O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


 Boshlang’ich sinf ona tili mashg’ulotlarida didaktik o’yinlarni multimedia



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix14.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#89424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kichik maktab yoshidagi oquvchilarga talim berishda ona tili darslarida multimedia vositalaridan foydalanish

2.2. Boshlang’ich sinf ona tili mashg’ulotlarida didaktik o’yinlarni multimedia 
texnologiyasi asosida tashkil etish ……………………………. 30 
 
Xulosa ………………………………………………………………………... 42 
Adabiyotlar ro’yxati ………………………………………………………… 44 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Kirish 
O’zbekistonning kelajagi ko’p jihatdan barkamol va intellektual salohiyatli 
avlodni tarbiyalashga bog’liq. Bu muhim vazifani amalga oshirish uchun o’z 
Vataniga, xalqiga, istiqlol g’oyalariga sadoqatli, erkin va mustaqil fikrlaydigan 
yosh avlodni komil insonlar sifatida voyaga yetkazish davlat siyosatining ustuvor 
vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu borada 
milliy g’oya
yosh avlodni ma’naviy 
barkamol inson etib tarbiyalashda yetakchi g’oya bo’lib xizmat qiladi. Shuning 
bilan birga ta’lim tizimidagi tub islohotlar kichik maktab yoshidagi (1-4-sinf) 
o’quvchilarini ma’naviy jihatdan tarbiyalashda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
asos bo’lib, bu borada Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “bu dastur
hayotda o’z fikriga, o’zining qarashlari va qat’iy grajdanlik pozisiyasiga ega 
bo’lgan, har tomonlama yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni 
maqsad qilib qo’yadi”
1
Qolaversa ta’lim-tarbiya jarayonida eng so’nggi 
texnologiyalardan foydalanish zarur bo’lib turibdi.
O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da 
boshlang’ich ta’lim – uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki savod o’rgatish turi 
ekanligi alohida ta’kidlangan. Aynan shu dasturning 4.9-moddasida “barcha 
bosqichlardagi ta’lim jarayonlarini kompyuterlashtirish va axborotlashtirish 
amalga oshiriladi” deb, belgilangan
2

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimiz 
Konstitusiyasi qabul qilinganligining 17 yilligiga bag’ishlangan tantanali 
marosimdagi nutqida ta’kidlanganidek, “Ta’lim sohasida zamonaviy axborot va 
kompyuter texnologiyalari, Internet tizimi, raqamli va keng formatli 
telekommunikasiyalarning zamonaviy usullarini o’zlashtirish, bugungi taraqqiyot 
darajasini belgilab 
beradigan bunday ilg’or yutuqlar nafaqat maktab, lisey va kollejlar, oliy o’quv 
yurtlariga, balki har qaysi oila hayotiga keng kirib borishi uchun zamin 
1
Karimov I.A. Yuksak salohiyatli avlodni tarbiyalash – eng muqaddas maqsad. 
Toshkеntda 16-17-fеvral
kunlari bo`lib o
`tgan xalqaro konfеrеntsiyada so`zlagan nut? // Xalq so`zi gazetasi, 2012. 18-fеvral. 
2
O`
zbеkiston Rеspublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” // Barkamol avlod – O`zbеkiston 
taraqq
iyotining poydеvori. T.: Sharq, 1998. –b. 57. 


tug’dirishning ahamiyatini chuqur anglab olishimiz lozim”
3
. Bu fikrlar 
maktabning boshlang’ich ta’lim tizimiga ham taalluqlidir. 
Prezident Islom Karimovning 2009 – yilning asosiy yakunlari va 2010 - 
yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustivor 
yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasidagi “Asosiy vazifamiz – 
Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimz farovonligini yanada yuksaltirish” nomli 
ma’ruzasida farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, 
balqi ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, XX1 asr 
talablariga javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetkazish uchun barcha 
imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganligini 
alohida qayd etib o’tilgan. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2001 – yil 23-maydagi “2001 – 2005 – yillarda kompyuter va axborot 
texnologiyalarni rivojlantirish, “Internet”ning xalqaro axborot tizimlariga keng 
kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqish, tashkil etish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi va Vazirlar Mahkamasining “2002 – 2010 - yillarga mo’ljallangan 
o’rta ta’lim tizimini axborotlashtirish dasturi” to’g’risidagi qarorlari bu borada 
amalga oshiriladigan ishlarning mazmuni, ko’lami va yo’nalishini belgilab berdi. 
Shu asosda Xalq ta’limi vazirligining 2011-yil 9-iyundagi Buyrug’iga asosan 2-4-
sinflarda maktab ixtiyoridagi soatlar hisobidan haftasiga bir soatdan informatika 
darslarini tashkil etish belgilab berildi. Buning uchun boshlang’ich ta’limda 
kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanish tizimini ishlab chiqish
ularning kompyuter savodxonligini oshirishga qaratilgan informatika ta’limini 
boshlang’ich sinflardan o’ganish lozimligini anglatadi. Bunda boshlang’ich sinf 
o’quvchilarning psixologik xususiyatlari va o’zlashtirish darajasini hisobga olib, 
o’quvchilar tomonidan oson o’zlashtiriladigan tushunchalar majmuasini ishlab 
chiqish, pedagogik dasturlarni yaratish, didaktik hamda informatikaga oid 
mashqlar tizimini ishlab chiqish zarur bo’ladi.
3
O`
zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti I.Karimovning O`zbеkiston Rеspublikasi Konstitutsiyasi qabul 
qilinganligining 17 yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimda so`zlagan “O`
zbеkiston Konstitutsiyasi – biz uchun 
dеmokratik taraqqiyot yo`lida va fuqarolik jamiyatni barpo etishda mustahkam poydеvordir” mavzusidagi 
ma'ruzasi || Xalq so`zi gazetasi, 2009. 6-
dеkabr. 


Kichik maktab yoshidagi o’quvchilarni tarbiyalash, ularning faoliyatini 
shakllantirish zaruriyati ta’lim jarayonida so’nggi texnologiyalardan biri-bu 
multimedia vositalaridan
, ya’ni elektron darsliklar, kompakt disklar, video-audio 
kassetalardan foydalanishdir. Ushbu o’quv metodik qo’llanmada ana shu masala 
yoritib berildi. 
O’quv metodik qo’llanmani tayyorlashda maslahatlari bilan yordam bergan 
hamkasblarimizga minnatdorchilik bildiramiz. 



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə