O‘zbekiston kitob grafikasi san’ati Darsning maqsadi va vazifasi: Ta’limiy maqsad



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə2/74
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#163984
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
6 sinf tasviriy sanat

DARSNING BLOK CHIZMASI:



DARS BOSQICHLARI:

Bajariladigan ish mazmuni

Ajratilgan vaqt

1

Tashkiliy qism

Salomlashish, davomatni aniqlash, sinfni darsga tayyorlash,kun tarixi aytiladi

3 daqiqa



2

O’tilgan mavzuni takrorlash

Takrorlash, mustahkamlash,
yangi mavzu bilan bog’lash

8 daqiqa

3

Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish

Yangi mavzuni tushuntirish

14 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

Yangi mavzuni mustahkamlash

15 daqiqa

5

Dars yakuni va baholash

G’olib guruhni aniqlash, rag’batlantirish. Darsning so’ngi xulosasini chiqarish

3 daqiqa

6

Uyga vazifa

O’qituvchi tomonidan uyga vazifa e’lon qilinadi va keyingi mavzuga tayyorlanib kelish yo’nalishini aytib o’tadi

2 daqiqa


I. Tashkiliy qism.
O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.
1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.

1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:
1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:
O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.


III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
0‘rta asrlar san’ati turli mamlakatlarda turli davrlarda boshlangan va davom etgan. Yevropada IV asrdan boshlanib, XIII-XIV asrlarda Italiya shahar davlatlarining vujudga kelgunicha davom etdi. Yevropadagi boshqa Qadimgi Rus, Vizantiya mamlakatlarida VII- VIII asrlarda boshlanib, XVII asming oxirigacha davom etdi. Sharq mamlakatlaridan Xitoy, Hindistonda o‘rta asrlar san’ati birmuncha erta boshlanib, XIX asrda ham davom etdi. 0‘rta Osiyoda 0‘rta asrlar san’ati VII asrdan boshlanib XVII asrgacha davom etdi. 0‘rta asrlar san’ati jahon xalqlari milliy madaniyatining gullab-yashnashida asosiy bosqich hisoblanadi. Shu davrdan boshlab milliy o‘ziga xos san’at shakllanib, juda ko‘p mahalliy maktablar paydo bo‘la boshladi. 0‘rta asrlar san’ati asarlarida hayot go‘zalligi tarannum etilib, tabiat latofati aks ettirildi.
Yaratilgan tasviriy san’at asarlarida xalqning insoniylik, ma’naviy poklik haqidagi orzu-niyatlari o‘z ifodasini topdi. Rassom uchun faqat voqelikni “o‘ziga o‘xshatish emas”, balki ishlagan tasviri orqali bir fikmi bayon etish, his-tuyg‘uni ifodalash muhim edi. 0‘rta asrlar san’atini o‘rganar ekanmiz, me’morlik san’ati asosiy o‘rinni egallashini ko‘ramiz. Yevropadagi ibodatxonalar, musulmon sharqida hashamatli masjidlar, buddizm yodgorliklari hozirgi davrgacha insonni hayratga soladi. 0‘rta asr san’atida muhim madaniyat o‘choqlaridan biri Vizanti- ya san’atidir. Mazkur san’at IV asrdan boshlanib, VI-VII asrlarda gullab- yashnadi. Konstantinopoldagi Sofiya ibodatxonasi o‘ziga xos konstruktiv tuzilishga ega bo4 lib, Vizantiya, Grek va Rim me’morligi an’analarining mahalliy an’analar bilan uyg‘un~ lashishidan vujudga keldi. Vizantiya me’morligida xona keng bo‘lishiga alohida e’tibor berilgan. Xona ichining kengligi, serhashamligi insonni hayratga solishga qaratilgan edi. Vizantiya tasviriy san’atida rangtasvir yetakchi o‘rinni egallaydi. Iso obrazi, apostollar, Bibi Maryam va avliyolar tasviri ikonografiyasi yaratilib, boshqa joylarga tarqatildi. Х-ХП asrlarda san’at taraqqiyoti yangi bosqichga ko‘tarila boshladi. Bu taraqqiyot bosqichi roman asri san’ati deb ataladi. Roman so‘zi lotincha “rimniki” degan so‘zdan olingan. Roman uslubida qurilgan binolar birmuncha past; ko'rinishi jiddiy va og ‘ir, devorlari qalin va mustahkam, eshik, darvoza va derazalari ensiz. Bino ustunlari dag'al va уоng‘on. Ichki devorlarida tekis yuzalar ko'pligi mahobatli rangtasvir ishlashga imkoniyat yaratdi. Me'morlik san'ati vitraj va haykaltaroshlik bilan bog ‘liq holda rivojlandi Roman me'morligining yana bir jihati tomining gumbaz shaklida yopilib, darchalarining joylashtirilganligidm XI asrda bu me’morlik san’atning eng gullagan davri hisoblanadi. Fransiyada roman uslubida qurilgan binolar o‘zining dekorativ o‘yma naqsh, bo‘rtma tasvirlari bilan namoyon bo‘lgan bo‘Isa, Germaniyada qurilgan binolar ulug‘vorligi, kubsimon aniq shakllari, og‘ir minoralarining ko‘pligi bilan ajratib turadi.



Italiya me’morligida uslub rang-barangligida tarqoqlik mavjud bo‘lib, Vizantiya roman san’ati ta’siri, boshqa joylarda roman san’ati, yana boshqa bir joyda antiqa an’analar ta’siri sezilib turardi. Roman me’morligida devoriy surat, vitrajlar, mahobatli dekorativ haykaltaroshlik XII asrgacha rivojlanib bordi. Roman tasviriy san’atida esa devor va shiplami qoplagan rangdor suratlar asosan diniy mavzuga bag‘ishlanganligi bilan ajralib turadi. Fransiyadagi San-Saven cherkoviga ishlangan “Mixailning ajdaho bilan olishuvi” surati fransuz roman san’atiga xos tomonlari bilan xarakterlidir. Roman haykaltaroshligining rivojlangan davri XII asrga to‘g‘ri keladi. Haykaltaroshlik mavzusi “Iso va nning shogirdlariga” hunarmand, dehqon, aktyorlar hayotiga bag’ishlangan bo‘lib, asosan relef tarzida ishlangan. Yevropa XII-XV asrlar san’ati “gotika san’ati” deb ataladi. Gotika - italiyancha “gotlarniki” degan ma’noni bildiradi. Gotlar german qabilalaridan biri bo‘lib, ular san’atining ta’siri, san’at rivojida kuchli bo‘lganligini anglatadi. Gotika san’ati XII asming ikkinchi yarmida Fransiyada paydo bo‘lgan. XII asrdan XV asrgacha davom etgan gotika san’ati o‘ziga xos uslubi bilan farq qilib rivojlandi.

Gotika uslubida qurilgan binolar roman uslubida qurilgan binolardan katta va ulug "vorligi, serjilvaligi, yuqoriga intiluvchanligi bilan ajralib turadi. Gotika soborlarining minoralari muhim ahamiyatga ega bo‘lib, shahami kuzatib turish va yong ‘in о ‘chiruvchilar uchun mo‘ljallangan edi. Minoraning uchki qismi xo ‘roz tasviri bilan tugallangan bo ‘lib, bu ziyraklik mazmunini anglatadi. Gotika me’morligida nayzasimon arka muhim o‘rin egallaydi.
Arkalaming uchli bo’lib ko‘rinishi hamma narsa yuqoriga, falakka intilayotgandek tuyuladi. Haykaltaroshlik va me’morlikning dekorativ elementlari bino old tomonini yanada serjilva, nafis bo‘lishiga xizmat qildi. Bino ichki devorlarida tekis yuzalar kamligi tufayli mahobatli rangtasvir rivojlanmadi. Bino derazalari vitraj kompozitsiyalari bilan bezatildi. Gotika me ’morligi haykaltaroshlik bilan uzviy bog‘liq holda rivojlandi. Roman me’morligida haykaltaroshlik ko‘proq bo‘rtma ko‘rinishida ishlangan bo‘Isa, Gotika me’morligida haykaltaroshlik ko‘pincha dumaloq haykal ko‘rinishida ishlandi.
1314-yillarda, qariyib bir yarim asr davomida qurilgan ilk gotika uslubidagi bino hisoblanadi. Masalan, Reymsdagi soborda 2000 dan ortiq dumaloq haykal ishlangan edi. Reymsdagi sobor qurilishi XIII asrda boshlanib, XIV asrda tugallangan. Bino uzunligi 150 metr, minoralaming balandligi 80 metr bo‘lib, gotika san’atining eng rivojlangan davrida namoyon bo‘ldi. Gotika tasviriy san’atida derazalaming kattaligi vitraj san’atini rivojlanishiga olib keldi. Rassomchilik esa miniatyura san’ati sifatida XIII asrdan boshlab XV asrgacha davom etdi. Gotika miniatyuralarida zodagonlar va dehqonlar hayoti, tabiat manzaralari, yil fasllariga bag‘ishlangan asarlar yaratildi. Gotika haykaltaroshligi yetakchi san’at bo‘lib, me’morlik bilan bog‘liq holda, dumaloq haykal sifatida namoyon bo‘ldi.
VII-VIII asrlarda ishlangan 0‘rta Osiyo san’atiga oid Samarqand, Buxoro, Surxondaryodan topilgan devoriy suratlar, ganch o‘ymakorligi odam va hayvon bo‘rtma tasvirlari 0‘rta Osiyoda yuksak madaniyat mavjud bo‘lganligidan so‘zlaydi. IX-X asrlarga kelib 0‘rta Osiyo me’morlik san’ati jonlandi, o‘ta nodir yodgorliklar vujudga kela boshladi. Bino qurish texnikasi mukammallashdi. Pishiq g'isht keng qo'llanildi.
Egri ravoqli tomlar, gumbazli binolar qurilishi yo‘lga qo ‘yildi. Ark, yarim arklar, eshik, darcha, tokcha va taxmonlar ishlatila boshlandi. IX asrda qurilgan O'rta Osiyo me’morligining eng nodir yodgorligi Somoniylar maqbarasi bo 'lib, va jahon me’morlik san ’atining yodgorligi hisoblanadi. Maqbara asosi kvadrat bo ‘lib, to ‘rt tomonida nayzasimon arkli eshik mavjud.
Maqbara tashqi tomondan tepaga qisqarib borib, uning ustiga о ‘rnatilgan gumbaz yarim aylana shaklidagi qozonni eslatadi. Binoning tashqi devor yuzasida pishiq g'isht badiiylashtirilib shunday taxlanganki, va xushmanzara va takrorlanmas joziba kasb etadi.
XI-XII asrlarda O'rta Osiyoda asosi kvadrat shaklidagi peshtoq gumbazli maqbaralar qurilishi rivojlandi. Bino peshtoqlari о ‘ymakorlik san’ati bilan bezatildi.
Me’morlikning minora qurilishi keng rivojlandi. 0‘rta Osiyoda qurilgan eng baland minora balandligi 50 metrlik Buxorodagi Kalon masjidi minorasi, shuningdek, Surxondaryodagi Jarqo‘rg‘on minorasi diqqatga sazovor bo‘ldi. Bu yodgorliklar yuzasidagi naqshlar g‘isht terish yordamida mahorat bilan hosil qilingan.
Amir Temur va Temuriylar davrida o‘rta asr san’ati va madaniyati gullagan davmi boshidan kechirdi. Bu davrda hashamatli va go‘zal binolar qurildi. Me’morlik, rassomlik va amaliy bezak san’ati, xattotlik bilan boyitilib yuksak badiiy estetik ahamiyat kasb etdi. 0‘rta Osiyo me’morligining durdonasi Temuriylar maqbarasi bo‘lib, bino sakkiz qirrali asos, silindrik baraban va qirrali ko‘k moviy gumbazdan tashkil topgan. Bino ichi o‘yma va rangli naqshlar bilan bezatilgan. Devorlari marmar bilan pardozlangan. Temur va Temuriylar davri me’morligini “Shohizinda” me’morlik majmuasisiz tasawur etib bo‘lmaydi. “Shohizinda” (tirik shoh ma’nosini anglatadi) XIV-XV asrlaming birinchi yarmida qurilgan yodgorliklardan tashkil topgan. “Shohizinda” 1434-1435-yillarda Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan. Ansambldagi maqbaralar turli davrlarda qurilgan bo‘lsa- da, yagona me’morlik kompozitsiyasi sifatida idrok etiladi.
Ansamblga kirishga yaqin joy da XV asr qo‘sh maqbarasi joylashgan. Bir-biriga yaqin qurilgan qator maqbaralar Amir Temur tomonidan XIV asming 70-80-yillarida qurdirilgan. Ansambl so‘nggida Temuriylarga qadar qurilgan maqbaralar hamda “Qusam ibn Abbos” maqbarasi joylashgan. “Shohizinda” ansamblini XIV asr o‘rtalarida qurilgan “Xo‘ja Ahmad” maqbarasi tugallaydi. 0‘rta Osiyoda X asrgacha kitobni badiiy bezash, sahifalariga miniatyuralar chizish mavjud bo‘lganligini yozma manbalar tasdiqlaydi. 0‘rta Osiyo tasviriy san’ati XIII asr oxiridan XV asrlarga kelib rivojlandi. Bizgacha devoriy surat qoldiqlari, miniatyuralar, asl qo‘lyozma asarlari yetib kelgan. 0‘sha davr yozma manbalari Temur va Temuriylar davrida rasm chizish ravnaq topganligini ta’kidlaydi.
Amir Temur qurdirgan Samarqand yaqinidagi saroy devorlariga sohibqiron jasoratini aks ettiruvchi batal janridagi kompozitsiyalar ishlanganligi, Ulug‘bek qurdirgan rasadxona devorlari tabiat manzaralari bilan bezatilganligi haqida yozma ma’lumotlar bor.
0‘rta Osiyo tasviriy san’atida kitobni bezash, xattotlik, miniatyura san’ati o‘ziga xos jozibasi bilan ajralib turadi.


IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə