldingizlar.Uchinchidan – qo`rqitmay o`stirdim –qo`rqoq bo`lmay, botir bo`ldingizlar» debnasihatini davom ettiradi.Folklor materiallarining ko`rsatishicha, O`rta Osiyo xalqlari orasida tarqalganharbiy harbiy – jismoniy tarbiyaning mazmuni – sipohgorchilik, jangu-jadal,«hunarni» o`rganishga qaratilgan bo’lib ayniqsa, kurash tushish, ot chopish,tirondozlik, qilichbozlik, kamon bilan o`q otish, miltiq otish, nayza sanchish, suvdasuzish, gurzi urish kabi harbiy-jismoniy tarbiya – asosiy o`rinni egallar edi. Bujihatdan qaraganda, O`rta Osiyodagi qadimdan davom etib kelayotgan harbiy –jismoniy tarbiya juda ko`p jihatdan qadimgi Yunoniston – sport harbiy – jismoniytarbiyasi mazmunini aks ettiradi. Masalan, «Shaxzoda Asad», «Mamir bilan Samir»ertagida qadimgi davrlarda yoshlarga harbiy – jismoniy mashqlar o`rgatilganiko`rsatiladi.O`zbek xalq dostonlari qahramonlarining hammasi harbiy – jismoniy tarbiya olgan kishilar sifatida xarakterlanadi. Xalqimizning suyukli qahramoni – Go`ro`q‘li,Xasanxon, Avaz, Rustam, Ravshanxon, Erali, Sherali va boshqalar ana shularjumlasidandir.O`zbek xalq oq‘zaki ijodida ifodalangan yana bir muhim tomoni yuqoridagi kabi xalq farzandlarining jismoniy kamolotini ularning yuksak ma'naviy fazilatlaribilan birga tarannum etilishidir. Allomalar tarbiyada mehnatning afzalligi to`g‘risida. Mehnat tarbiyasining mazmuni.mehnat tarbiyasining usullari.Xalq pedagogikasida nafosattarbiyasi.Yoshlarni mehnatsevar qilib yetishtirishda eng ko`p qo`llaniladigan usullaridan biri ishontirish bo`lib, uni tadbiq qilishda ham xilma-xil vosita va shakllardan foydalanilgan. Ayniqsa, keksalar tomonidan mehnat va mehnat ahliniardoqlaydigan hamda ishyoqmas, dangasalarni aytib berish, ishontirish vositalaridanbiri bo`lib xizmat qilgan. Keksalarimizning yoshlar tomonidan mehnatni, jamiyattaraqqiyotidagi buyuk o`rinni anglab yetishlari, unga e'tiqod qo`yishi uchun aytibberadigan kichik va katta hajmdagi ertaklari ko`p bo`lgan. Masalan, «Kichikkelinning davlati», «Sirli tush» ertaklarini keltirish mumkin. Xalq pedagogikasida bolalarni mehnatga tayyorlash va mehnatsevar qilib tarbiyalashda o`git-nasihat, namuna ko`rsatish usullari ham katta o`rin tutadi.Respublikamizda yosh avlod tarbiyasi borasida muhim tadbirlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda musiqiy qadriyatlarni tiklash, ommaviy xalq musiqapedagogikasi namunalarini tahlil etish, buyuk donishmandlarning musiqiy, ma'rifiyijodini, nafis yodgorliklarini, o`rganadigan va amaliyotga tadbiq etish pedagogikmasalalardan biridir. Mustaqillik tufayli O’zbekistonda erkin va adolatli fuqarolik jamiyatini qaror toptirish ulug’vor maqsadlardan biriga aylandi. O’zbekiston Respublikasining Prezidenti I.A.Karimov o’z asarlarida oilaning shaxs kamolotini ta‘minlashdagi o’rni va roliga yuqori baho berar ekan, quyidagilarni qayd etadi: ―Oila turmush va vijdon qonunlari asosiga quriladi, o’zining ko’p asrlik mustahkam va ma‘naviy tayanchlariga ega bo’ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning
talab ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi. ...Bu esa oliy darajada ma‘naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir. Bu makonda erkinlik va qonunga bo’ysunish bir vaqtning o’zida amal qiladi. Unda jamiyatning har bir a‘zosi inson sifatida erkin va ozod bo’lishi, har bir fuqaroning o’zaro tengligi, fuqaro maqomidagi mustaqilligi kabi prinsiplar ustuvor ahamiyat kasb etadi. Demak, shu jihatdan olib qaraganda, oila ham fuqarolik jamiyatining uzviy tarkibiy qismi sanaladi, u ham muayyan ijtimoiy vazifani bajaradi.Ma‘lumki, jamiyatning birinchi va birlamchi bo’g’ini hisoblangan oila insonlarning turmush kechirish va hayot davomiyligini ta‘minlash tarzidir. ―Sharqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog’lom va mustahkam bo’lsa, mahallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla-yurt mustahkam bo’lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Zero, oila farovonligi-milliy farovonlik asosidir. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda 2014 yilni mamlakatimizda «Sog’lom bola yili» deb e‘lon qilinishi barcha yurtdoshlarimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi. Binobarin, Davlatimiz rahbarining bunday oqilona qarorga kelishi mustahkam asoslarga ega. Boisi, mustaqillikning dastlabki yillaridan yurtimizda natijada bugungi yosh avlod o’zining intellektual va jismoniy salohiyatlarini ishga slogan holda nufuzli olimpiadalarda, musobaqa va tanlovlarda zafar qozonib, yuksak marralarni qo’lgakiritmoqda.Holbuki, ayni paytda dunyoning qator rivojlanayotgan mamlakatlarida millionlab bolalar boshlang’ich ta‘lim olish baxtidan bebahra. Bu ham mayli, necha minglab bolalar urush, notinchlik va turli nizolar tufayli qochqinga aylangan, qo’liga qurol tutgan, o’lim va kasallik, ochlik va nochorlik xavfi ostida tahlikali hayot kechirmoqda.

Yüklə 59,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə