O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix14.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#89424
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
kichik maktab yoshidagi oquvchilarga talim berishda ona tili darslarida multimedia vositalaridan foydalanish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Xulosa 
Mamlakatimizda ijtimoiy sohadagi o’zgarishlar va intellektual salohiyatning 
oshib borishi zamonaviy bilimlarning egallanishiga turtki bo’ladi. Ta’lim-tarbiya 
sohasidagi innovasion o’zgarishlar va ularni zamonamizning yangi ilg’or 
talablariga javob beradigan darajaga olib chiqish muhim vazifa va maqsadlardan 
biribir. Bu borada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi va 
to’plangan tajribani tahlil qilish, umumlashtirish asosida mamlakatimizni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishda zamonaviy axborot texnalogiyalaridan foydalanishga 
e’tibor qaratilmoqda. 
Pedagogik tadqiqotlarda axborot texnalogiyalaridan foydalanish har 
qachongidan ham dolzarb bo’lib, ular yordamida o’sib kelayotgan yosh avlod 
ta’lim-tarbiyasida ma’lum bir yutuqlarga erishiladi. Shuni unutmasligimiz kerakki, 
kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda 
halqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday 
ta’lim olishlariga bog’liq. 
Shunday ekan, axborot kommukasion vositalar bilan ishlash hozirgi zamon 
davr talabi hisoblanadi. Axborot kommukasion vositalardan o’qitish jarayonlarida 
foydalanish uning sifatini va samarasini oshiradi, o’rganuvchiga qulay sharoit 
yaratadi.
Prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan jamiyatning barcha jabhalari, 
xususan, 
ta’lim 
tizimida 
zamonaviy 
ahborot 
texnalogiyalaridan 
keng 
foydalanishni yo’lga qo’yishga qaratilayotgan e’tibor samarasi o’laroq, bugun 
jamiyatning barcha sohalari va halqimiz turmush tarziga kompyuter 
texnalogiyalari chuqur kirib borayapti.
Jamiyat hayotiga kompyuterning keng miqiyosda kirib kelishi fuqarolarga 
axborot olishga bo’lgan imkoniyatlar eshigini ochib berdi.
Tobora shakllanib borayotgan kompyuter texnologiya axborotni yetkazish va 
qabul qilishda yangi munosabatlarni vujudga keltiradi, fikrlashning yangi turini 
hosil qiladi.


Ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llaniladigan axborot vositalaridan multimedia 
texnologiyasi alohida ahamiyatga egadir.
Multimedia “Inson-kompyuter” interaktiv (dialogik) muloqotning yangi 
takomillashgan pog’onasi bo’lib, bunda foydalanuvchi juda keng va har taraflama 
axborot oladi. Multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish 
hozirgi kunning dolzarb masalasidandir. 
Shuningdek, metodik tavsiyanomada multimedia vositalari, uning mazmun-
mohiyati, kichik maktab yoshidagi o’quvchilar bilan olib boriladigan dars 
mashg’ulotlarida 
multimediali 
texnologiyalardan 
foydalanish 
metodikasi, 
multimediali didaktik o’yinlardan foydalanish usullari , tavsiyalar, amaliy 
ma’lumotlar qamrab olgan.
Mazkur metodik tavsiyanomaning asosiy maqsadi bo’lajak boshlang’ich sinf 
o’qituvchilariga multimedia vositalari bo’yicha keng nazariy bilimlar berish orqali 
yosh pedagog kadrlarning faoliyatini samarali tashkil etish va o’sib kelayotgan 
yosh avlodni intellektual salohiyatli hamda faol shaxs qilib tarbiyalash uchun 
zamin yaratish, ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy, aqliy, axloqiy xislatlarini 
shakllantirishga ko’maklashishdir. 

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə