Pedagogika va psixologiya yo’nalishi


Oila – o’quvchi shaxsini shakllantirish zamini sifatida



Yüklə 59,5 Kb.
səhifə6/7
tarix04.06.2022
ölçüsü59,5 Kb.
#88829
1   2   3   4   5   6   7
durdona (2)

2.2.Oila – o’quvchi shaxsini shakllantirish zamini sifatida
Yurtboshimiz sog’lom bolaning dunyoga kelishi, baquvvat bo’lib o’sib ulg’ayishi ko’pgina talab va omillarga bog’liqligini ta‘kidlash barobarida o’ta muhim, hal qiluvchi mezonlarga alohida to’xtaldilar. Xususan, sog’lom bola tarbiyasida mahalla va ijtimoiy tuzilmalarnin o’rni katta ekanligini yana bir bor e‘tirof etdilar.Darhaqiqat, oila institutini yanada mustahkamlash, nikoh munosabatlarimadaniyatini oshirish, shu bilan birga, xotin-qizlar o’rtasida jinoyatchilik,shuningdek, qizlarni erta turmushga uzatish, oilaviy nizolar kabi salbiy holatlarining oldini olish masalalari o’zini o’zi boshqarish organlarining kundalik muhimvazifalariga aylangan. «Mahalla» xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan bu borada keng ko’lamli targ’ibot-tushuntirish ishlari olibborilmoqda.Oilaviy turmush inson hayotining eng muhim jihatlaridan biri hisoblanadi.Xuddi shu boisdan jamiyatning qonun qoidalariga nisbatan munosabat ham oiladagi shaxslararo turli tuman muammolalarda, muloqotda, fikr almashuvda, munozaralarda o’z ifodasini topadi, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash oilaning naqadar mustaxkam bo’lishiga, ota-ona munosabatlarida oliyjanob hislatlarini, bolada yuksak ma‘naviy hislarni shakllantirishga bog’liqdir. Yosh avlodni oilada komil inson qilib tarbiyalashdek yuksak va ma‘suliyatli vazifa otaonaga, oiladagi kattalarga yuklatilgandir. Darhaqiqat inson shaxsini shakllantirish oila muhitidan boshlanadi. Xususan oilada, bolada xarakter xususiyatlari, iroda sifatlari, milliy odatlar, fe‘l atrof, xulq, tevarak atrofga nisbatan munosabat, e‘tiqod va qarashlar vujudga keladi. Ana shulardan kelib chiqqan holda, oilaviy turmushda insonni kamol toptirish sharoitlari, faollik ko’rsatish imkoniyatlarini izchil o’rganmay turib, shaxsning xususiyatlari va keltirib chiqaruvchi omillar to’g’risida fikr yuritish mumkin emas. Oila murakkab ijtimoiy gurux bo’lib, biologik, ijtimoiy, axloqiy, idealogik va psixologik munosabatlarning uzviy birlashuvi natijasida vujudga keladi. Shu sababdan turmushdosh va oila-a‘zolarining o’zaro moddiymaishiy, iqtisodiy negizi o’zgarishiga bevosita bog’liqdir.Oilaviy turmush va oila a‘zolarining o’zaro muammolarini tadqiq qilgansotsiologlar 10-14 yoshdagi maktab o’quvchi o’qishga va mehnatga bo’lgan munosabatiga bevosita ta‘sir qiluvchi oilaviy muxit (vaziyat, sharoit) omillarini 4 guruxga ajratadi.1. Ota-onalarning jamoat faoliyati (ularning siyosiy pozitsiyalari, ishga
nisbatan munosabatlari).2. Oila davrasidagi munosabatlar (ota-onalarning o’quvchilarga munosabati,aka-ukalar va opa-singillarning o’zaro munosabatlari).3. Ota-onalarning tarbiyaviy pedagogik faoliyati (ularning pedagogik qiziqishlari, maktab bilan hamkorliklari, o’quvchilarga dars tayyorlash negizida ota-onalarning yordami, ularning tarbiyaviy metodlari).ijobiy; o’zgaruvchan; salbiy.
Psixolog V.I.Selivanov oilada shaxsni shakllantirish jarayonini o’rganib,
baxtli bolalik – bu oiladagi quvonchli ham jihatlikning hamda ota-onalarninga o’zbolalariga g’amxo’rligining samarasidir degan xulosaga keladi. Agar oilalarning yo’nalishiga qarab uch toifaga mansub ekanligini ko’rsatib beradi: ijtimoiy; progressiv taraqqiyparvar yo’nalishdagi oila;past darajadagi ijtimoiy yo’nalishga mansub oila. Birinchi toifaga xos bo’lgan oilalar mamlakatimiz oilalarning ko’pchilik qismini tashkil qiladi. Bunday oilalarda shaxslararo munosabatlar milliy, umumbashariy, xaqchil tamoyillardan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi, shuningdek, har tomonlama kamol topgan shaxsning ijtimoiy ideali nazarida tutiladi. Ijtimoiy-progressiv yo’nalishidagi oilalarning voyaga yetgan a‘zolari ishlab chiqarishda, korxonada, jamoat yoshlarida faol ishtirok etadilar, ilg’or madaniyatga nisbatan qiziqishlarini namoyish qiladilar, shuning bilan birga bu narsalarga o’z farzandlarida ham havas o’yg’otadilar.
Xususan, O’zbekiston Xotin-qizlar qo’mitasi, «Kamolot» YoIH, Oliy va o’rta maxsus ta‘lim, sog’liqni saqlash, xalq ta‘limi vazirliklari, Respublika Ma‘naviyat targ’ibot markazi, Din ishlari bo’yicha qo’mita, O’zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda 2012-2013 yillarga mo’ljallangan kompleks chora-tadbirlar Dasturi asosida mahallalarda 35 mingdan ortiq targ’ibot tushuntirish tadbirlari tashkil etildi. O’zbekistonning kelajagi buyuk ekaniga qat‘iy ishonch bilan yashayotgan xalqimizning orzusi bu. Prezidentimiz ta‘kidlaganidek nimaniki o’z oldimizga maqsad qilib qo’ymaylik, qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga intilmaylik, barcha olijanob harakatlarimizning negizida, barcha ezgu niyatlarimizning zamiridaro’yobga chiqarish borasida ulkan ishlar amalga oshirildi. Uzluksiz ta‘limning ―o’zbek modeli sifatida e‘tirof etilgan va bugun o’z samarasini berayotgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi o’z vaqtida uzoqni ko’zlab boshlagan olamshumul ishlarimizning asosi bo’lib xizmat qilmoqda.Barkamol avlod deganda avvalo sog’lom naslni tushunamiz. Shu bois o’tgan yillar mobaynida yoshlarimizda nafaqat yuksak intellektual salohiyat, mustaqil fikr, keng dunyoqarashni shakllantirishga, balki ularni jismonan chiniqtirishga, ommaviy sportni rivojlantirishga, mamlakatimizning barcha hududlarida, xususan, chekka qishloqlarida ham zamonaviy sport majmualari bunyod etishga alohida e‘tibor qaratildi. — 2014 yilning «Sog’lom bola yili» deb e‘lon qilinishi mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylangan «Sog’lom ona — sog’lom bola» tamoyilini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqishiga ishonaman. Davlatimiz rahbari o’z ma‘ruzasida sog’lom bolani tarbiyalashda sog’liqni saqlash tizimining o’rni, ta‘siri va mas‘uliyati katta ekanligini alohida ta‘kidladi. Biz shifokorlar bundan o’zimizga tegishli xulosalar chiqarib olishimiz zarur. O’sib kelayotgan bolaning sog’lom voyaga yetishida oilaviy muhit muhim o’rin tutadi. Ota-ona bo’lganimiz uchun aqlan, jismonan, ma‘nan yetuk bolatarbiyalashni juda-juda istaymiz. Ba‘zida farzandimizning faqat o’qishiga asosiye‘tiborni qaratamiz. Kun tartibi dars qilish va kitob o’qishdan iborat bo’lib qoladi. Bunday holatda o’sgan bola jismoniy jihatdan baquvvat bo’lmaydi. Har bir xonadonda oila a‘zolari ertalabki jismoniy tarbiyani yo’lga qo’yishi muhim ahamiyatga ega. Ma‘lumki, bola maktabga kelgunga qadar ham, maktabda o’qish davrida ham, asosan oilada tarbialanadi. Oila davlatning asosiy kurtagi sifatida Bolalarning dunyoqarashi, xulqi va didiga ta‘sir ko’rsatishi tabbiy holdir. sharoitda kishining mavjud bilimi, kasb-hunari, malakalari kamlik qilib qolmoqda. Eng avvalo, insonlarda oilada tarkib topgan did,farosat, aql, odob, emotsional madaniyatga muhtojlik sezilmoqda. Tabiiyki,bunday sifatlarga oilaviy tarbiya orqali asos solinadi, kamol toptiriladi. To’g’ri, bunda ijtimoiy tarbiatning o’rnini inkor etib bo’lmaydi. Ona shu nuqtai nazardan ularning birligiga, o’zaro hamkorliklariga asoslansak, barkamol inson tarbiyasida muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. Oilaviy tarbiya pedagogika fanida murakkab muammolardan biridir. Uning murakkabligi shundaki, har bir oila o’ziga xos ibtidoiy guruh bo’lib, tarbiyada faqat mazkur guruhga xos xususiyatlarga asoslanadi.Ta‘kidlaganimizdek, oilaviy tarbiyani ijtimoiy tarbiya bilan almashtirish bolalar kamolotiga salbiy ta‘sir ko’rsatadi. Masalan, yasli, bog’chalarga bormay faqat oilada o’sgan va voyaga yetgan bolalar maktabga borganlarida o’z tengqurlari ichida ko’p jihatlari bilan ajralib turadi. Oilaning bolalarga moddiy va ma‘naviy g’amxo’rligini, ko’rsataetgan tarbiasini yasli, bog’cha tarbiasi bilan Ikki, aksincha, yasli bog’cha tarbiasini oilaviy tarbia bilan almashtirib bo’lmaydi. Faqat o’zaro hamkorlik masalani ijobiy hal etish imkoniyatini beradi. Lekin o’zining xususiyatlari va takrorlanmas ta‘siri bilan oila Bola tarbiyasida muhim omilligicha qoladi. Amaliyotda kuzatganimizdek, Bolada ota-onasining mehri, erkalashlari asosida ota-onalariga, qarindosh-urug’lariga bo’lgan hissiyotlari shakllanadi. Bolaning otasiga bo’lgan hurmati onaning hurmatini joyiga qo’yishda asos bo’ladi. Onaga bo’lgan mehr-muhabbat oqibat natijada o’z oilasiga, xotini farzandlariga bo’lgan munosabatlarda o’z aksini topadi. Ikkinchi tomondan Bolalar ham o’z ota-onalariga ta‘sir ko’rsatadilar. Oilaviy aloqalarni oilaviy qiziqish, ma‘naviy qoniqish hislatlarinitakomillashiga sabab bo’ladilar.Ota-onalarning o’ziga va bolalariga bo’lgan talabchanligi, katta va kichiklarning o’zaro munosabatlari, do’stona muhit, ishonch va birlarinitushunish oila, maktab va jamoatchilikning bolalar tarbiasi yuzasidan olib boriladigan muhim omillaridan biridir. Bunday birlikning ro’yobga chiqishida, eng avvalo, ota-onalarning siyosiy ongliligi muhim to’l. Bunday holatlar ota-onalarning pedagogika, psixologiya sohasidagi bilimlar bilan qurollanishiga va maktab bilan hamkorlikda Bolalar tarbiyasini yaxshilash imkoniyatlarini yaratadi. Ota-onalarning bilim saviyasi, umumiy tarbiyaga oid madaniyati, ijtimoiy intilishlari va talablari, bolalar tarbiyasiga nisbatan turlicha munosabatlari, shakllangan hayotiy tajribalari, tarbiya va ijtimoiy taraqqiyot natijasida hosil qilgan ishonch va e‘tiqodlari, oiladagi o’ziga xoslik .Bolalar tarbiyasiga salmoqli ta‘sir ko’rsatadi.Oilaviy tarbiya ijtimoiy tarbiya bilan uzviy aloqada bo’lsagina o’sib kelayotgan yosh avlod farovonligini ta‘minlash mumkin. U yoki bunisining yo’qligi tarbiyaviy jarayonga salbiy ta‘sir ko’rsatadi. Respublikamizda ayni hozirgi kunda oilalarning ijtimoiy ahamiyati ortib bormoqda. Oilalarning moddiy ehtiyojlarini to’laroq qondirish asosida bolalar tarbiyasi uchun javobgarlikni kuchaytirish jarayoni tezlashmoqda. Biz uchun oila mustahkamligini ta‘minlovchi axloqiy ruhiy aloqalar juda muhimdir. Xuddi ana shu aloqadorlik oilaviy munosabatlar, to’laqonli hissiyot emotsional, otalik yoki onalik, oilaviy baxtni ta‘minlash ehtiyojlarini qondiradi. Ota-onalarga pedagogik bilim berish, oilaviy tarbiya bo’yicha tajribaalmashishi, ota va onalarni tarbiya ishlariga qizg’in jalb qilish uchun ularni maktabga, mahalla qo’mitalariga taklif etish maqsadga muvofiqdir. Ota-onalarning bu boradagi eng muhim vazifalari bolalari kamolotini oldindan tasavvur eta olishlari, tarbiya maqsadini aniqlashlaridir. Qo’yilgan maqsadni amalga oshirish faoliyatni mohirlik bilan tashkil etishga bog’liq. Buning uchun -a) Bolalarning hayoti va mashgulotini to’g’ri tashkil etish (rejim, o’yin,mehnat, uydagi o’quv ishlari, sport va shunga o’xshash) b) O’zining shaxsiy faoliyati va dam olishini tashkil etish (ishda, uyxo’jaligida, bolalarni parvarishlashda, o’qishda, dam olishda, yosh avlod tarbiyasi yuzasidan jamoat ishlarida va hokazo). Biroq, bu yo’lda bir qancha qiyinchiliklar mavjud. Birinchi qiyinchilik shundan iboratki, ilg’or oilalar ham tarbiyaning maqsadini va o’z mas‘uliyatlarini yaxshi bilsalar ham tarbiya uslublari, usul va vositalarini aniq qo’llay olmaydilar. yordamchi usul sifatida qo’llaniladi. Yosh avlod tarbiyasining muvaffaqiyati biron-bir alohida olingan usullarga emas, balki o’ylab va yaxshi tashkil etilgan uslublar tizimiga bog’liqdir. Oilada qo’llanilgan u yoki bu usullar haqida gap ketganda, shuni esda saqlash lozimki, agar oilaning hayot tarzi, turmushi va axloqiga monand usullar tanlansa, tarbiyaviy samaradorlik oshishi yoki mos kelmasa, aksincha bo’lishi hayotda ko’plab kuzatilgan.Insoniyat tarixida oilaning paydo bo’lishi, shakllanishi va rivojlanishi tarixi,uning etnopedagogikasi va etnopsixologiyasi - mohiyatini davr talabi nuqtai nazaridan chuqur o’rganish, ilg’or g’oyalarni amaliyotga tadbiq etish oila farovonligi va barqarorligini ta‘minlash uchun zamindir. Shuningdek, xalqaro hamkorlik asosida umumjahon ilg’or tajribalardan o’zbek oilasi mentalitetiga mos foydalanish o’zbekiston oilasini jahonga namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Oilada ma‘naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, ularni zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish bilan bir qatorda, xalqimizning asrlar davomida shakllanib kelgan kasb-hunar, qadriyatlarga hurmat va e‘zozni shakllantirish oilaning iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini himoya qilishda muhim omil hisoblanadi. Jamiyatning asosiy tayanchi hisoblanmish oila barqarorligi, farovonligi, tinch-totuvligi va mustakamligini ta‘minlash bilan bog’liq masalalarni hal etishda jamiyatning ushbu masalagadaxldor barcha institutlarning hamkorligini ta‘minlash oilamanfaatlarini ta‘minlashda ijobiy samaralar garovidir.Oila o’quv-tarbiya jarayonini qayta qurishda maktabga yaqindan yordamberib, o’quvchilarning ta‘lim-tarbiyaning barcha jabhalarini egallashlari uchun maktab jamoasiga yaqindan ko’maklashadi

Xulosa

Adabiyotlar tahlili va o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga asoslangan


holda ko‘pchilik o‘quvchilarda xavotirlanish xolati kuzatilib, bu holat ularning o‘z-o‘ziga beradigan baholari. SHaxslararo munosabatlari . ushbu munosabatlarga bo‘lgan extiyojlarning frustratsiyalashuvi , psixik sog‘lomlik xolati , hamda individual psixologik xususiyatlari bilan ham bog‘liq degan fikrga kelish mumkin. quyidagi xulosalarga keldik:Bu jarayonni o‘rganib chiqish orqali biz- O‘quvchilik davridagi eng asosiy ehtiyojlardan biri bo‘lgan ijtimoiy aloqalarning yetarli emasligi va ushbu ijtimoiy extiyojlarning qonidirilmagnaligi, o‘quvchi ichki dunyosini tushunmaslik, o‘quvchining mustaqilligini cheklab qo‘yish o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonch hissining susayishi, o‘quvchining kamsitilishi . uning fikrlari bilan xisoblashmaslik . xavotirlanish darajasini o‘sishi va boshqa xalqiy og‘ishlarga sabab bo‘lishi mumkin; Reaktiv xavotirlanish kuchlanish, notinchlik, asabiylik bilan tavsiflanadi. Juda yuqori reaktiv xavotirlanish diqqatning, ba’zan aniq koordinatsiyaning buzilishini keltirib chiqaradi. SHaxs xavotirlanishi keng doiradagi vaziyatlarni xavf sifatida idrok etish, bu vaziyatlarga xavotirlanish holati bilan javob berishga barqaror moyillikni tavsiflaydi. Juda yuqori shaxs xavotirlanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri nevrotik nizolar, emotsional va asabiy qo‘zg‘alishlar, psixosomatik kasalliklar bilan korrelyasiyali aloqadorlikdadir .Xavotirlanishni shaxs xususiyati sifatida baholash juda ham muhim. CHunki, aynan mana shu sifat ko‘p hollarda individ xulq-atvorini belgilaydi. Xavotirlanish darajasining ma’lum darajasi – bu shaxs faol faoliyatining tabiiy
va majburiy xususiyatidir. Har bir shaxsning foydali xavotirlanish deb
nomlanuvchi o‘z optimal yoki istalgan xavotirlanish darajasi mavjuddir. Insoning o‘z holatini baholashi uning uchun o‘zini nazorat qilishi va o‘zini tarbiyalashining ahamiyatli tarkibiy qismi hisoblanadi. Inson xavotirlanish holatini ham shaxs xususiyati, ham holati sifatida differensiatsiyalashtirgan holda baholash imkonini beruvchi yagona metodika CH.D.Spilberger tomonidan ishlab chiqilgan va keyinchalik YU.L.Xanin tomonidan muvaffaqiyatli moslashtirilgan metodikadir.Ushbu metodika xavotirlanish darajasining o‘smir va katta yoshdagi
shaxslarda namoyon bo‘lishini tadqiq etishga mo‘ljallangan bo‘lib, bu o‘smirlar suitsidal xulqini inobatga olganda juda ham muhim hisoblanadi. O’zbekistonning kelajagi buyuk ekaniga qat‘iy ishonch bilan yashayotgan xalqimizning orzusi bu. Prezidentimiz ta‘kidlaganidek, nimaniki o’z oldimizga maqsad qilib qo’ymaylik, qanday buyuk ishlarni amalga oshirishga intilmaylik, barcha olijanob harakatlarimizning negizida, barcha ezgu niyatlarimizning zamirida farzandlarimizni ham jismonan, ham ma‘naviy jihatdan sog’lom qilib o’stirish, ularning baxtu saodati, farovon kelajagini ko’rish, dunyoda hech kimdan kam bo’lmaydigan avlodni tarbiyalash orzusi mujassamdir .Ijtimoiy munosabatlardagi faollik bloki. Ushbu blokning maqsadi
o‘quvchilarning turli ijtimoiy muhitlarda o‘zaro ta’sirga kirishishi muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlash, o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadiga erishish va jamiyatda shaxslararo munosabatga kirishishning samarali va mahsuldor usullarini topa olish malakasini shakllantirishdan iborat. Ijtimoiy munosabatlardagi faollik bloki. Ushbu blokning maqsadi o‘quvchilarning turli ijtimoiy muhitlarda o‘zaro ta’sirga kirishishi muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlash, o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadiga erishish va jamiyatda shaxslararo munosabatga kirishishning samarali va mahsuldor usullarini topa olish malakasini shakllantirishdan iborat. Respublikamizda yosh avlod tarbiyasi borasida muhim tadbirlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda musiqiy qadriyatlarni tiklash, ommaviy xalq musiqa pedagogikasi namunalarini tahlil etish, buyuk donishmandlarning musiqiy, ma'rifiy ijodini, nafis yodgorliklarini, o`rganadigan va amaliyotga tadbiq etish pedagogik
masalalardan biridir Darhaqiqat, oila institutini yanada mustahkamlash, nikoh munosabatlari madaniyatini oshirish, shu bilan birga, xotin-qizlar o’rtasida jinoyatchilik, shuningdek, qizlarni erta turmushga uzatish, oilaviy nizolar kabi salbiy holatlariningoldini olish masalalari o’zini o’zi boshqarish organlarining kundalik muhim vazifalariga aylangan. «Mahalla» xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan bu borada keng ko’lamli targ’ibot-tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimda 2014 yilni mamlakatimizda «Sog’lom bola yili» deb e‘lon qilinishi barcha yurtdoshlarimiz tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi.Zotan fuqarolik jamiyati ulkan ijtimoiy makondir. Bu makonda erkinlik va qonunga bo’ysunish bir vaqtning o’zida amal qiladi. Unda jamiyatning har bir a‘zosi inson sifatida erkin va ozod bo’lishi, har bir fuqaroning o’zaro tengligi, fuqaro maqomidagi mustaqilligi kabi prinsiplar ustuvor ahamiyat kasb etadi. Demak, shu jihatdan olib qaraganda, oila ham fuqarolik jamiyatining uzviy tarkibiy qismi sanaladi, u ham muayyan ijtimoiy vazifani bajaradi.O‘smirlik davri o‘z xususiyatiga ko‘ra emotsional beqarorlik davri bo‘lganligi sababli bu davrdagi o‘zgarishlarning klinik formalari turli xil xususiyat kasb etadi. Biz o‘z kurs ishimizni bajarish jarayonida o‘smirlarda ish va xavotirlanish kabi holatlarning kelib chiqish sabablarini va psixologik xususiyatlarini o‘rgandik .
Adabiyotlar tahlili va o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga asoslangan
holda ko‘pchilik o‘smirlarda xavotirlanish xolati kuzatilib, bu holat ularning o‘z-o‘ziga beradigan baholari. SHaxslararo munosabatlari . ushbumunosabatlarga bo‘lgan extiyojlarning frustratsiyalashuvi , psixik sog‘lomlik xolati , hamda individual psixologik xususiyatlari bilan ham bog‘liq degan fikrga- O‘smirlik davridagi eng asosiy ehtiyojlardan biri bo‘lgan ijtimoiy aloqalarning etarli emasligi va ushbu ijtimoiy extiyojlarning qonidirilmagnaligi, o‘smir ichki dunyosini tushunmaslik, o‘smirning mustaqilligini cheklab qo‘yish o‘z-o‘ziga bo‘lgan ishonch hissining susayishi, o‘smirning kamsitilishi . uning fikrlari bilan xisoblashmaslik . xavotirlanish darajasini o‘sishi va boshqa xalqiy og‘ishlarga sabab bo‘lishi mumkin;
- shaxsda muloqotchanlikning etarli darajada rivojlanmaganligi
- faoliyatdagi muvaffaqiyatsizlik va omadsizliklar shaxsda xavotirlanish
-o‘z-o‘zini anglashdagi nuqsonlar bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
- ta’lim jarayonida o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini to‘la namoyon qila olmaslik
ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi;
- bu holat o‘smirlarda o‘z bilimidan shubha qilish, olayotgan bahosiga mos bilimga ega emaslik va buni o‘qituvchi hamda boshqa o‘quvchilar tomonidan fosh etilishidan qo‘rqish hissini vujudga keltiradi. Ushbu muammoni hal etish uchun o‘z vaqtida psixoprofilaktik, reabilitatsion va psixokorreksion ishlar olib borilmasa, namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra turlicha bo‘lgan xulqiy og‘ishlarga turli psixik buzilishlarga, nevrozga va hatto suitsidal holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Yüklə 59,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə