O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/13
tarix14.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#89424
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
kichik maktab yoshidagi oquvchilarga talim berishda ona tili darslarida multimedia vositalaridan foydalanish

Uyga 
 vazifa
O’quvchilarga O harfining katta va kichik shakllarini
yozib kelish vazifasi topshiriladi. Ona, olma so’zlaridagi o 
harfini alohida olib yozish va ularni talaffuz qilish hamda o 
harfi bilan boshlanadigan ikkita so’z topish vazifasi beriladi.
 
 
O’quvchilarning o’z fikr-mulohazalari va savollarini bayon etishi uchun ularga 
imkoniyat yaratish zarur. O’quvchilarga ko’rsatiladigan rasmlar, didaktik 
materiallar did bilan tanlanishi kerak. O’lar o’quvchilarning diqqatini tortib, 
qiziqtiradigan bo’lishi, ularning tasvirlanishi zavq bog’ishlab bajarishi kerak 
bo’ladi. 
1. Kompyuter xotirasiga “Alifbe” darsligi, undagi rangli rasmlar, O tovushini 
talaffuz qilayotgan bola monitor ekranida harakatlanib, animasiya tarzida
ko’rsatilib, O tovushining talaffuzi o’qituvchi tomonidan tushuntiriladi. O 
tovushining unlilar sirasiga kirishi, talaffuzda o’pkadan chiqayotgan hova oqimi 
og’iz bo’shlig’ida hyech qanday to’siqqa uchramay chiqishi, shuning uchun uni 
cho’zib talaffuz qilishi aytiladi va o’qituvchi tomonidan talaffuz qilib ko’rsatiladi. 
Bu tushuncha bevosita o’qituvchi yordamida O tovushini amaliy talaffuz 
qildirish asosida o’rgatiladi. Bunda O tovushining nisbatan cho’zib aytilishiga 
o’quvchilarning e’tibori qaratiladi. 
Ona, oy, osh, olma, ovchi, olmaxon so’zlarini bo’g’inlarga bo’lib talaffuz qilish 
asosida bo’g’in va tovush munosabati, O tovushining o’ziga xos xususiyati haqida 
o’quvchilarda tushuncha hosil qilinadi va bu so’zlar hamda ona, oy, 
osh,olma,ovchi, olmaxonlarning rasmlari va ularning harakatlari kompyuter
ekranida ko’rsatib boriladi. 


2. Jonli so’hbat asosida o’quvchilarga har bir so’zning ma’nosi haqida 
tushuncha beriladi hamda ekranda rasvirlangan rasmlarlarning narsa yoki buyumga 
oid tarbiyaviy jihatlar singdiriladi. Masalan: “Ovchi” rasmi kompyuterda harakatga 
keltirilib, daryo yoki ko’lda uning baliq ovlayotgani, ovlagan baliqlarini savadga 
joylashtirganliklari ekranda ko’rsatiladi va shu bilan birga ovchilarning xizmati 
to’g’risida tushuncha beriladi. Lekin ov ongli ravishda amalga oshirilishi kerak. U 
tabiatga ziyon yetkazmasligi o’qituvchi tomonidan tushuntirib beriladi. 
3. Baliq go’shti ko’pchilik sevib, tanovul qilinadigan taomlar sirasiga kiradi, u 
vitaminlarga boy. Kasal odamlarni tuzatishda baliq moyidan foydalaniladi. Lekin 
tabiatdagi juda ko’p jonivorlarni asrab-avaylashimiz har birimizning burchimiz 
ekanligi tushuntiriladi. Kompyuter ekranida olmaxonning harakatlanib yurishi, u 
o’rmonda daraxtdan-daraxtga sakrab o’ynashi, uning yong’oq chaqishlari jonli 
ko’rsatiladi. Shu rasm asosida o’qituvchi o’quvchilarga olmaxon tabiatda juda kam 
uchraydigan jonivor hisoblanishi, uni ov qilish qat’iyan man etilganligi 
tushuntiriladi. 
4. Kompyuter monitorida ona, oy,osh, olma, ovchi, olmaxon so’zlari berilgan 
bo’lib, bu so’zlar tarkibidagi O tovushi qiziq rang bilan ifodalanganligi ko’rsatiladi. 
O’quvchilarga O tovushi qaysi rang bilan ifoda etilgan? so’rog’i beriladi (Qizil rang 
bilan). O tovushi katakchalarda berilgan so’zlarda qizil rang bilan ifodalanganliga 
e’tibor qaratiladi. Oy so’ziga diqqat qiling. O-oo-y qaysi tovush ajratib aytildi? –O 
tovushi. Kompyuter monitoridagi katakcha nechta? Ikkita, demak, oy so’zida 
nechta tovush ishtirok etgan. Ikkita O va y tovushlari. Bu ikki tovushning 
birikishidan oy so’zi hosil bo’ladi. Shundan so’ng, kompyuter ekranida mavzuni 
mustahkamlash uchun savollar berilgan: 
1. So’zlar qanday hosil bo’ladi? 
2. Unli tovush deganda nimani tushunasiz? 
3. Kompyuter ekranidagi katakchalarda berilgan so’zlarda o unli harfi qanday 
rangda ifoda etilgan? 
4. “Quvnoq daqiqa” o’yini. 
Oqib keladi jildirab, 


Oyna kabi yaltirab. 
Oqib kelgan oynani 
Olish mumkin hovuchlab, 
Topinglar-chi, bu nima ? 

Ariq to’la oyna, suv. 
She’r topishmoq kompyuter monitorida suvning oqib kelishi, uning jildirashi 
ovozli tarzda ifoda etilib, o’qituvchining qo’l harakati suvning oqish maromi va 
jildirashiga mos holda silkitib aytiladi. O’qituvchi ko’rsatgan harakatni o’quvchilar 
takrorlaydi. 
5. O’quvchilarning O tovushi va harfiga oid bilimlari savolar yordamida 
tekshiriladi. O’qituvchi xulosasi yordamida dars yakunlanadi. 
Xulosa qilib aytganda, o’quvchilarning tafakkurining rivojlanishida, fikrlash 
doirasining kengayishida, so’z boyligini oshirishda, ularni faol harakatga 
keltirishda, 
mustaqil 
ishlash 
faoliyatini 
shakllantirishda 
multimediali 
texnologiyaning ahamiyati katta bo’lib, boshlang’ich sinf o’qituvchilari dars 
mashg’ulotlarini ko’proq multimediali vositalar asosida tashkil etishga e’tibor 
berishlari zarur.



Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə