O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


 Boshlang’ich sinf ona tili mashg’ulotlarida didaktik o’yinlarni multimedia



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/13
tarix14.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#89424
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
kichik maktab yoshidagi oquvchilarga talim berishda ona tili darslarida multimedia vositalaridan foydalanish

2.2. Boshlang’ich sinf ona tili mashg’ulotlarida didaktik o’yinlarni multimedia 
texnologiyasi asosida tashkil etish 
 
Bugungi kunda Respublikamizda Prezidentimiz rahbarligida kompyuter 
texnologiyalaridan foydalanishga katta e’tibor berilmoqdaki, inson o’z faoliyatida 
kompyuter texnologiyalarini o’zlashtirishda foydalanuvchi sifatida o’zini namoyon 
qilish shart bo’lib qolmoqda. Chunki insoning butun hayoti axborotni saqlash, uni 
qabul qilishdan iborat. Ammo inson miyasi qanchalik mukammal bo’lmasin, 
judakatta miqdordagi axborotlarning hammasini xotirasida saqlay olmaydi va 
kelajak avlodga to’liq yetkazib beraolmaydi. Shuning uchun axborot 
texnologiyalardan 
foydalanishga 
zaruriyat 
tug’iladi. 
Darhaqiqat, 
axborot 
texnologiyalari 
fan-texnikaning 
muvaffaqiyatli 
rivojlanishini 
ta’minlash, 
o’quvchilarning innovasiya va intellektual faoliyatini rivojlantirish asosini tashkil 
etadi. Shu jihatdan ham ta’lim va tarbiya jarayonida axborot texnologiyalaridan 
foydalanish ta’lim samaradorligini oshirish uchun, avvalo, o’rgatish lozimligini 
keltirib chiqardi. Shuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilarida kompyuter bilan 
ishlash ko’nikmasini shakllantirish zarur bo’ladi. Mazkur muamoni hal etish 
maqsadida Xalq ta’limi vazirligining 2011-yil 9-iyundagi “Umumta’lim maktablari 
uchun 2011-2012 o’quv yiliga mo’ljalangan o’quv rejani tasdiqlash to’g’risida ” gi 
123-sonli buyrug’ig’a ko’ra maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan 2-4-sinflarda 
informatika darslarini tashkil qilish ko’rsatilgan. Buyruqda ko’rsatilgan vazifalarni 
bajarish, ya’ni boshlang’ich ta’limda kompyuter va axborot texnologiyalaridan 
foydalanish tizimini ishlab chiqish, o’quvchilarning kompyuter savodxonlik 
darajasini oshirish lozimligini anglatadi. Chunki, boshlang’ich ta’limda 
o’qitiladigan bu fan axborot texnologiyalari bilan qurollanish yo’llarini o’rgata 
oladi. Hozirgi kunda kompyuter texnologiyasi yordamida hisoblash, yozish,o’qish, 
o’rganish, gapirish, chizish, maketlar tayyorlash, axborot qabul qilish, qayta 
ishlash,o’ynash mumkin. Shu jihatdan ham boshlang’ich sinflarda fanlarni 
o’qitishda multimedia vositasida tabiat hodisalarini namoyish qilishda
o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishda, o’zlashtirish 


darajasini aniqlashda foydalaniladi. Kompyuter har bir o’qituvchi va o’quvchi 
faoliyatini, o’tiladigan fanlarning mazmunini hisobga olgan holda dars jarayonini 
axborotlashtirishga yordam beradi. Natijada pedagogik jarayon uchun zarur 
didaktik vasitalar, ularning metodik ta’minoti multimedia vositasida amalga 
oshiriladi. O’quvchilarning o’quv faoliyatini rivojlantirishda kompyuter xotirasiga 
kiritilgan turli didaktik o’yinlardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi. 
O’quvchilar kompyuter xotirasidagi didaktik o’yin orqali o’z bilimlarini 
mukammallashtirib boradi. Shu jihatdan qaraganda, ta’lim jarayonida qo’llanadigan 
didaktik o’yinlarning roli beqiyosdir. Didaktik o’qinlar ta’lim jarayoni 
samaradorligini oshiradi, o’quvchilar faolligini, ijodiy fikrlashini rivojlantiradi. 
Chunki, boshlang’ich sinf o’quvchilari multimedia vositasida berilgan o’yinlarni 
qiziqib bajaradi. 
Ayniqsa, boshlang’ich ta’lim jarayonida kompyuter muhim o’rin tutadi. 6-7 
yoshli bolalar faoliyati kompyuter vositasida berilgan didaktik o’yinlar qiziqarli 
kechadi. Multimediali o’yin darslarida bolalar diqqati to’liq jalb etiladi, xotirasi, 
aqliy tafakkuri yaxshi ishlaydi. Shuni ta’kidlash kerakki, kompyuterdagi didaktik 
o’yinlar qonun-qoidaga rioya qilgan holda tashkil etiladi. O’yinlarni o’tkazish 
mashg’ulot darzda amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir. 
Ta’lim jarayonida qo’llanadigan didaktik o’yinlarni olimlarimiz
6
mazmuni va 
amalga oshirishiga ko’ra ikki turga ajratadi va uning chizmasini quyidagicha 
beradi: 
6
G`afforova T., Nurillaеva Sh., Haydarova O. Boshlang`ich sinflar uchun ona tili va o`qishdan didaktik matеriallar. 
Toshkеnt. 2004.14-b. 


Biz ham olimlarimizning bu tasnifiga qo’shilamiz. Chunki, boshlang’ich 
sinflarda o’quvchilarning psixologik xususiyatlari va didaktik jihatlarini hisobga 
olib, o’yinlarning turiga ahamiyat berish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Quyida ta’limiy amalga oshirish shakliga ko’ra “Harflarni top ” o’yinidan 
foydalanamiz.Ushbu multimediali kompyuterli o’yinni amalga oshirish quyidagi 
qo’shimcha o’quv materiallari o’rganilib, mustahkamlandi: 1) geometrik shakllar ( 
to’rt burchak) ; 2) ranglarni farqlash. Bu o’yinlar ham mashg’ulot tarzida amalga 
oshiriladi. O’qituvchi yordamida kompyuter monitorida ikki xil rangli 
to’rtburchakni o’quvchilar chiqaradi.
So’ngra o’qituvchi o’quvchilarga o’yinning maqsadi va vazifalarini, o’yin 
tartibi va qoidasi bilan tanishtiradi. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə