O‘zbekiston kitob grafikasi san’ati Darsning maqsadi va vazifasi: Ta’limiy maqsad



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə5/74
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#163984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
6 sinf tasviriy sanat

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi

3 daqiqa



2

O’tilgan mavzuni takrorlash

Takrorlash, mustahkamlash,
yangi mavzu bilan bog’lash

8 daqiqa

3

Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish

Yangi mavzuni tushuntirish

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

Dars yakuni va baholash

G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish

3 daqiqa

6

Uyga vazifa

O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi

2 daqiqa


I. Tashkiliy qism.
O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.
1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.

1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:
1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:
O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.


II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
VII asrdan XIII asrgacha Xitoyda o‘rta asming eng katta davlatlari Tan va Sun imperiyasi paydo bo‘ldi. Bu davrda shaharlar rivojlanib, hunarmandchilik va madaniyat markazlariga aylandi. Xitoy san’ati yuksaklikka erishib, dastgoh rassomligi yetakchi o£rinni egalladi. Tan va Sun asri rassomligi san’atida insonni tabiat go‘zalligiga bo‘lgan cheksiz muhabbati o‘z ifodasini topdi. Xitoy san’atida «Gul va qushlar» janri parda, yelpig‘ich va boshqa buyumlarga rasmlar ishlandi. Tan asrida devoriy rassomlik rivojlandi. Budda monastirlari, saroylari devoriy rasmlar bilan bezatildi. Bu davr rassomlari manzara janrida ishlab, asarlarida baland tog‘ cho‘qqilari, sukunatli o‘rmonlami tasvirladilar. Bu manzara san’ati Sun asrida yanada boyitildi. Sun davri manzarachi rassomlaridan Go Si (1020-1090-y.) o‘z risolalarida tabiatni chuqur o‘rganish asosida asar yaratishni, o‘tmish an’analarini yaxshi bilsagina rassom o‘z uslubini yaratishini ko‘rsatdi.
Go Si “Kuz tumani” asarida havo perspektivasidan foydalanib, tuman ichidagi cheksiz ulug‘vor tabiat obrazini yaratdi. Rassom asardagi birinchi rejani to‘q bo‘yoqlarda aniq qilib ishlab (daraxt va kulbalar), keyingi rejadagi narsalami yengil ishlab, tabiat cheksizligi va ulug‘vorligini ko‘rsatib berdi.
Sun asrining mashhur rassom- laridan Ma Yuan (1190-1279-y.) o‘z manzaralarida sanoqli obraz va predmetlardan foydalanadi. Ras- somning “Tog‘ yon bag‘rilarida olim shogirdi bilan” asari olim va shogirdini kenglikda tanho tas- virlaydi. Ko‘lning qirg‘oqlari yengil tuman ichida daraxt vako‘l ko‘rinmaydi. Rassom chiziqlar yor- damida ushbu harakatni namoyon etadi.

Yapon rassomchiligi maktabi “Yama- to-ye”ning shakllanishi X asrlarga to‘g‘ri keladi. Yamato-ye - “yapon rassomchiligi” ma’nosini bildiradi.
Yamato-ye rassomlari yil fasllari manzaralarini, kitob uchun illyus- tratsiyalami chizdilar. Uy devorlarmi bezab, pardalar uchun rasmlar ishladilar. XIII-XIV asrlarda portret san’ati rivojlandi. Portretchi rassomlardan Fudzivara Takonobu (1142-1205) chizgan “Kamakura hokimi Minamoto Yoritoma” por- treti juda mashhurdir. Keyinchalik Yapon san’atida manzara janrini ishlash rivojlanib bordi. Ayniqsa, XV asrdan keyin bu janr keng yoyildi.
Manzaralar gorizontal va vertikal shoyilarga ishlangan. Devoriy snratlar uchun to‘q-ko‘k yoki oltin hal fon olinib, ustidan yorqin bo‘yoqlar bilan ishlangan. XVII asrga kelib, demokratik Ukiyo-ye maktabi shakllandi. Bu maktab “Kundalik hayot san’ati” ma’nosini anglatib, yetuk yapon rassomlari o‘z asarlarida oddiy xalq orasidagi kundalik hayot qahramonlarining mehnati, xatt harakati va go’zalligini tasvirladilar.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə