O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi


-Bob. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida multimedia texnologisi asosida



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix14.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#89424
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
kichik maktab yoshidagi oquvchilarga talim berishda ona tili darslarida multimedia vositalaridan foydalanish

2-Bob. Boshlang’ich sinf ona tili darslarida multimedia texnologisi asosida 
mashg’ulotlar o’tkazish metodikasi 
2.1. Alifbe darsida harflarni o’rgatish metodikasi 
Uzluksiz ta’lim tizimida zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari 
asosida ta’lim-tarbiyani tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. 
Zamonaviy 
pedagogik 
va 
axborot 
texnologiyalari 
ta’lim 
jarayoni 
samaradorligini oshiradi, o’quvchilarning mustaqil ishlash jarayonini shakllantiradi, 
o’quvchilarda bilimga qiziqish va ishtiyoqni oshiiradi. Ulardan amaliyotda erkin 
foydalanish ko’nikmasini shakllantirishga xizmat qiladi. 
Axborot texnologiyalarining tezkorlik bilan rivojlanishi o’quvchilarda 
kompyuter savodxonligini shakllantirishni taqozo etmoqda. Ushbu ishning 
maqsadlaridan biri boshlang’ich sinf o’quvchilarida kompyuter bilan ishlash 
ko’nikmasini shakllantirish muammolari va metodikasiga qaratilgan.
Ana 
shunday 
kompyuter 
texnologiyalarining 
dastlabkisi 
multimedia 
texnologiyasi hisoblanadi. Hozirgi kunda multimedia texnologiyasini boshlang’ich 
ta’limning barcha fanlarida foydalanish juda katta ijobty samara berishi ma’lumdir. 
Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimedia texnologiyasi yordamida boshlang’ich 
sinf o’quvchilarini o’qitish ikki barobar bo’lmoqda. 
Ta’lim sohasida multimedia texnologiyasi yordamida boshlang’ich sinf 
o’quvchilariga bilim berish afzalliklari quyidapgilardan iborat: 
- ta’lim jarayonida berilayotgan tushuncha va ma’lumotlarni chuqurroq va 
mukammalroq o’zlashtirish imkoniyatining mavjudligi; 
- ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan a’loqa qilish ishtiyoqining yanada 
oshirilishi; 
- o’quvchilarning dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni 
tejash imkoniyatiga erishish; 
- kompyuter texnologiyasi natijasida olingan bilimlar o’quvchilarning xotirasida 
uzoq muddat saqlanib qolishi va uni amaliy jihatdan qullay olish kabilar. 


Boshlang’ich ta’limda multimedia texnologiyasining barcha fanlar kesimida 
keng ko’lamda qo’llanilishi natijasida ta’lim tizimining sifatiga ta’sir ko’rsatib, 
tushuncha va bilimlarni tezroq o’zlashtirishini ta’minlab beradi. Bunda kompyuter 
xotirasiga o’quvchilarnig yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda 
ma’lumotlar, o’quv materiallari, tushunchalar, qoidalar kiritilgan bo’lib, ularning 
elektron varianti ta’lim berishning manbai bo’lib xizmat qiladi.. Boshlang’ich 
ta’lim jarayonida multimedia texnologiyasi variantida texnologik yondashuvni 
to’g’ri tashkil qilish kerak bo’ladi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining ona tili 
fanidan o’rganiladigan o’quv materiallarini osonlashtirish maqsadida o’quv 
materiallari bir-biri bilan bog’liq qismlarga aratiladi, so’ngra ta’limni o’zlashtirish 
samaradorligini oshirish uchun vazifalar ketma-ket bajarilishi rejalashtirilgan 
bo’ladi. Masalan, ona tilidagi
maktab
so’zi dastlab ikki bo’g’inga
mak-tab

so’ngra tavushlarga
m , a, k, t, a, b
ajratiladi. Ushbu tavushlarning birikishidan mak 
birinchi bo’g’in, tab ikkinchi bo’g’in hosil bo’ladi va bu bo’g’inlar birikib maktab 
so’zi hosil qilinadi. Bu bilan boshlang’ich sinf o’quvchilarining so’z boyligi oshib, 
nutqida maktab so’zining mazmun-mohiyatini, maktabning ta’lim beruvchi maskan 
ekanligi, o’quvchilar maktabda o’qish va tarbiya topadigan joy ekanligi to’g’risida 
tushunchaga ega bo’ladi. Bunda monitor ekranida maktabning umumiy ko’rinishi, 
maktab atrofida gullarning ochilib turishi, xush kelibsiz, degan so’zning maktab 
peshtaxtasiga yozib qo’yilganligi, bolalarning maktabga sumkalarini ko’tarib 
borishlari monitor ekranida harakatlar bilan namoyish etilishi qiziqarli tarzda 
kechadi. Muhim tomoni shundan iboratki, ushbu texnologiyada o’rganilayotgan
o’quv materiallari multimedia asosida bajariladi. Ta’lim berishning tushunarli 
bo’lishi uchun kompyuter xotirasiga kiritilgan o’quv materiallari kompyuter 
(manitor) ekranida namoyish etish asosida amalga oshiriladi. Boshlang’ich sinf 
o’qituvchisi buning uchun kompyuter bilan ishlash malakasiga ega bo’lishi kerak. 
Chunki, dars davomida mavzu yuzasidan beriladigan o’quv materiallarini ketma-
ket monitor ekraniga chiqarib berishi, zarur vaqtlarda to’xtatib qo’yib 
o’quvchilarga tushuncha va izohlarini berib borishi taqozo etiladi. Buning uchun
tanlangan o’quv materiallari murakkab bo’masligi, o’quvchilarning yoshiga mos 


holda tanlanishi zarur. Bu boshlang’ich sinf o’quvchilarining olgan bilimlarini 
xotirasida uzoq vaqt saqlab qalish imkoniyatini yaratadi. Bu bilan 
o’quvchilarniyeng kompyuter bilan ishlashga ishtiyoqi ortib boradi. Multimedia 
texnologiyasi o’quvchilarning fikrlash kobiliyatini shakllantirish, tafakkurini 
o’stirish manbai bo’lib xizmat qiladi. 
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida multimedia vasitasidan foydalanishning 
asosini dars mashg’ulotlari tashkil etadi. O’quv mashg’ulotlari dalat ta’lim 
standartlari talablari asosida tuzilgan dasturlar, dasturlarda taqsimlangan soatlar 
asosida olib boriladi. Boshlang’ich sinflarda olib boriladigan mashg’ulotlar yangi 
materiallarni o’rganish darsi, bilimlarni mustahkamlash darsi, umumlashtiruvchi-
takrorlash darsi, bilimlarning qanchalik o’zlashtirganligini tekshirish (baholash)
darslariga bo’linadi. Mana shuni hisobga olgan o’qituvchi multimediali dars 
mashg’ulotini bir soatga mo’ljallangan reja asosida olib borishi kerak bo’ladi. 
Bunda yangi materiallarni o’rganishda multimedia kompyuter asosida olib borish 
texnologiyasi quyidagicha bo’lishi mumkin: 
1)O’qituvchi 
boshlang’ich 
sinf 
o’quvchilarini 
kompyuter 
qarshisiga 
joylashtiradi ( Kompyuter sinf xonasida kompyuterlar soni o’nta bo’lganligi uchun 
har bir kompyuter qarshisiga 2-3 tadan o’quvchilarni jaylashtiradi) . 
2) Kompyuter xotirasiga joylashtirgan o’quv materiallarini alfavit va harflarni
kompyuter ekraniga chiqaradi. 
3) O’quvchilarning diqqati kompyuter ekranida chiqqan materiallarga qaratiladi. 
4) O’quvchilarning qanday topshiriqlarni bajarishi uchun ular bilan savol-javob 
o’tkaziladi. 
5) O’quvchilar o’qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni kompyuterda mustaqil 
bajarishga kirishadi. 
6) 
O’quvchilarning 
o’rgangan 
o’quv 
materiallari 
savollar 
asosida 
mustahkamlanadi, buni yana bir bor kompyuterda bajarib mustahkamlaydi. 
7) O’quvchilarning kompyuterda o’zlashtirgan bilimlari o’qituvchi tomonidan 
baholanib, rag’batlantirib boriladi. 


8) O’rganilgan material bo’yicha mustaqil bajarib kelish uchun uyga vazifa 
beriladi. 
Bu dars mashg’uloti to’liq kompyuter asosida o’tkazishga mo’ljallangan 
bo’lishi kerak. Olib borilayotgan bu mashg’ulotda mavzuga tegishli og’zaki savol-
javoblar, topishmoqlar, sha’rlar, turli mazmundagi amaliy tadbirlar o’tkaziladi. 
Jumladan, o’quvchilarning zerikib qolmasligi uchun qisqa muddatli fizkultura 
mashqlari, ko’zning toliqib qolmasligi uchun ko’zni ochib yumish mashqlari 
o’tkaziladi. Buning uchun o’qituvchi mavzuning texnologik xaritasini to’zib olishi 
kerak. Mashg’ulotning texnologik xaritasida mavzu, maqsad va vazifalar, 
mashg’ulot jarayonining mazmuni, mashg’ulot jarayonini amalga oshirish 
texnologiyasi, natijalar va uyga vazifa aks etishi kerak. Buni jadvalda quyidagicha 
ifodalash mumkin: 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə