O`yin texnikasi reja



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə8/11
tarix12.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#148594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-MARUZA O`YIN TEXNIKASI yangi

To`pga zarba berish

To`pga zarba berish futbol o`ynashning asosiy vositasi hisoblanadi. To`pga oyoq bilan va kalla bilan turli usullarda zarba beriladi (7-rasm). Zarba berishning barcha usullari muayyan maqsadga qaratilgan bo`lib, bu to`pning kerakli traektoriya bo`ylab harakatlanishi va optimal tezligi bilan xarakterlanadi. To`pning uchish tezligi zarba beruvchi bo`g`in bilan to`pning o`zaro to`qnashgan paytdagi boshlang’ich tezligiga, shuningdek, ular massasining bir-biriga nisbatiga bog`liq. O`zaro ta`sir etuvchi bo`g`inlaming massasi nisbatan muhim bo`lgani sababli to`pning uchish tezligini oshirish uchun zarba beruvchi bo`g`in tezligini oshirishi kerak bo`ladi. To`pga oyoq bilan zarba berish.To`pga oyoq bilan zarba berish oyoq kaftining ichki tomoni bilan, oyoq yuzining ichki, o`rta va tashqi qismlari bilan, oyoq uchi bilan, tovon bilan bajariladi. Zarbalar harakatsiz to`rgan to`pga, shuningdek turli yo`nalishlarda dumalab va uchib kelayotgan to`pga turgan joydan, harakat vaqtida, sakrab turib, burilib, yiqila turib beriladi. Oyoq bilan to`p tepish yo`llari juda xilma-xil bo`lishiga qaramay, ular texnikasini tizimli tuzilishi jihatidan tahlil qilish ko`p usullar uchun umumiy bo`lgan asosiy harakat fazalarini ajratib ko’rsatish imkonini beradi.

Dastlabki faza- yugurib kelish. Yugurib kelishning uzun-qisqaligi, uning tezligi fiutbolchining individual xususiyatlari va taktik vazifalariga qarab belgi-lanadi. Biroq har gal yugurib kelayotganda, to’pni oldindan o`ylab qo`yifgan oyoq bilan tepadigan qilib mo`ljal olish kerak. Bunga eng so`nggidan bitta oldingi qadamni qisqartirib yoki uzaytirib erishsa bo’ladi. Yugurish qadamlarining o`rtacha uzunligi katta yoshli futbolchilarda 130-150 sm ga teng bo`ladi. Yugurib kelish zarba beruvchi bo’g’inlar tezligini oldindan oshirib olishga yordam beradi. Tayyorlanish fazasi - zarba beruvchi oyoqni orqaga silkish va tayanch oyoqni yerga qo’yish. Yugurishning so’nggi qadami vaqtida ortki depsinishdan keyin juda muhim kichik faza ijro etiladi. Sonni anchagina, ba’zan esa maksimal darajada orqaga tortib tizzani bukish pirovardida keraklicha kuch bilan tepish imkonini beradi, chunki bunda oyoqning to’pgacha yetib keladigan yo’li uzayadi va sonning oldingi yuzasi mushaklari tarang tortiladi. Bundan tashqari, son anchagina orqaga tortilganda, harakatlantiruvchi mushaklaming hammasi ham cho’ziladi va keyingi bukish harakatida ishtirok etadi. Bulaming hammasi harakat oxirida katta tezlikka erishish imkonini beradi. Zarba beruvchi oyoqni orqaga tortishni to’g’ri bajarish uchun yugurib kelishda so’nggi qadamni sal uzaytirish kerak. Bu qadam, odatda, boshqalaridan 35-45% uzun bo’lib, 200-250 smni tashkil etadi. Tayanch oyoq to’pdan o’ng yoki so’l tomonga qo’yiladi.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə