O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta



Yüklə 210,77 Kb.
səhifə23/74
tarix18.05.2022
ölçüsü210,77 Kb.
#87283
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
Marketing 08972

To’yinish (etuklik) -bozor va narxlarning barqarorlashuvi davri. Sifatsiz va raqobatga dosh bermaydigan mahsulotlar bozordan siqib chiqariladi. Tovar sotish sur’atlari tobora pasaya boshlaydi. Bu bosqichda reklama hamda xaridni rag’batlantirishning eng yomon shakllaridan foydalanishga kirishiladi, ya’ni ortiqcha shov-shuv va shubhali sifat darajalari qo’llana boshlanadi. Marketologlar uchun eng muhimi mavjud mahsulotga talabning pasayishi va uning bozordan chiqib ketishi yaqinlashayotganda uning o’rnini to’ldirish tarzida yangi mahsulotga kiritiladigan ko’shimchalarni topishdir. Yangi mahsulot bo’lmasa, eski mahsulot o’z «o’limi» bilan firmani ham ajal komiga tortib ketadi. Bundan qutulish uchun ko’pgina firmalar yangi mahsulot bilan eskisini uzluksiz almashtira borib, hayotiy jarayonining barcha bosqichlarida uning mavjud bo’lishini ko’zlab, muntazam sur’atda yangi tovar turlarini yaratish taraddudini ko’radi.

To’yinish bosqichida firma faoliyatining umumiy maqsadi mahsulotni barcha turlar bo’yicha to’liq sotishni tobora oshirib borishni ta’minlashga qaratiladi.

  1. Inqiroz (kasodlik). Mahsulotnint o’tishi qiyinlashishi bilan foyda kamayadi, raqiblar maydondan ketadi. Bu bosqich davomida firmaning maqsadi

«mahsulot tayyorlash»ni davom ettirishdan iborat bo’ladi, mahsulotni bozorga etkazib berishni to’xtatish haqida qatiy qarorga kelgunga qadar undan olish mumkin bo’lgan jami foydani siqib olish uchun shunday qilinadi. Taqsimot bilan shug’ullanadigan savdo nuqtalari «fazadan chiqib ketadi», chunki ular norentabel bo’lib qoladi.
Rag’batlantirish uchun xarajatlar nihoyatda qisqaradi. Bozorga oid axborot esa faqat mahsulotning umri etadigan nuqtani aniqlashga etarli doirada to’planadi. Tovarlarning hayotiy jarayoni kontseptsiyasi mahsulot assortimentini rejalashtirishda katta ahamiyatga ega. Mahsulot yaratish bo’yicha muntazam tadqiqotlar, tovar sotish uchun yangi bozorlar, mahsulotni qo’llashning yangi usullarini izlash zarurligini asoslab beradi. Muayyan bosqichlarda marketingning ayrim qismlari katta ahamiyat kasb etadi va boshqa qismlarga nisbatan etakchi mavqega ega bo’ladi, masalan, mahsulot assortimentini kengaytirish reklamani kuchaytirish, narxlarni pasaytirish, tovarni o’rab-joylashni o’zgartirish va hokazolar. Mahsulot hayotiy jarayonining har qanday bosqichida marketing tarkibiy qismlarining mahsulot bozorida duch keladigan raqobat sharoitlariga muvofiq bo’lgan to’g’ri yoki teng mutanosibligi topilishi lozim.

Yüklə 210,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə