O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi samarqand viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi



Yüklə 173,81 Kb.
səhifə1/9
tarix22.03.2024
ölçüsü173,81 Kb.
#182869
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tarbiyaviy soat darslarida o‘quvchilarni estitik madaniyatini shakllantirish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI


Tarbiyaviy soat darslarida o‘quvchilarni estitik madaniyatini shakllantirish




Samarqand-2020

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
SAMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
PEDAGOGIKA, PSIXOLOGIYA VA TA’LIM TEXNOLOGIYALARI” KAFEDRASI
Tarbiyaviy soat darslarida o‘quvchilarni estitik madaniyatini shakllantirish
( Uslubiy ko‘rsatma)

Samarqand – 2020
Mazkur uslubiy ko‘rsatma markaz direktori huzuridagi yig’ilishning 2020- yil -oktabrdagi -sonli yig’ilish qarori bilan tasdiqlangan


Tuzuvchi: X.Xudoyberdiyeva – Samarqand VXTXQTMO hududiy markazi Pedagogika,
psixologiya va ta’lim texnologiyalari kafedrasi
o‘qituvchisi.

Taqrizchilar:

G.Fayzullayeva


Samarqand VXTXQTMO hududiy markazi Pedagogika, psixologiya va
ta’lim texnologiyalari kafedrasi dotsenti




A.Abdumannotov


JTBMIMTOTMO hududiy markazi Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti



Ushbu uslubiy ko‘rsatma “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnalogiyalari” kafedrasining 2020- yil 19-sentabrdagi -sonli yig’ilish qarori bilan tasdiqlangan



SO‘ZBOSHI
Mamlakatimizda ma’naviy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar negizida inson hayotining ajralmas qismini tashkil etadigan estetik bilimlarni egallash har birimizning jamiyat oldidagi dolzarb vazifamizdir. Har bir fanda bo‘layotgan o‘zgarishlar, yangilik va kashfiyotlar yaratilishining asosida farovon hayotni barpo etish turadi. Shu bilan birga, estetik tarbiyada yuz berayotgan jarayonlar inson ma’naviy olamining boyishiga, yangicha tafakkurlashga, voqelikka bo‘lgan munosabatlarning estetik va axloqiy jihatdan go‘zal bo‘lishiga olib kelmoqda. Estetik tafakkurni shakllantirish hamda insonlardagi go‘zallikka nisbatan ishtiyoqlarining doimo yuksaklik sari ko‘tarilishi uchun zamonaviy ilm-fan yutuqlarini egallagan yoshlarni kamol toptirish davr talabi bo‘lib qoldi. Mana shu maqsadda bugungi kunda oldimizda turgan asosiy vazifamiz yoshlarning kundalik turmush tarzi bilan bog‘lanib ketgan estetik g‘oyalarni to‘g‘ri anglab etishi, o‘zlarining mustaqil tafakkur yuritishlariga xizmat qiladigan dunyoqarashlarini kamol toptirib borishlari nafaqat ularning, balki butun o‘zbek xalqining kelajakka qaratilgan orzu-umidlari sanaladi.
Estetik tarbiyaning hozirgi kundagi maqsadi, jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarga ta’siri, hayotimizni nafosat va go‘zallik tuyg‘ulari bilan boyitish, o‘sib kelayotgan barkamol avlod ongida milliy an’analarga sodiqlikni tarbiyalashdir. Ayni paytda respublikamizda ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil etish, har bir fanni tubdan isloh qilish masalasi yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ta’lim sohasini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada bosh qomusimizning 42-moddasida: «Har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g‘amxo‘rlik qiladi»1, – deb yozib qo‘yilgan. Bu barcha insonlarning har tomonlama mukammal bilim olishlari va jamiyat ravnaqiga katta hissa qo‘shishlarini ta’minlaydi.
Tarbiyaviy soat darslarida o‘quvchilarni estitik madaniyatini shakllantirish mavzusida tayyorlangan ushbu uslubiy ko’rsatmada estetik fikr taraqqiyoti, estetik ong va faoliyatning mohiyati, san’at masalalari, nafosat tarbiyasi xususidagi bilimlar, ularning jamiyat hayotidagi roli va o‘rni borasida so‘z yuritiladi. Inson go‘zalligi doimo barcha davrlarda ulug‘lanib kelingan, insonlar o‘zlarining go‘zallikka shaydo qalblari bilan hayotlarini munavvar va ravshan qilib borishga doimo urinib kelganlar. Fuqarolarning o‘z mehnat faoliyatiga ijodiy tarzda yondashishi, o‘z mehnati natijalaridan lazzatlanishi, farovon va boy-badavlat yashashi ham mehnat estetikasiga, turmush estetikasiga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirdi. Yoshlarimizni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash masalasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev fikr bildirar ekanlar: “Bu borada farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga ko‘taramiz”2, – deydi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan vazifalarni bajarish o‘quvchilar, talabalar va barcha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining estetik ongi va estetik madaniyatini zamon talablari darajasida yangi bosqichga ko‘tarishni talab qiladi.
Har birimizning ertangi hayotimiz farovon bo‘lishi uchun ta’lim sohasida amalga oshirayotgan ulug‘ maqsadlarga erishish yo‘lidagi faoliyatimizda “tariximizdagi ibratli qahramonlar, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan personajlar, milliy qadriyatlarimiz asos qilib olinsa»3, barkamol avlodni ma’nan yetuk, axloqan pok, ruhan tetik, jismonan baquvvat va aqlan teran bo‘lishiga zamin yaratgan bo‘lamiz.
Ushbu uslubiy ko‘rsatmani yozishdan maqsad ham ana shu go‘zalliklarni yosh avlod ongiga singdirish uchun qaratilganligini chuqur anglab yetmoq zarur. Hozirgi kunda estetik tarbiyada ijtimoiy taraqqiyot, ma’naviyat, hayot ma’nosi va ezgulik xususida umumbashariy muammolarni ijobiy tomondan hal etishga yo‘l ochib bermoqda. Bu esa estetik g‘oyalarni hamisha rivojlantirish, kishilar nazokati va latofatini boyishiga xizmat qiladi.




  1. Yüklə 173,81 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə