O`yin texnikasi reja



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə11/11
tarix12.12.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#148594
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3-MARUZA O`YIN TEXNIKASI yangi

Yakunlovchi bosqichda oyoqlami burish va to`g`rilash hisobiga darvozabon qaddini rostlab, keyingi harakatlar uchun kerakli dastlabki holatni oladi. To`siqning straxovka qilish sathi anchagina bo`lgani uchun to`p ilib olishning bu varianti dinamik ishonchliroqdir. Past uchib kelayotgan va darvozabonning old tomonida yuqoridan tushib kelayotgan to`pIami ilib olishda tayyorlov bosqichida salgina bukilgan qo`llar kaftlari oldinga qaratilib, to`p qarshisiga uzatiladi (52- rasm). Barmoqlar bir oz yoziq va yarim bukik bo`ladi. Ayni vaqtda gavda ozroqqina oldinga engashadi, oyoqlar esa sal bukiladi. Oyoqlaming qay darajada bukilishi to`pning uchib kelish traektoriyasiga bog`liq. To`p qo`lga tegishi paytida darvozabon uni ostidan barmoqlari bilan tutib oladi-da, qomi yoki ko`kragi tomon torta boshlaydi. To`p anchagina tez kelayotgan bo`lsa, oyoqlami to`g`rilash va gavdani oldinga engashtirish hisobiga orqaga tomon Qo`shimcha so`ndiruvchi harakat qilinadi. O`yin jarayonida darvozabonning yon tomoniga yumalab va past uchib kelayotgan, shuningdek, uning old tomonida ancha nariga tushayotgan to`plami ilishga ham to`g`ri keladi. Bunday hollarda oldin to`pning harakat yo`nalishi tomonga qarab jilish kerak. Bu ish yugurish qadami, juftlama qadam yoki chalishtirma qadam bilan, shuningdek, ko`proq bir oyoqda depsinib yuqoriga, oldinga- yuqoriga yoki yon tomonga yuqoriga sakrash bilan amalga oshiriladi. Shundan keyingi harakatlar tizimining tahlili yuqorida berilgan.To`pni yuqoridan ilib olish o’rtacha traektoriyada uchib kelayotgan, shuningdek, baland uchib kelayotgan va pastga tushib kelayotgan

to’plami egallab olish uchun qo’llaniladi (53-rasm).

Darvozabon tayyorlov bosqichida dastlabki holatni egallayotganda qo`llari sal bukib, oldinga yoki yuqoriga-oldinga uzatadi. Oldinga qaratilgan kaftlaming barmoqlari yoziq, yarim bukilgan bo`lib, "yarim aylana" singari shakl hosil qilib turadi. Bosh barmoqlar bir-biridan uncha uzoq bo`lmaydi (3-5 sm dan oshmaydi). Ishchi bosqichda to`pning qo`lga tegishi paytida barmoqlar uni sal oldindan - yonidan tutib oladi, barmoqlar bir-biriga salgina yaqinlashadi. Barmoqlaming so`ndiruvchi harakati va qo`llaming bukilishi hisobiga to`pning tezligi so’ndiriIadi. Yakunlovchi bosqichda darvozabon qo`llarini maksimal darajada bukib, to`pni eng qisqa yo`l bilan ko`kragiga tortadi. O`yin sharoitida darvozabon to`pni, asosan, u uchib kelayotgan tomonga keragicha jilganidan keyingina ilib oladi. Buning uchun harakatlanish texnikasining turli usullari va ulaming birga qo`shilgan variantlari qo`llaniladi. Baland to`plami, ya`ni baland traektoriyada uchib kelayotgan to`plarni qo`lga kiritish uchun sakrab ikki qo`llab yuqoridan ilib olish qo`llaniladi (54-rasm). To`pning uchish yo`nalishiga qarab bir yoki ikki 67oyoqda depsinib yuqoriga, yuqoriga - oldinga yoki yuqoriga - yonga sakraladi. harakatlanayotgan paytda asosan bir oyoqda, joyda turganda esa ikki oyoqda depsinib sakraladi. Depsinish paytida qo`llar silkinish harakatini qilib, to`p tomon yuqoriga uzatiladi. Topni ilib olgandan keyin oyoqlar bir oz bukilib, yerga tushiladi. To`pni yondan ilib olish darvozabonning yon tomoniga o’rtacha traektoriyada uchib kelayotgan to’plami qo’lga kiritish uchun qo`llaniladi (55-rasm). Tayyorlov bosqichida qo`llar oldinga - yonga, ya`ni to`p uchib kelayotgan tomonga uzatiladi. Panjalar deyarli parallel, barmoqlar sal yoziqva yarim bukik.

E`tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə