Reja: Muvaffaqiyat o’zi nima? U insonda qanday shakillanadi?



Yüklə 19,98 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü19,98 Kb.
#137936
BOLALARDA MUVAFFAQIYATGA ERISHISH KO


BOLALARDA MUVAFFAQIYATGA ERISHISH KO’NIKMASINI SHAKILLANTIRISH.
Reja:
1.Muvaffaqiyat o’zi nima? U insonda qanday shakillanadi?
2.Bolalar muvaffaqiyatga erishishi uchun biz nimalar qilishimiz kerak.
3.Muvaffaqiyatning asosiy omili. Nazariy hulosa.

Muvaffaqiyat nima? Unga qanday erishiladi? Ushbu savollar har bir insonda rivojlanish bosqichlaridan o’tayotgan vaqtida paydo bo’ladi.


Muvaffaqiyat? Xa buni biz tez-tez eshtamiz. Asosan barcha istagan narsa bu-muvaffaqiyat. Muvaffaqiyatning yagona o’lchovi va hayotda qanday muvaffaqiyatli bo’lish mumkin degan savolga birgina aniq javob mavjud emas. “Eng muhimi_ muvaffaqiyatga erishish uchun nimadir qilish va bunga hoziroq kirishish. Juda oddiy bo’lishiga qaramasdan, muvaffaqiyatning eng asosiy sir-sanoati shu. Ajoyib-g’aroyib g’oyalar har kimda bor, biroq uni hayotda tatbiq etayotganlar, ayniqsa, ayni damda shu ish bilan shug’ullanayotganlar juda kam. Ertaga yoki keying hafta emas, hoziroq ishga kirishish kerak” deb takidaydi Mishel De Monten. Darhaqiqat ushbu fikr muvaffaqiyatning yaqqol misoli bo’la oladi. Mishelning fikrlarini muvaffaqiyatga erishishning kirish qismi deya olamiz. Sababi , haqiqatdan ham muvaffaqiyatga erishish uchun , avvalo, ilk qadamni bosish kerak va buni ertaga yoki indinga emas bugun qilishimiz kerak.Biz insonlarga o’ylash, fikrlash, orzu qilish va harakat orqali maqsadga yetish imkonyatini berilgan. Muvaffaqiyatga erishish har bir insonning o’z qo’lida. Siz biror ishga kirishmoqchimisz albatta harakatdan to’xtamaslik kerak. Biroq ko’pchiligimiz buni tez xohlaymiz. Yeqilganimizda esa tezda tushkunlikka tushib qolamiz. Lekin inson birdaniga tog’ning uchiga chiqib qolmaydi-ku! Yo’lda yiqilishlar, noto’g’ri yo’llar va istiroblar bo’ladi.Chunki muvaffaqiyat katta qiyinchiliklarsiz va xatolarsiz bo’lmagan. Endi esa muvaffaqiyat insonda qanday shakillanishi tog’risida gaplashsak, Muvaffaqiyatga erishish nimgadir bog’liq emas, muvaffaqiyat nimalardir bilan o’lchanmaydi. Toki siz muvaffaqiyatni hohlar ekansiz unga qanday erish haqida o’ylaysiz. Maktab tizimi sizni ishchi, shifokor, yoki huquqshunos ummuman o’z ishini mutaxasisi bo’lishga o’rgatadi va u shunday tuzilgan. Mana shuni anglab yetsangizgina siz olg’a yurayotgan bo’lasiz. Biror biznes yoki marketing sohasida ilgarilashni hohlaysizmi unda ushbu meyyorlarga amal qilishingiz kerak. Aksariyat yetuk insonlarning hayoti va karearasi shuni ko’rsatmoqdaki, muvaffaqiyatning asosiy kaliti- bu vaqtni to’g’ri taqsimlash deymiz. “Nima uchun ba’zi odamlar jahonga mashhur ishbilarmon va dunyoni o’zgartirishga qodir yetakchiga aylanadi-yu, boshqalar esa shuncha mehnat qilishiga qaramay, bir nuqtadan siljiy olmaydi? Buning sababi ko’pincha e’tibordan chetda qoladi” deyiladi “World Economic Forum”da.
“Eng yaxshi daromad bilimga kiritilgan sarmoyalardir” millionlab ishchilarga ega kampaniyalar rahbarlariga bir qaraylik. Ular oddiy insonlardan ancha farq qilishadi. Oddiy insonlar ularga o’xshash uchun ishlash kerak, butun e’tiborni ishga qaratish kerak, shaxsiy hayotni bir chetga surib qo’yish kerak deb hisoblashadi. Aslida, bu ummuman noto’g’ri fikr. Sababi, ular hech qachon hayotiy faoliyatlarini unutib qo’yishmagan. Ko’plab vaqtlarni kitob o’qishga yoki hayotiy faoliyatlarga sarflashar edi. Ish sizning hayotingiz mazmuni bo’lib qolmasin. Masalan, Uorren Baffert yuz minglab xodimga ega kompanyaga egalik qilishaga qaramasdan, hayotini to’liq ishga bag’ishlamagan. Milliarderning so’zlariga ko’ra, u ish vaqtining 80 foizini kitob mutolaasi va fikr yuritishga sarflaydi. Bunga sarflagan vaqt to’g’ri qarorlar va biznesni muvaffaqiyatli yuritish uchun zarur bo’lgan bilimlar bilan ta’minlaydi. Mana shundan kelib chiqadiki mutolaa muvaffaqiyatning bir qismi deb hisoblasak mubolag’a bo’lmaydi. Keling sizga ushbu gapimni isboti bilan ko’rsatib bersam:
Bill Geyts
Ishbilarmon, jamoat arbobi, Microsoft asoschisi.
Geyts yiliga 50 ta kitob o’qiydi. Uning so’zlariga ko’ra, garchi jahon bo’ylab ko’p sayohat qilib, qiziqarli insonlar bilan juda ko’p uchrashsa ham, mutolaa hamon qandaydir yangi narsa o’rganish va o’z nigohimi kengaytirish uchun asosiy vositaligicha qolmoqda. Safarga chiqqanida u hamisha o’zi bilan kitob oladi. Manashu sababdan ham u butun jahonga mashxur shahs bo’lib yetishgan.
Ilon Mask
Ishbilarmon, ixtirochi va sarmoyador hamda Tesla kampanyasi asoschisi.
Raketalar yasash uchun narxlar juda baland edi, shu sababli Maskning o’zi mustaqil ravishda ularni yasashni o’rganishga qaror qiladi. Buning uchun, albatta, ko’p kitob o’qigan. U muayyan maqsadga yetishishga intilib, mu’ayyan bilimlar olishning uddasidan chiqadi va o’zi istagan narsaga erishmaguncha to’xtamaydi.
Mana ko’ryabsizmi dunyo tanigan insonlarga muvaffaqiyatga erish uchun nimalar yordam bergan. Ularning hayotidan o’rnak olaylik.
Muvaffaqiyatsizlikka uchramaslik uchun maqsadlar aniq va shaxs imkonyatlari darajasida bo’lishi lozim. Har qanday ishda mas’uliyat va mas’ullik bo’lish kerak. Hayotda muvaffaqiyatga erishgan va ijobiy fikrli kishilar yonida bo’lishga intilish lozim. Zero, bunday kishilar sizga yordam berishdan qo’rqmaydi.
Endi esa, bolalarda muvaffaqiyatga erishish ko’nikmasini shakillantirish haqida gaplashaylik. Insonning uch dushmani bor-bu qo’rquv, ikkilanish va xavotir. Bu uchovlon muvaffaqiyatsizlik omillaridir. Qo’rquvni yenga olgan, o’z kuchiga ishongan ikkilanmagan kishinigina g’alaba kutadi. Bolalarni ushbu uch dushmanga qarshi tura oladigan qilib shakillantirish kerak ekan. Toki bolalarni muvaffaquyatga erishini hohlar ekanmiz bunga erishishlari haqda o’ylaymiz. Bolalar kelajagi ular gapirayotgan gaplariga bog’liq. Ularning gaplarida kelajak aks etadi va u haqiqatga aylanadi. Ular “men buni qila olmayman” va “ bu mening qo’limdan kelmaydi” deyishadi va shu zahoti taslim bo’lishadi. Ular aytganidek qolishadi. Muvaffaqiyatsiz inson nima deydi “yo’q men bularni qila olmayman” mana nima uchun ular muvaffaqiyatsiz. Muvaffaqiyatsiz inson “ men buni qila olmayman, bu meni qo’limdan kelmaydi, menda bunga vaqt yo’q” deyishadi. Ular o’zlaridan qochishadi bu yopiq halqa . “men buni qila olmayman” deyish juda osson, ammo, muvaffaqiyat qiyinchilik ortidandir. Muvaffaqiyatli inson esa “men buni qila olmayman” deyish o’rniga “buni qanday qilsam ekan?” “nima qilsan qo’limdan keladi?” degan fikrlarni yuritadi. Savol bu bizning taffakurimizni ochadi fikr esa uni yopadi. Shuning uchun “bu mening qo’limdan kelmaydi” desangiz sizning tafakkuringiz yopiladi va shunday qoladi. Muvaffaqiyatsizlik aslida nasildan-nasilga o’tadi. Chunki biz bolalarga o’zimizdan borinigina o’rgatamiz. Fikrimizni o’zgartirmas ekanmiz bizga muvaffaqiyatga erishish uchun hech narsa yordam bermaydi. Avvalambor, fikrlarni tog’ri yo’naltirishni o’rganaylik. Bolalarga ham shuni o’rgataylik. Biror ish qilishni hohlashganda ularga “bu seni qo’lingdan kelmaydi”, “ bu ish qiyin” deyish o’rniga ularni qo’llab quvvatlaylik. Mayli, shu ish ularning qo’lidan kelmasin, muvaffaqiyatsizlikka uchrashsin lekin umidsizlikka tushib, umidlaridan vos kechib to’xtab qolishmasin. Axir har bir muvaffaqiyat ortida minglab movaffaqiyatsizliklar turadi. Ularni ruhlantiraylik, bugun qila olishmadimi ertaga udalashlarini aytaylik. Nima uchun bolalarda muvaffaqiyatga erishish shakillanmaydi buni sababini bilaszmi? Chunki bolalarni biz shu ahvolga solamiz. Maktabda ular qilgan hatolari uchun ularni jazolaymiz va ular hato qilishdan qo’rqa boshlashadi. Shu sababdan biror ishga qo’l urushdan oldin ular ko’p to’xtashadi, o’ylashadi, qo’llaridan kelmasligiga ishonishadi va hatto muvaffaqiyatga erishish mumkin bo’lgan ishdan ham vos kechishadi. Mana asl sabab nimada-qo’rquvda. Bolalarda ishonchni, muvaffaqiyatli inson kabi fiklashni shakillantirishimiz kerak. Muvaffaqiyatsiz inson kabi fikrlashda davom etishar ekan bolalar hech qachon muvaffaqiyatga erisha olishmaydi.
Mana sportchilarni olaylik ular millionlab pul topishadi, ammo, ularning 65 foizi 5 yilda bankrotga uchraydi. Buning sababi esa afsuski ularning kambag’al oilalardan chiqanligida. Janob Lipton aytganidek “muvaffaqiyatsizlik nasldan-naslga o’tadi” afus bu fikr har qanday zamon har qanday davrda o’z tasdiqini topib kelgan. Bu ayanchli narsa. Agar siz buni o’rganishni hohlamasangiz, men sizga yordam bera olmayman. Men ham chorasiz edim, inqirozlarga chidadim, yeqilishlardan qayta turdim, men o’zimni tez o’ngladim. Menda boshqa fikr bor hato qilishdan qo’rqadigan odamlar hech qachon o’smaydi. Bunga sabab, dunyo haqida noto’g’ri tushuncha. Tushuncha yaxshi ham, yomon ham bo’la oladi, to’g’ri yoki noto’g’ri qaror kabi, u ham parvoz, ham qulash. Ko’p odamlar esa faqat to’g’risini qilishni hohlaydi. Ular xato qilishni hohlashmaydi, ular har doim ishonchi komil bo’lishini istaydi va bu muvaffaqiyatsiz insonlar muvaffaqiyatsiz bo’lishlarini sababi, ular xato qilishmagan. Ular juda ehtiyotkor yashashadi va adashmaslikka intilishadi chunki ularni biz shunga o’rgatganmiz. Bu esa, shuni anglatadiki ularga hech narsani o’rgatamiz, bizning muvaffaqiyat tizimimiz yaxshi ishlamayabdi. Eng oddiy misol maktabda 5 bahoga o’qigan bola “men a’lochiman, bu mening uchun osson” deb o’ylaydi, katta hayotga qadam qo’yganda esa, oyog’idan chalinadi va u “bu adolatdan emas, hayot aldamchi” deb tushkunlikka tushadi. Lekin bilasizmi ular bunga tayyor emasdi biz ularga noto’g’ri o’rgatyabmiz. Odamlar men hech qachon muvaffaqiyatga erisha olmayman desa erisha olishmaydi. Gaplari haqiqatga aylanadi va meni eng hayron qoldiradigani bularning asosiy sababi ularning fikrida ekanligi. Enshteyn aytganidek “tassavur bilimdan kuchliroq. Siz bilimda cheklangansiz, tasavvurda esa yo’q”. Lekin bilim sizning tassavurlaringizni kengaytiradi. Aksariyat, odamlarga yetmayotgan asosiy narsa taffakurni tog’ri shakillantirish. Mana shu orqali ularni muvaffaqiyatga erisha olishi mumkin. Bularni hamma bilishi kerak, afsuski, biz maktabda ularga buni o’rgatmaymiz. Maktabdagi o’qtuvchilarning aksaryati o’z kasbining mutaxasisi emas. Ular amalda o’zlari sinab ko’rmagan yo’llarni o’rgatishadi. Men ularni soxta o’qtuvchilar deb atayman, bu o’qtuvchi shunchaki pul uchun ishlayotgan odam. Ular bolalarni qanday qulay bo’lsa shunday o’qitishadi. Ular aslida sizda nimani shakillantirayotganini o’zlari bilmaydi. Men sizlarga maslahat beradigan eng asosiy narsalardan biri bu haqiqiy o’qituvchi bo’lish, soxta emas, soxta o’qtuvchi o’zi o’rgatayotgan narsani o’zi qilmaydi, haqiqiysi esa uni har kun bajaradi. Shu sababdan ham o’quvchilarga muvaffaqiyatga erishishni o’rgatmoqchimisiz, avvalo, o’zingiz unga erishing. Maktab o’qtuvchilari o’zlarining tamoyillariga zid narsani muhokama qilib o’tirmaydi va maktab doirasidan chiqmaslikka harakat qiladi. Biz o’z odatlarimizga asr bo’lganmiz va toki biz bu odatlardan qutilmas ekanmiz o’zgara olmaymiz. Bizning maktablarda buni o’rgatishmaydi. Ularda buning butunlay aksini o’rgatishadi. Men sizlarga, har doim o’zingiz yoqtirgan ishni topishingizni va o’zingiz sevgan mashg’ulot bilan shug’ullanishingzini maslahat beraman. O’zingiz o’qitayotgan o’quvchilarni muvaffaqiyatli bo’lishini hohlaysizmi o’zingiz ham shunga erishing, ularga o’rnak bo’ling. Men sizga davom etishingizni nima qilayotgan bo’lsangiz shuni qilsihingizni, shunchaki hayotingizdan zavqlanishni tavsiya qilaman. Insonlar o’zlari hohlagan ishni qilgandagina muvaffaqiyatga erishishadi. O’zingiz uchun eng to’g’ri qarorni qabul qiling va hech ikkilanmay ana shu qaror asosida yashang. Siz hayotingizni ota-onangiz, do’stlaringiz fikriga qarab belgilamang. Siz muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqaningiz uchun qarorlarni ularning hukmiga topshirib qo’yishingiz mumkin, lekin, aynan mana shu xatolar sizni muvaffaqiyatga yetaklaydi. Tomos Edisonni olaylik u muvaffaqiyat qozonib lampochkani ixtiro qildi, ammo, ungacha u ham hatolar qilgan-ku. Axir biz bugun foydalanayotgan ushbu lampochkalar minglab muvaffaqiyatsizliklar natijasi-ku. Agar siz muvaffaqiyatga erishishni hohlasangiz, muvaffaqiyatga erishgan insondan taqsil oling va erishganlaringizga boshqalar ham erishishi uchun yordam bering.
Muvaffaqiyat-hohishlar va orzular ko’lamidan kuch oladi. Unutmang katta muvaffaqiyat bu ulkan tajriba, ulkan tajriba esa minglab xatolar.

101-guruh o’quvchisi: Muhammadaliyeva Nodirabegim


+998 99 932 24 23
Yüklə 19,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə