O`yin texnikasi reja



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə7/11
tarix12.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#148594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-MARUZA O`YIN TEXNIKASI yangi

Burilishlar. Burilish yordamida futbolchilar tezlikni minimal kamaytirib, yugurish yo`nalishini o`zgartiradilar. Odatda, turgan joyda burilgandan keyin start harakatlari boshlanadi. Burilish, shuningdek, zarba berish, to’pni to`xtatish, to`pni olib yurish va fintlaming ayrim usullarini bajarish texnikasi tarkibiga ham kiradi.

Burilishning quyidagi usullaridan foydalaniladi: hatlab o’tib burilish, sakrab burilish, tayanch oyoqda burilish. O`yin sharoitiga qarab yon tomonlarga va orqaga burilish mumkin. Burilish turgan joyda ham, harakat paytida ham ijro etilaveradi. Hatlab o`tib burilganda, qisqa-qisqa 2-3 qadam tashlash hisobiga kerakli yo’nalishga qarab olinadi. Harakat yo`nalishini to’satdan va tez o`zgartirishda sakrab burilish samaraliroqdir. Bu ish burilish tomonga faol depsinib bajariladi. Silkinadigan oyoqning kafti ham shu tomonga aylantiriladi. Sakrash unchalik baland bolmasa ham, to`la-to`kis bajariladi. Tayanch oyoqdaburilishningikki turi bor. Birinchisini bajarishda burilish yo`nalishidan uzoqdagi oyoqqa tayaniladi. Bunda futbolchi gavda og’irlik markazi o’qining proeksiyasini tayanch sath chegarasidan chiqarib, tayanch oyoq uchida burilish tomonga aylanadi. Ikkinchisida harakat yo’nalishiga \yaqin oyoqqa tayaniladi, gavda og’irlik markazining o`qi burilish tomonga ko’chadi. 0 ’tkaziIadigan oyoqnl ham shu yo’nalishda tayanch oyoqning old tomoniga chalishtirib qyiladi. Burilish sal bukilgan tayanch oyoq uchida bajariladi.

Maydon o’yinchisining texnikasi

Maydon o`yinchisining texnikasi ikkita kichik bo`limdan iborat. Bulardanbiri harakatlanish texnikasi bo`lsa, ikkinchisi to`pni boshqarish texnikasidir. Maydon o`yinchilari harakatlanish texnikasining yuqorida tahlil qilingan xilma-xil usullari, usul va turlarining barchasidan foydalanadilar. To`pni boshqarish texnikasiga quyidagi usullar guruhi kiradi: zarba berish, to`pni to`xtatish, to`pni olib yurish, aldash harakatlari (fintlar), to`pni olib qo`yish. Bundan tashqari, qo`lda bajariladigan spesifik usul yon chiziqning narigi yog`idan to’pni tashlab berish ham to`pni boshqarish texnikasiga kiradi. O`yin vaqtida qaysi usulning qancha miqdorda ijro etilishi futbolchilaming o`yindagi funksiyalariga bog`liq. Usullami ijro etish sifati esa maydon o`yin-chilarining hammasida yuksak darajada bo`lishi kerak.


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə