O`yin texnikasi reja



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə4/11
tarix12.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#148594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-MARUZA O`YIN TEXNIKASI yangi

Tisarilib yugurishdanasosan to`pni olib qo`yishda va to`pni olishda qatnashayotgan himoyadagi o`yinchilar foydalanadilar. Yugurishning bu turi ham siklik (qo`shaloq qadamli) bo`ladi. Qisqa-qisqa, lekin tez-tez 3.2. Harakatlanish texnikasi qadam tashlash, havoda uchish fazasining qariyb yo`qligi o`nga xos xususiyatdir. Buning sababi siltanish oyog`i orqaga uzatilganda sonning yozilishi cheklanganligidadir. O`yin sharoiti ko’pincha maksimal tezlikda tisarilib yugurishni talab qilib qoladi. Bunda tezlik qadam chastotasini oshirish hisobiga orttirilib, bu ko’proq oyoqning orqaga faol harakat qilishiga bog`Iiq. Tisarilib yugurayotganda, o`yinchi ba`zan muvozanatni yo`qotib yiqilib tushadi. Tayanch oyoq vertikal turgan paytda gavdaning og’irlik markazi o`qi tayanch yuzasining tepasida turishi o`yinchi holatining turg’un bo`lishi shartlaridan biridir.

Chalishtirma qadam tashlab yugurishdan harakat yo`nalishini o`zgartirish uchun, turgan joydan o`ngga yoki chapga siltanib yugurish paytida, burilib olgandan keyin foydalaniladi. U harakatlanishning spesifik vositasi bo`lib, asosan boshqa yugurish turlari bilan birga qo`shib qo`llaniladi.

Chalishtirma qadam tashlab yugurishdan harakat yo`nalishini o`zgartirish uchun, turgan joydan o`ngga yoki chapga siltanib yugurish paytida, burilib olgandan keyin foydalaniladi. U harakatlanishning spesifik vositasi bo`lib, asosan boshqa yugurish turlari bilan birga qo`shib qo`llaniladi.

Chalishtirma qadam tashlab yugurish yon tomonga ijro etiladigan yugurish qadamlari bilan ifodalanadi (3-rasm). Qadam tashlash siklining birida (qo`shaloq qadam) siltanuvchi oyoq tayanch oyoqning oldiga chalishtirib o`tkaziladi. Yugurish paytida havoda uchish fazasi juda qisqa. Juftlama qadam tashlab yugurishdan taktik jihatdan zarur holatga o’tishda (masalan, o`yinchi oldini to`sib olishda) foydalaniladi. U dastlab harakatlanish fazasi sifatida qo`llaniladi. Keyinroq o`yindagi vaziyatga qarab, harakatlanish texnikasining turli usullari sifatida ijro etiladi.

Juftlama qadam tashlab yugurish oyoqlarni sal bukib bajariladi (4- rasm). Birinchi qadamni harakat yo`nalishiga yaqin oyoqdan boshlab, yon tomonga tashlanadi. Ikkinchi qadamda oyoqlar juftlanadi. Depsinish va siltanish harakatlarida zo`r berish yuqori tomonga emas, balki yon tomonga yo`naltiriladi. Sakrashlar. To`xtash va burilish usullarining ba`zilarini ijro etishda sakrashdan foydalaniladi. Sakrash zarba berishning ayrim usullari, to`pni oyoqda, ko`krakda, kalla bilan to`xtatib qolish va ba`zi fintlar texnikasining qismiga kiradi. O`yindan oldin, yon tomonlarga, yuqoriga hamda shularga yaqin yo’nalishlarda sakraladi. O`yindagi vaziyat ko`pincha maksimal baland yoki maksimal uzun sakrashni talab qilmaydi. Bunda sakrashning samaradorligi futbolchining koordinasion qobiliyati bilan belgbilanib, futbolchi turli dastlabki holatlardan fazo, vaqt va kuch xarakteristikalari optimal bo’lgan harakatlar qilishi kerak bo’ladi. Barcha xil sakrashlarda depsinish, havoda uchish va yerga tushish fazalari bo`ladi. Sakrashning ikki xil usuli bor: bir oyoqda depsinib sakrash va ikki oyoqda depsinib sakrash.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə