O‘zbekiston kitob grafikasi san’ati Darsning maqsadi va vazifasi: Ta’limiy maqsad



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə14/74
tarix27.12.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#163984
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
6 sinf tasviriy sanat

II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Guruhlarda ishlash”
O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.
III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish
Kompozitsiya — lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, badiiy asaming qurilishi, g‘oyasi, xarakteri, degan ma’noni bildiradi. Kompozitsiya so‘zining ma’nosi - tasvir ifodasini tuzmoq, shakl yaratmoq, tasvirlan- gan shakllaming o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtiimoq - umu- miylikka olib kelmoq, ularga badiiy mazmun ifodasini singdirmoqdir. Kompozitsiya - san’atning barcha turlarida, shu jumladan, tasviriy san’atda asosiy o‘rinni egallaydi. U asar yaratishdagi eng muhim vazifa hisoblanadi. Tasviriy san’atda kompozitsiyaning uch turi qo‘llaniladi.
1. Rangtasvir kompozitsiyasi insonda badiiy did, tafakkumi o‘stiruvchi, dunyoqarashni kengaytiruvchi rang go‘zalligi bilan tasvirlanadigan rangtasvir asarlami yaratish qoidalarini o‘z ichiga oladi.

2.Haykaltaroshlik kompozitsiyasi bo‘rtma va dumaloq haykal yaratish uslublarini o‘z ichiga oladi.


3.Dekorativ kompozitsiya tasviriy, amaliy va me’morlik san’atlarida qo‘llaniladigan badiiy bezak berish ishlarini o‘z ichiga oladi.
Tasviriy san’atda kompozitsiyaning ikki yo‘nalishi mavjud.
Birinchi yo‘nalish: frontal kompozitsiya bo‘lib, bunda tasvir tekislik yuzasida bajariladi. Bularga grafika, rangtasvir va relefli bo‘rtma haykallar kiradi.
Ikkinchi yo‘nalish: hajmli kompozitsiya bo‘lib, bunda tasvir uch o‘lchamga ega bo‘ladi va uni har tomondan ko‘rish mumkin. Bularga dastgohli va mahobatli dumaloq haykallar kiradi.
Kompozitsiya asarini yaratish uchun bir necha bosqichli jarayonni amalga oshirish zarur bo‘ladi:
1.Asar mavzusini tanlash.
2.Mavzu bo‘yicha eskiz variantlarini ishlash.
3.Eskizlar orasidan eng yaxshisini tanlash.
4.Eng yaxshi eskizni imkon darajasida boshqa eskizlar bilan uyg‘unlashtirib, mavzuga mos haqiqiy asami yaratish.



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə