Material va tadqiqot uslublari



Yüklə 0,56 Mb.
tarix24.06.2023
ölçüsü0,56 Mb.
#118772
5 Material va tadqiqot uslublari


Material va tadqiqot uslublari.
Ushbu magistrlik dissertatsiya ishida Farg‘ona vodiysining bir qancha hududlari – Ulug‘nor, Xo‘jaobod, Izboskan, Qo‘rg‘ontepa, Jalolquduq, Buloqboshi Oltinko‘l tumanlari, Shirmonbuloq qishlog‘i, Andijon va Xonobod shaharlari, Bog‘ishamol dahasi (Andijon viloyati), Uchqo‘rg‘on, Haqqulobod (Namangan viloyati), Yozyovon va Quva (Farg‘ona viloyati) tumanlaridan 2021-2023 yillar davomida ozuqa o‘simliklarda tarqalgan koksidlarni o‘rganish borasidagi olingan natijalar va adabiy manbalar asosida aniqlangan turlar asos bo‘ldi (2.1-rasm.). O‘simliklarning zararlanishini o‘rganish bo‘yicha namunalar bahor, yoz, kuz oylarida yig‘ildi.
Tadqiqotlar Farg‘ona vodiysining tekislik, adir, tog‘ oldi, o‘rta tog‘ mintaqalari, madaniy va tabiiy landshaftlarida olib borildi.

Paxtaobod tumani (400580230 N 72025031” E -520 m.)
Qo‘rg‘ontepa tumani (400460340 N 72050055” E -698 m.)
Izboskan tumani (400580460 N 72012047” E -698 m.)
Xo‘jaobod tumani Imom ota qishlog’i (400 4828’’N7205905’’E – 832 m.)
2.1-rasm. Tadqiqot uchun material yig‘ilgan hududlar to‘g‘risida ma’lumot
To‘plangan materiallar turli rivojlanish darajalariga mansub 112 ta namunalari yig‘ildi.
Koksidlarning tarqalishi, bioekologik xususiyatlarini o‘rganish yil davomida uyishtirilgan ekspeditsiyalar paytida olib borildi. Tadqiqotlarda turli mintaqalarda tarqalgan koksidlarni aniqlashda o‘simlikning quyi, o‘rta va yuqori yaruslari ko‘zdan kechirilib, bu zararkunandani ayni paytda qishlash davrlari va ozuqa o‘simligida qaysi rivojlanish stadiyasida ekanligini aniqlanib borildi. To‘plangan namunalarni yig‘ish va saqlash N.S.Borxsenius [13; 152-b.] metodikasi asosida olib borildi. Kolleksiya namunalari ozuqa o‘simligining 10-15 sm uzunlikdagi novdalaridan qirqib olingan holatda alohida qutichalarda, barglaridan olingan namunalar gerbariy holatida saqlandi.
Koksidlarni o‘simliklarda yig‘ib olishda prepraval igna, mo‘y qalam (kistichka)dan foydalanildi. Yig‘ilgan na’munalar 70% spirtga fiksatsiya qilindi. Barcha to‘plangan materiallarni yig‘ilgan joyi, sanasi, xavo xarorati, tarqalish zichligi, dengiz satxidan balandliglari va boshqalar ham qayd qilib borildi.
Koksidlarning morfologik va tasnifiy belgilari sohaga oid qator aniqlagich va ilmiy manbalar asosida o‘rganildi. Jumladan, A.D.Arxangelskaya [3; 158-b.], N.S.Borxsenius [10; 130-b., 11; 382-b.], YE.M.Dansig [144; 17-b., 61; 443–445-b., 62; 172–181-b., 18; 368-b.], N.I.Abdrashitova, N.V.Gabrid [35; 33–36-b., 1; 181–182-b.], I.D. Batiashvili [49; 48–51-b.] larga muvofiq tahlil etildi.
O‘simliklarini кокцидлар bilan zararlanishi vizuval kuzatishlar asosida olib borildi, zararlangan o‘simliklarning zararlanish darajalari shakli va holatiga e’tibor qaratildi. Undan tashqari, pista yostiqsimon soxtaqalqondorining zararlilik darajasini turli xil darajadagi zararlangan pistalarning turli qismlarini o‘lchashda N.I.Abdrashitova va N.B.Gabrid [35; 33–36-b., 1; 181–182-b.] taklif etgan quydagi besh balli shkaladan foydalanildi.
0 – koksid yo‘q;
1 ball – koksidlar ozuqa o‘simligida yakka-yakka, siyrak tarqalgan;
2 ball – koksid populyatsiyasining zichligi har 10 sm uchun bittadan oshmaydi;
3 ball – ozuqa o‘simligida koksidlar o‘rta kattalikdagi koloniyalarni hosil qiladi. Daraxtlarning zaiflashishi tashqi belgilarda namoyon bo‘lmaydi;
4 ball – koksid koloniyalari o‘simlikning alohida shox va novdalarni qoplab oladi. Tashqi zararlanish belgilari (barglar sarg‘ayadi va erta to‘kiladi) bo‘ladi;
5 ball – koloniyalar o‘simliklarni barcha qismlarini to‘la qoplab oladi;
Yil davomida yig‘ilgan namunalardan pereparat tayorlash ishlari V.A.Mamontova-Soluxa va I.A.Chyerkasovaning shiralarni tayorlash uchun qo‘llanilgan ishlaridan foydalanib koksid pereparatlari tayorlandi. Bunda:
- avval yig‘ilgan na’munalar 70% li etil spirt va aktivlangan ko‘mir bilan birga suv hammomida 12-13 daqiqa qaynatildi.
- spirtdan ajratib olingan namunalarni KOH yoki NaOH ning 10% li eritmasida suv hammomida holatiga qarab 5 daqiqadan 10 daqiqagacha qaynatiladi.
- qaynatib olingan namunalar gugurt cho‘pi yoki boshqa maxsus asboblar bilan ichki suyuq massasi chiqariladi.
- tozalangan namunalar xlorolfenol eritmasi solinib, probirka yana suv xamomida 5 daqiqa atrofida qaynatildi.
- buyum oynasiga bir tomchi kley qo‘yilib namuna qo‘yiladi va qismlari prepraval igna bilan to‘g‘rilanadi. Tayyor bo‘lgan namunaning ustidan qoplagich oyna yopildi.
- tayyor bo‘lgan pereparatlarga maxsus yorliq yopishtirildi.
Laboratoriya sharoitida MBS 9 va yorug‘lik mikroskoplaridan foydalanib pista yostiqsimon qurtining morfologik belgilari (tanasi va enining uzunligi, mo‘ylovlarining bo‘g‘imlari uzunligi, oyoqlari uzunligi, son boldir panja uzunligi, rangi va shu kabilar) aniqlandi. Shuningdek uning biologik xususiyatlari tabiatda ham, laboratoriyada ham o‘rganiladi. Bu hasharotlarning koloniyaning holati biosurat – davriy usul bilan belgilanadi (haftada bir marta). Doimiy model daraxtidan olingan namunalarda individual yosh bosqichlari sonini hisobga olindi. Olingan natijalarni meteorologik ko‘rsatkichlar bilan taqqoslandi. Ularning soni dinamikasi va rivojlanish davomiyligiga ta’siri o‘rganildi.
Laboratoriya sharoitida koksidlarning biologiyasi aloxida kesib suvga solib qo‘yilgan novdalarda rivojlanishini kuzatish orqali o‘rganiladi. Vaqti-vaqti bilan novdalar qo‘yilgan suvni almashtirib turilishi namunalarni 1-3 oy davomida hayotiylikni saqlab turadi. Bu davr qisqa muddatli biologik tajribalar uchun etarli. Tabiiy sharoitda tuxum qo‘yish dinamikasi bu jarayonda o‘rganiladi namunadagi tuxum sonini muntazam hisoblash orqali biosuratlar keltirilgan. Shuningdek, kechiktirishni boshlamagan yoshlarning miqdoriy nisbati ham belgilanadi tuxum va allaqachon tuxum qo‘yishni tugatgan urg‘ochilar populyatsiyadagi urg‘ochilarning umumiy soniga foiz sifatida. Har bir hisob-kitob sanasida o‘rtacha tuxum soni hisoblanadi bir urg‘ochi uchun. Alohida izolyatsiya qilingan urg‘ochilar tomonidan tuxum qo‘yilishi o‘rganiladi.
Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə