O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/13
tarix14.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#89424
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
kichik maktab yoshidagi oquvchilarga talim berishda ona tili darslarida multimedia vositalaridan foydalanish

Didaktik o’yinning maqsadi
: kompyuterli o’yin bilan tanishtirish, uning 
vazifasini belgilash va sichqoncha bilan ishlash malakasini hosil qilish. Bolalarga 
Didaktik o`yinlar tasnifi 
Mazmuniga ko`ra 
Amalga oshirish shakliga ko`ra 
1.Tinch o`yinlar 
2.Harakatli o`yinlar 
3.Aralash turdagi o`yinlar 
1.Musobaqa o`yinlari 
2.Sahna o`yinlari 


to’rt burchak shaklini chizishni o’rgatish, to’rtburchak shakli ichiga harflarni 
joylashtirish ko’nikmasini hosil qilish. 
O’yin tartibi
: o’qituvchi o’quvchilarni birinchi to’rtburchak bilan tanishtiradi 
va bu to’rt burchakning rangiga e’tibor qaratiladi, keyingi to’rtburchakning rangiga 
e’tibor qaratilib nima uchun havorang bilan chizilganligi ta’kidlanadi va oxirgi 
turtburchakning qizil rang bilan chizilganligiga e’tibor qaratilib, nima uchun 
shunday qizilganligi aytiladi. 
Vazifa:
o’quvchilarga har bir to’rtburchakning ichiga kerakli harflarni 
joylashtirish, bu harflarni tovushlarga aylantirib to’g’ri talaffuz qilish, harflar 
birikishidan hosil bo’lgan so’zni to’g’ri o’qish va bundan a harfining qaysi 
katakchada joylashganligini aytib berish hamda buni sichqonchada bajarib 
ko’rsatish. 
Mashg’ulotning borishi

O’qituvchi o’quvchilarni kompyuter qarshisiga o’tqazadi va o’quvchilardan 
kompyuter ekranida nechta to’rtburchakni ko’rayapsan va ularning ichida qanday 
harflar joylashganligini so’raydi. Birinchi to’trburchakda qanday harf borligini, 
unin talaffuz qilishni, u unli yoki undosh tovush ekanligini birinchi kompyuterda 
o’tirgan o’quvchidan so’raydi. Ikkinchi kompyuterda o’tirgan o’quvchidan ikkinchi 
to’rtburchak qanday rangda ekanligi, bu to’rtburchakning ichida qanday harf 
joylashganligi, u harf unli yoki undosh tovush ekanligini so’raydi. O’quvchi 
ikkinchi to’rtburchakning rangi havo rangda ekanligi , unda “n” tovushi 
joylashganligini, bu tovush undosh tovush ekanligini aytadi va “n” tovushini 
talaffuz qilib ko’rsatadi. Uchinchi o’quvchi uchinchi to’rtburchak qizil rangda 
ekanligi, bu to’rtburchakning ichida “a” tovushi joylashganligini, unli tovush 
ekanligini talaffuz qilib ko’rsatadi. Bu harflar birikib “ona” so’zi hosil bo’lganligini 
aytadi. Bu topshiriqlar bajarib bo’lgandan so’ng, o’qituvchi to’rtburchakda berilgan 
so’zlarni o’qiydi. O’quvchilar kompyuterda mustaqil ravishda topish lozim bo’lgan
tovush o’rnini ikkinchi bir xildagi to’rtburchak bilan ko’rsatadi. 
Yoki tovushlar tuzilishini chizib ko’rsatadilar: 
о 
н
а 


Bu o’yindan o’qituvchi o’quvchilarning savodini chiqarishda samarali 
foydalanish mumkin. O’quvchilarning nutqini rivojlantirish maqsadida didaktik 
o’yinnin davom ettirish mumkin. Bunda oldin kompyuterda bajarmagan o’quvchilar 
bajarishadi. 
1-variant: “A” tovushining o’rnini topish. 
Ona, maktab, kitob, kino. 
“Maktab” so’zida birinchi bo’g’inda “a” tovushi ikkinchi o’rinda to’ribdi, 
ikkinchi bo’g’inda ham ikkinchi o’rinda turibdi. O’qituvchi o’quvchilarni 
kompyuter qarshisiga o’tqazadi va ularga bajaradigan vazifalarini tushuntiradi. 
Vazifa shunday bo’ladi: Kompyuterdan foydalanib oltita to’rtburchak shaklini 
chizish, ikkinchi to’rtburchak shaklini qilil rangda berish, beshinchi to’rtburchakni 
ham qizil randa berish, bo’g’in ajratish belgisi bo’lgan chiziqchani chizish, 
chizilgan to’rtburchakning ichiga alfavitdan “m” harfini topib, to’rtburchak ichiga 
joylashtirish, ikkinchi katakcha ichiga alfavitdan “a” unli tovushi topib, uni 
joylashtirish, uchinchi to’rtburchakka alfavitdan “k” harfi toptirib, joylashtiriladi . 
Uchala to’rtburchak ichida harflar joylashtirib bo’lgandan keyin ikkinchi bo’g’inga 
taalluqli bo’lgan to’rtburchaklar ichiga kerakli bo’lgan harflarni alfavitdan topib 
joylashtirish topshirig’i beriladi. O’quvchilar to’rtinchi to’rtburchak ichiga 
alfavitdan “t” harfini, beshinchi to’rtburchak ichiga “a” harfini, oltinchi 
to’rtburchak ichiga “b” harfini topib, joylashtiriladi. O’qituvchi o’quvchilarning 
diqqatini ikkinchi va beshinchi to’rtburchakka qaratadi. Bu to’rtburchaklar qizil 
rangda berilgan, chunki, bu to’rtburchaklarning ichiga “a” unli harfi 
joylashtiriladi.Bu unli tovush bo’g’in hosi qiladi. Shuning uchun u alohida rangda 
berilganligini tushuntiradi. O’quvchilar to’rtburchakning ichida “maktab” so’zi 
hosil bo’lganligini ko’radi va bu so’zni to’g’ri talaffuz qilishga o’rgatiladi. 
To’rtburchaklar kompyuter ekranida quyidagicha chiziladi: 
м 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə