O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti biologiya va kimyo fakulteti kimyo bo‘limi



Yüklə 1,4 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/28
tarix08.06.2022
ölçüsü1,4 Mb.
#89062
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28
1 oktil 67 dimetoksi 1234 tetragidroizoxinolinni flavonoidlar bilan

34
O
O
R
R=H
R=OH
35


22 
O
R
O
36
O
C
6
H
5
-X(OH)x
R
HO
OH
Cl
X=1,2,3
37
Asosiy bo‘yoqli xususiyatga ega flavonoidlar 
Flavanoidlar kumarin hosilalari olishda ham ishlatiladi. Qo‘sh bog‘li 
molekulalar zanjirining uzayishi ranglar intensivligini orttiradi. Ularga karoyinoidlar, 
spirtlar, ketonlar, aldegidlar, ketospirtlar va boshqalar kiradi. Aromatik bo‘yoq 
moddalarga gidrokso- va alkoksi o‘rinbosarlariga almashingan to‘yinmagan ketonlar 
dolchin va ferul kislotalarining hosilalari, xalkonlarning hosilalari benzoxinon, 
naftaxinon, antroxinonlar kabi moddalarning hosilalari kiradi. 
Flavonoid moddalarini tarkibidagi xromofor guruhlar bo‘yaladigan materiallar 
bilan vodorod bog‘, molekulalararo Van-der-Vals kuchlari ta’sirida kompleks bog‘lar 
hosil qiladi. Bog‘ning mustahkamligi bo‘yoq molekulasining tarkibiga, tuzilishiga, 
qo‘shiladigan singdiruvchi moddaning (yani qo‘shilayotgan tuzlarning tarkibiga) 
tuzilishiga, tabiatiga olib borilayotgan shart-sharoitiga, bo‘yoq moddasining 
eruvchanligiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Bo‘yaladigan na’muna bo‘yalish 
shart-sharoitiga tayyorlanishi kerak. Suvli muhitda olib boriladigan bo‘yash jarayoni 
suvning qattiqligi juda kichik, bo‘yoq vannasining moduli 10 dan 20 gacha (yani 
bo‘yaladigan na’muna massasiga nisbatan erituvchi miqdori 10 yoki 20 marta katta) 
bo‘lishi lozim. Na’muna bir xilda bo‘yalishi uchun eritma suyultirilgan holda hajmi 
ko‘proq bo‘ladi [7,31]. 
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar asosida flavonoidlar o‘simlik dunyosi 
olamida keng tarqalgan fenol birikmalar bo‘lib, ular o‘simlik metabolizimida faol 
ishtirok etuvchi moddalardan biri hisoblanadi. Flavonoidlar o‘simlik to‘qimalaridan 
sof holatida oson ajratiladi va tahlil etilishi yengildir. O‘simlikda ularning biosentiz 
usullari har xil, ko‘pgina biogenetik va ekologik faktorlarga bog‘liq. 


23 
Hozirgacha bunday dorivor moddalar banki juda ozdir, bungga sabab dorivor 
o‘simliklar keng qamrovli tekshirilmagan, hamda flavonoidlarning keng qamrovli 
ta’sirlar ham sistematik to‘la o‘rganilmagan. Manashu masalalarni tekshirish, yangi 
o‘simliklarni toppish, ulardan flavonoidlarni ajratib olish, kimyoviy tuzilishi va 
fiziologik ta’sirini o‘rganish hamda ular asosida dorivor moddalar yaratish bioorgnik 
kimyoning muhim va dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. 
Biologik faol birikmalarning kiyoviy tabiatini o‘rganish, bu tirik organizmning 
paydo bo‘lishi va rivojlanishini tushinish uchun asosdir. Flavonoidlarning o‘simlik 
hayotidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lib, quyidagi fikrlar aniqlangan. 
Flavonoidlar o‘simliklarning o‘sishida, kasallikka chidamli bo‘lishida, 
hashoratlarni o‘ziga jalb qilib va gullarni changlanishida hamda mevalar 
shakillanishida ishtirok etadi. 
Ko‘kamaron flavonoidlarga boy o‘simlik va dorivor xususiyatlarga ega. 
Ulardan olingan dori vositalari meditsinasida turli hastaliklarga, yani yurak 
xastaliklarini davolash, markaziy nerv sistemalarini tinchlantiruvchi vosita sifatida, 
qon bosimini tushiruvchi gepertoniya va uyqisizlik kasalliklarini davolashga, 
oshqozon-ichak kasalliklarini davolashda surinkali ich ketish va sil kasalliklarini 
davolashda, revmatizm, genikologik kasalliklar, hamda turli xil xronik kasalliklarga 
qarshi davolovchi vosita sifatida ishlatib kelingan. Flavonoidlar asosida yaratilgan 
dorivor vositalarga bo‘lgan talab yil sayin oshib bormoqda. Yuqorida keltirilgan 
ma’lumotlar flavonoidlarni kimyoviy va biologik jihatdan keng qamrovli tadqiq 
qilish dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi. 

Yüklə 1,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə