O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi


Shaxsni estetik tarbiyalashda fan, ta’lim va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi



Yüklə 173,81 Kb.
səhifə4/9
tarix22.03.2024
ölçüsü173,81 Kb.
#182869
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tarbiyaviy soat darslarida o‘quvchilarni estitik madaniyatini shakllantirish

3. Shaxsni estetik tarbiyalashda fan, ta’lim va madaniyatning o‘zaro bog‘liqligi
Estetik tarbiya – bu mehnat tarbiyasining ajralmas bir qismidir. Badiiy didni tarbiyalash nihoyatda muhim bo‘lib, u insonga faqat san’atnigina emas, balki hayotning o‘ziga moyil didni ham shakllantiradi va singdiradi. Insonda badiiy didni tarbiyalash unda hayotning o‘ziga xos go‘zalligi barcha ko‘rinishlarini san’at yordamida va san’at orqali ko‘ra bilishga o‘rgatish demakdir.
Estetik tarbiya butun insoniyat hayotini o‘zida aks ettiradigan tushuncha sifatida o‘tmishda mutafakkirlar tomonidan turlicha talqin etilgan. Ma’lumki, qadimdan boshlab tarbiya kishilarni estetik va ma’naviy jihatdan mukammal bo‘lishi uchun xizmat qilib kelgan. Tarbiya jamiyat hayotida muayyan vazifalarni bajarib, eng avvalo u inson ongiga, his-tuyg‘ulariga, tasavvuriga, e’tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti-harakatlariga, xulq-atvoriga ta’sir o‘tkazishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Masalan, qadimgi Yunon faylasufi Suqrot «O‘zligingni bil» degan ibora orqali tarbiyaning ahamiyatini kishilarga tushuntirib bergan. Chunki, har bir inson jamiyatda o‘z hayotining go‘zal va turmushining farovon bo‘lishini istasa, farzandiga axloqiy va estetik tarbiyani mukammal tarzda o‘rgatishi talab etiladi. Forobiy inson tarbiyasi uning o‘ziga bog‘liqligini tushuntiradi. U aytadiki, «Insonning axloqli bo‘lishi, ruhiy mukammallikka erishuvi hech kim tomonidan belgilanmaydi, balki insonning o‘z qo‘lida bo‘ladi, ya’ni odam o‘z taqdirini o‘zi yaratadi. Chunki baxt-saodat narigi dunyoda emas, shu real mavjud dunyoda, hayotdadir»1. Forobiyning bu fikrlari kishilar tarbiyasining ma’naviy va axloqiy-estetik jihatdan mukammalligiga qaratilgan. Shuningdek, kishilar estetik tarbiyasida diniy va dunyoviy ilmlarning roli kattaligini ta’kidlaydi. Hind faylasufi R.Tagor fikricha, estetik tarbiya jarayonida «insonda go‘zallik tuyg‘usini tarbiyalamay turib, uni har tomonlama kamol toptirish mumkin emas».
Estetik tarbiya predmeti fanlar doirasida turlicha ifodalanadi. Estetik tarbiyaning ilmiyligi estetik hissiyot va uning ruhiy holati bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, insonning barcha fazilatlari singari estetik didga ega bo‘lish fazilati ham hech vaqt tug‘ma ravishda bo‘lmay, balki ijtimoiy hayotdagi nafosat qonunlari asosida qaror topadi. Estetik did kishining yuksak his-tuyg‘ulari, kechinmalari bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsiy fazilatidir. Odamning sermazmun va nafis nafosat olami, his-tuyg‘ulari hamda nozik xislatlarining vujudga kelish qonuniyatlarini ruhiyatshunoslik fani o‘rganadi. Insonning ruhiy jihatlarini hisobga olib mukammal qilib ishlangan estetik tarbiya nazariyasi va uning jamiyatda amal qilishi har bir shaxs estetik tafakkurini go‘zal his-tuyg‘ularga to‘ldiradi.
Pedagogika va ruhiyatshunoslik fanlari doirasida estetik tarbiyaning mazmuni va mohiyati to‘liq va aniq holda o‘rganilgan bo‘lib, estetik tarbiya deyilganda ijtimoiy hayotda nafosat olami va san’atdagi go‘zallikni hissiy idrok etib, ular xususida fikr yuritish, anglash va baho berish jarayoni nazarda tutiladi. Estetik tarbiya tushunchasi murakkab va sermazmun, ya’ni ko‘p qirrali tushunchadir. Estetik tarbiya bevosita his-tuyg‘ular bilan bog‘liq ravishda insonning idrok etayotgan narsa va hodisalarni anglab yetishida, xilma-xil estetik ideallarning inson estetik kechinmalariga ta’sir etishida muhim rol o‘ynaydi. Inson hamisha idrok etish jarayonida tashqi olamdagi narsa va hodisalarni yo yoqtiradi yoki yoqtirmaydi. Agar idrok etilayotgan narsa bizga yoqsa kayfiyatimiz ko‘tarilib, u bilan bog‘liq bo‘lgan ichki his-tuyg‘ular va kechinmalar yuzaga keladi. Mobodo idrok qilinayotgan narsa yoki hodisa bizga yoqmasa, didimizga to‘g‘ri kelmasa, u holda ruhiyatimizda noxushlik va salbiy ichki kechinmalar yuzaga keladi. Odamda vujudga keladigan bunday his-tuyg‘ular bizning estetik tarbiyamiz asosida kelib chiqadi.
Ruhiyatshunoslik fani nuqtayi nazaridan estetik tarbiyaning mukammal bo‘lishi kishilarda estetik jihatdan rohatlanish hissi, olamdagi go‘zallikni anglab yetish hissi, estetik kategoriyalardan bahra olish hissi, san’at asarlaridagi nafosatni anglab etish hissi kabi hissiyotlarga bog‘liq bo‘lib, bu hissiyotlar insonlardagi estetik tafakkur go‘zalligini boyitadi.
Ma’lumki, estetik jihatdan zavqlanish bizga bevosita yoqadigan narsalarni idrok qilish asosida kelib chiqadi. Vaholanki, bizga hamma ranglar va tovushlar birdek yoqmaydi. Agar rangning kishi ruhiyatiga ta’siri borasida gapirsak turmushimizda ajoyib holga duch kelamiz. Masalan, o‘zbek xonadonlarida eshik va derazalarni uy egalarining ko‘pchiligi asosan och havo rang bilan bo‘yashgan. Bu xildagi rang bizga beg‘uborlik va rohatbaxshlik tuyg‘ularini baxsh etadi. Qolaversa, bizning milliy didimiz va uylarimizga bezak berishdagi estetik tarbiyamiz ham shu rang bilan bevosita bog‘liqdir. Xususan, ayvonning ustunlari, peshtoqlari va uyning shipi ham och havo rang bilan bo‘yaladi. O‘zbekistondagi ko‘pgina me’moriy obidalar va ulardagi bezaklar xorijdan kelgan ziyoratchilarni o‘zining go‘zalligi va mukammalligi bilan lol qoldirib kelmoqda. Ranglar va naqshlar ma’lum ramz-timsollarni ham o‘zida ifodalab, agar sariq rang to‘kin-sochinlik va farovonlik ramzi bo‘lsa, moviy rang tiriklik mazmuni aks etgan mangu osmon va obi-hayot ramzidir. Timsollar tilida moviy rang yaxshilikni, donishmandlikni, halollikni, shon-shuhrat va sadoqatni bildiradi. Oq rang muqaddas tinchlik ramzi bo‘lib, u poklik, beg‘uborlik, soflik, orzu va xayollar tozaligi, ichki go‘zallikka intilishning timsolidir. Yashil rang o‘sib turgan o‘simlik, tabiatning yangilanishi ramzidir. Jahondagi boshqa xalqlarning estetik didi o‘zgacha bo‘lib, ruslar, ukrainlar, beloruslar ko‘proq yashil va jigar ranglarni ishlatishsa, sariq rang xitoyliklar uchun muqaddas rang bo‘lib hisoblanadi va hayotda bunday misollarni ko‘plab uchratishimiz mumkin.
Ranglardan tashqari xilma-xil tovushlar ham kishiga estetik zavq bag‘ishlaydi. Ba’zi tovushlar kishiga yoqadi, ba’zilari esa yoqmaydi. Bugungi kunda musiqa san’ati shunchalik rivojlanib ketganki, ularning ovozi kishiga turlicha ta’sir etadi. Ko‘pchilik yoshlar, asosan, estrada janriga oid musiqani tinglashni yoqtirishadi. Milliy cholg‘u asboblari, dutor, tanbur, rubob, g‘ijjak, nay, chang va boshqa musiqa asboblari orqali yangraydigan klassik musiqa yoshi katta tinglovchilar sevib tinglaydigan musiqadir. Keksa yoshdagi kishilar ko‘proq milliy kuylarni tinglab dam olishni yoqtiradilar. Bularning barchasi kishilardagi estetik tarbiyaning qay darajada olib borilganligiga, yoshlarni san’atning u yoki bu turi bilan bevosita qiziqtirib tarbiyalanishiga bog‘liqdir.
Hozirgi kunda milliy madaniyatimiz taraqqiyoti milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi asosida olib borilib, fuqarolardagi estetik did va his-tuyg‘ular milliy va umuminsoniy estetik me’yorlar va tamoyillar asosida olib borilmoqda. Estetik tarbiyani olib borishda, estetik qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirishda, o‘tmish madaniyatimiz va milliy estetik tarbiyamizni bir-biri bilan uyg‘unlashtirilgan holda olib borish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ispaniyalik bir faylasuf olim jahondagi ko‘plab xalqlarning milliy an’analarini, axloqiy-estetik tarbiyasini o‘rganib, Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarida ham bo‘ladi hamda o‘z vataniga qaytgach, «Hozirgacha o‘rgangan, tadqiq qilgan barcha ishlarimni o‘n besh yoshli o‘zbek qizalog‘ini o‘rnidan turib, qo‘lini ko‘ksiga qo‘ygancha choy uzatishdagi odobiga, nazokatiga almashtirishga rozi edim»1 deb aytadi. Bu faylasufning fikrlaridan ko‘rinib turibdiki, o‘zbek oilasidagi estetik tarbiya, qolaversa maktabdagi va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi milliy tarbiyaning o‘quvchilar ongiga singdirilishi mehr-muruvvatga, latofatga, mehmonni kutishga, ularni kuzatishga va hokazolarga bo‘lgan munosabatini tarbiyalaydi. Maktab va o‘rta maxsus ta’lim muassasalaridagi estetik tarbiya o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy barkamol hamda estetik jihatdan madaniyatli va komil bo‘lishining asosidir. Shuning uchun maktab va o‘rta maxsus ta’lim tizimi yosh avlodning estetik tarbiyasi va estetik qarashlarining shakllanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi.
O‘zbek xalqi o‘zining boy falsafiy va estetik merosiga ega. Maktab, litsey, kollejlarimizdagi estetik tarbiya shu merosga bog‘liq holda, ya’ni sharqona milliy tarbiya bilan bog‘langan. Shuningdek, maktab, litsey, kollejlarda yosh avlodga ilm-u ziyo tarqatishda o‘zida nafosat olamini jo etgan Qur’oni Karim, Hadisi Sharif kabi ma’naviy merosimizdagi shaxs tarbiyasiga taalluqli bo‘lgan axloqiy me’yorlarni, buyuk mutafakkir, alloma va faylasuflarimizning komil inson tarbiyasiga taalluqli bo‘lgan pand-nasihatlarini hisobga olish lozimdir.
Bugungi kunda jahonda nufuzi va obro‘-e’tibori oshib borayotgan O‘zbekistonda o‘quvchilarni nafosat qonun-qoidalari asosida tarbiyalash, obyektiv olam go‘zalligini ularning ongi-tafakkuriga singdirish, zamonaviy bilimlarni egallash va milliy mafkurani faqatgina ijobiy manfaatlar, hamda kelajak uchun mukammal estetik hissiyot bilan boyitish davr talabidir. Darhaqiqat, bu juda nozik va muhim ishni amalga oshirish butun o‘zbek xalqining farzandlaridan sabr-toqatli, matonatli intiluvchan bo‘lishni, estetik jihatdan nazokatli, latofatli, go‘zal, yoqimli va doimo xushchaqchaq bo‘lishni talab etadi. Farzandlarimizdagi iymon-e’tiqod, milliy g‘urur, vatanparvarlik va insoniylik kabi xislatlar mustaqil O‘zbekiston ravnaqiga o‘z ta’sirini bevosita ko‘rsatadi. O‘quvchilarning estetik tarbiyasi go‘zal insoniy tuyg‘ular, pokiza orzu-umidlar, yuksak estetik ideallar asosida amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda yoshlarni tarbiyalashda milliylik, insonparvarlik ruhi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ta’lim-tarbiya jarayoni shunchalik murakkab va serqirra jabhaki, uning o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatadigan miqdori va sifatini aniq belgilab berish qiyin. Ayniqsa, bugungi kunda o‘quvchilarni o‘zi sevgan soha va yo‘nalishlar bo‘yicha mukammal tarbiyalash kerak. Shu bois o‘quvchilarning axloqiy va estetik tarbiyasini ma’lum tizimga solish darkor. Maktab, litsey, kollejlardagi estetik tarbiya o‘quvchilardan o‘z o‘tmishini chuqur o‘rganish, mukammal estetik bilimga ega bo‘lishni talab qiladi. O‘quvchilarni estetik jihatdan tarbiyalash, kerakli zamonaviy asbob-uskunalar, darsliklar, musiqa asboblari hamda boshqa zarur narsalar vositasida amalga oshiriladi. Ko‘pchilik maktablarda o‘qituvchining yuqori bilim darajasi va estetik madaniyati o‘quvchilarni tabiat go‘zalligi va san’at asarlari asosida estetik tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 173,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə