O`yin texnikasi reja



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə9/11
tarix12.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#148594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-MARUZA O`YIN TEXNIKASI yangi

Dastlabki faza- yugurib kelish. Yugurib kelishning uzun-qisqaligi, uning tezligi fiutbolchining individual xususiyatlari va taktik vazifalariga qarab belgi-lanadi. Biroq har gal yugurib kelayotganda, to’pni oldindan o`ylab qo`yifgan oyoq bilan tepadigan qilib mo`ljal olish kerak. Bunga eng so`nggidan bitta oldingi qadamni qisqartirib yoki uzaytirib erishsa bo’ladi. Yugurish qadamlarining o`rtacha uzunligi katta yoshli futbolchilarda 130-150 sm ga teng bo`ladi. Yugurib kelish zarba beruvchi bo’g’inlar tezligini oldindan oshirib olishga yordam beradi. Tayyorlanish fazasi - zarba beruvchi oyoqni orqaga silkish va tayanch oyoqni yerga qo’yish. Yugurishning so’nggi qadami vaqtida ortki depsinishdan keyin juda muhim kichik faza ijro etiladi. Sonni anchagina, ba’zan esa maksimal darajada orqaga tortib tizzani bukish pirovardida keraklicha kuch bilan tepish imkonini beradi, chunki bunda oyoqning to’pgacha yetib keladigan yo’li uzayadi va sonning oldingi yuzasi mushaklari tarang tortiladi. Bundan tashqari, son anchagina orqaga tortilganda, harakatlantiruvchi mushaklaming hammasi ham cho’ziladi va keyingi bukish harakatida ishtirok etadi. Bulaming hammasi harakat oxirida katta tezlikka erishish imkonini beradi. Zarba beruvchi oyoqni orqaga tortishni to’g’ri bajarish uchun yugurib kelishda so’nggi qadamni sal uzaytirish kerak. Bu qadam, odatda, boshqalaridan 35-45% uzun bo’lib, 200-250 smni tashkil etadi. Tayanch oyoq to’pdan o’ng yoki so’l tomonga qo’yiladi.

Darvozabonning o`yin texnikasi

Darvozabonning o`yin texnikasi maydon o`yinchisining o`yin texnikasidan tubdan farq qiladi. Bu darvozabonga qoidaga binoan jarima maydoni ichida qo`l bilan to’p o`ynashga ruxsat etilgani bilan bog`liqdir. Quyidagi usullar guruhi darvozabonning o`yin texnikasiga kiradi: to`pni ilib olish, qaytarish, o`tkazib yuborish va tashlash. O`yinda sheriklar va raqib jamoasi o`yinchilaming qayerda turganiga, shuningdek, to’p harakatining yo’nalishi, traektoriyasi va tezligiga qarab darvozabon harakatining xilma-xil usullari, usul va turlari qo`llaniladi. Ulaming tasnifi 50-rasmda berilgan. O`yin jarayonida darvozabon maydon o`yinchisi ixtiyoridagi kerakli texnik usullardan foydalanaveradi. Texnik usullaming muvaffaqiyatli bajarilishi ko`p jihatdan darvozabonning harakatga qanchalik tayyor turganligi bilan belgbilanadi. Darvozabonning to`g`ri dastlabki holatda bo`lishi uning harakatga tayyor ekanligi omillaridandir. Bunday dastlabki holat oyoqlami yelka kengligida kerib, sal bukib turish bilan ifodalanadi. Yarim bukik qo`llar ko`krak balandligida oldinga uzatilgan. Kaftlar olg`a tomon ichkariga qaragan. Barmoqlar sal bo`shashtirilgan. Dastlabki holatning to`g`ri bo`lishi darvozabonga og`’irlik markazi o`qini tezlik bilan tayanch sathidan tashqari chiqarib olib, lozim bo’lgan harakatlami oddiy, juftlama yoki chalishtirma qadam tashlab, sakrab va yiqilib bajarish imkonini beradi.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə