Muhammad Ali, Muhammad Ali Ahmedov 1942-yil 1-martda Muhammad Ali



Yüklə 5,83 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü5,83 Kb.
#155061
Muhammad Ali, Muhammad Ali Ahmedov 1942-yil 1-martda-fayllar.org


Muhammad Ali, Muhammad Ali Ahmedov 1942-yil 1-martda




Muhammad Ali
Ahmedov
Muhammad Ali, Muhammad Ali Ahmedov (1942-yil 1-martda
Andijonning

Boʻz tumanida


tugʻilgan) — U
shoir
,
yozuvchi
,
olim
,
tarjimon
,
pedagog
va
jamoat arbobi
. Filologiya fanlari
nomzodi (1992).
Bekoboddagi
oʻrta maktabni (1959),
Moskvadagi
Gorkiy nomidagi adabiyot
institutini (1966) tamomlagan. Qisqa muddat
Andijon
va
Fargʻona
viloyatlari maktablarida
oʻqituvchilik qilgan (1962-1963). Adabiyot va sanʼat nashriyotida muharrir, boʻlim mudiri, bosh
muharrir (1967-1985), Oʻzbekiston Televideniyesida bosh muharrir (1985-1988),
Oʻzbekiston
yozuvchilar uyushmasida
Tarjima markazi raisi (1989-1993), [[Toshkent universitetida Etika
va estetika kafedrasi mudiri, professor (1993–1996), G'afur G'ulom nashriyotida oʻzbek
adabiyoti bo'limi boshlig'i (1997–1999), Xalqaro Oltin Meros xayriya jamgʻarmasi boshqaruvi
raisi (1999–2003) boʻlib faoliyat koʻrsatgan. 2003-yildan u xalqaro Amir Temur xayriya
jamgʻarmasi boshqaruvi raisi bo'lib ishlagan (2003-2013). 2013-yildan 2017-yilgacha
Oʻzbekiston yozvuchilar uyushmasi raisi. Muhammad Ali o'n uch yil davomida
AQSHning
Washington Universitetida
oʻzbek tili va adabiyotidan saboqlar bergan (1992-2005).



Ijodi
Muhammad Ali


nazmda
,
nasrda
,
publisistikada
koʻplab asarlar ijod etgan. Soʻnggi 35 yil
davomida 20 ta sheʼriy toʻplami
oʻzbek
,
rus
,
qozoq
,
qoraqalpoq
tillarida chop etildi. Uning
"Boqiy dunyo"
(1979) sheʼriy romani adib ijodida muhim oʻrinni eqallaydi. Asar oʻzbek xalqining
chor mustamlakasiga qarshi koʻtarilgan Andijon (Dukchi Eshon) va Jizzax qoʻzgʻolonlari
tarixiga bagʻishlangan. Unda mustamlaka davrida oʻzbek adabiyotida Dukchi Eshon obrazi
birinchi marta jasorat bilan yoritib berilgan. Sheʼriy roman rus tiliga tarjima etilib 1984-yilda
Toshkentda
bosib chiqarildi (tarjimon
Marina Kudimova
). Ruscha tarjima mashhur shoir
Yevgeniy Yevtushenkoning
ijobiy taqrizi bilan nashr qilingan edi.
Temuriylarga bag'ishlangan asarlari
Muhammad Ali ijodida
Amir Temur
davri va shaxsini yoritish asosiy oʻrinlardan birini
egallaydi. Adib ijodining dastlabki yillaridanoq bu mavzu tazyiq etilganiga qaramay, u Amir
Temur haqida sheʼrlar yozdi, keyinchalik maktab darsligiga kiritilgan
"Gumbazdagi nur"
(1968)
dostonini yaratdi, romanlar, maqola va esselarni eʼlon qildi. Umuman olganda, oʻzbek
adabiyotida sohibqiron Amir Temur siymosining yaratilishi uni oʻquvchi suygan obraz sifatida
ifoda etilishida Muhammad Alining xizmatlari beqiyosdir.
"Sarbadorlar"
roman dilogiyasida
(1989) mustamlaka davrida oʻzbek adabiyotida birinchi boʻlib nasrda Amir Temur siymosini
tasvirlab berdi. Adib dadillik bilan
"Ulug' saltanat"
epopeyasini yaratishga kirishdi. 2003-yilda
epopeyaning birinchi kitobi
"Jahongir Mirzo"
eʼlon qilindi va 2008-yilda turk tiliga tarjima
qilinib
Istanbul
,
Turkiyada
bosildi (tarjimon A. Yenis Turan). Keyin ikkinchi kitob
"Umarshayx
Mirzo"
(2006) nashr etildi. Uchinchi kitob
"Mironshoh Mirzo"
romani esa 2010-yilda bosilib
chiqdi. Nihoyat, 2013-yilda epopeyaning soʻnggi romani
"Shohrux Mirzo"
yozib tugatildi va
chop etildi. Oʻzbek adabiyotidagi birinchi roman-epopeya deb hisoblanadigan „Ulugʻ saltanat“
epopeyasi ustida yigirma bir yil mehnat qilganini alohida taʼkidlash kerak.
Muhammad Ali
Tavallud sanasi:
1-mart 1942-yil
Kasb:
Oʻzbekiston Xalq Yozuvchisi, shoir, olim,
tarjimon, pedagog
Magnum opus
:
"Boqiy dunyo", „Gumbazdagi nur“, „Sarbadorlar“,
„Ulugʻ saltanat“






Soʻnggi tahrir 2 kun avval

185.139.139.193
tomonidan amalga oshirildi
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Muhammad_Ali_Ahmedov&oldid
=3169742
" dan olindi
= "Abadiy sogʻinchlar" roman-xronikasi



http://fayllar.org
Yüklə 5,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə