Nosiruddin Burxonuddin Rabg’uziyning “Qisasi Rabg’uziy” asarida nazmiy parchalarning ahamiyati


Musamman  (sakkizlik) xarakteridagi she’rlar—1ta (bir band-sakkiz  misra)



Yüklə 288,64 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix23.06.2023
ölçüsü288,64 Kb.
#118734
1   2   3   4   5   6
“Qissasi Rabg‘uziy”dagi she’riy janrlar tavsifi

Musamman 
(sakkizlik) xarakteridagi she’rlar—1ta (bir band-sakkiz 
misra).
 
Asar tarkibidagi quyidagi band musamman xarakteriga ega: 
Zuhra, qamar shikorimiz, 
Qirg’iz, xitoy tavorimiz, 
Yugurur kizik yiporimiz. 
Yinju, gavhar nigorimiz. 
Sanchishmag’a nek sevorimiz, 
Qo’nindaqi qo’norimiz 
Sanchishmag’a ormiz 
Burningdagi mahorimiz. 
Bandning 
qofiyalanishi 
a-a-a-a-a-a-a-a
tarzda. 
Asar 
tarkibidagi 
bu 
musammansifat band ham murabba’, muxammas, musaddas kabi bir banddan iborat. 
Nazmiy parchalarning bu ko’rinishlarini bandlar soni to’g’ri kelmaganligi uchun 
musammat deya to’liq e’tirof etolmaymiz. Vazn va qofiya orqali aniqlaganda esa, 
musammatga o’xshash. Shu bois, asar tarkibidagi bu she’riy parchalarni 
musammatlarning ilk ko’rinishlari deb hisoblashimiz mumkin bo’ladi. 


18 
Xulosa qilib aytganda
, Nosiruddin Burhonuddin Rabg’uziyning “Qisasi 
Rabg’uziy” asari adabiyotimiz tarixida o’ziga xos o’ringa ega hisoblanadi. Asar 
o’zining ma’rifiy – tarbiyaviy hamda badiiy- estetik ahamiyati bilan hozirgi avlodlar 
ma’naviy kamoloti uchun ham qadrlidir. Qissalar mavzu jihatdan rang-barang. 
Olamdagi butun mavjudot egasi bo’lgan Ollohni ulug’lash, payg’ambar hayotiga doir 
lavhalarni eslash, kamtarinlik va takabburlik, ota-ona va farzand munosabatlari, vatan 
va mehnatsevarlik, erk va adolat, do’stlik va hamjihatlik, urush va tinchlik kabilar 
shular jumlasidandir. Asarda shunday bir jumla borki, u asar mavzusini aniqlash 
imkonini beradi: 
«Dunyoga boring, menga toat qiling, ma’siyatdan yig’iling, qon to’kmang, xamr 
ichmang, xalq orasida ko’ni hukm qiling, zino qilmang, xiyonat qilmang». Ya’ni inson 
Ollohga toat qilsa, hamisha uning yodi bilan yashasa, oxiratini o’ylasa yomon ishlardan 
saqlanadi, o’zidagi yomon unsur va illatlardan qutilishga harakat qiladi. «Ma’siyatda 
yig’iling»-gunohdan saqlaning degani. Gunoh va savob tushunchasi asarda ko’p tilga 
olinadi. «Ko’ni hukm qiling»-bu nasihat amaldorlarga taalluqli bo’lib, har ishda 
adolatli, to’g’ri hukm qilish zarurligi ta’kidlangan. Kuchsizlarga ozor yetkazmaslik va 
inson shahvoniy hislarga berilmasligi, bu yo’lda yurganlarga sharmandalik, yuzi 
qarolik, azob-uqubat yetishi aytiladi. Islomda xamr (aroq) ichish man qilinadi. Chunki u 
ko’p yomon ishlarga sabab bo’ladi. Qon to’kish, besabab birovni o’ldirish ham islomda 
qoralanadi. Omonatga xiyonat qilmaslik olijanob fazilat. Adabiyotning vazifasi komil 
insonni tarbiyalashdan iborat. Har bir asar insonlarni yaxshilikka, sabr- toqat va baxtga 
yetaklashi lozim. Shu qatorda, “Qisasi Rabg’uziy” asari o’zining ma’rifiy – tarbiyaviy 
hamda badiiy- estetik ahamiyati bilan hozirgi avlodlar ma’naviy kamoloti uchun ham 
qadrlidir. Shu o’rinda, prezidentimiz I.A. Kaimovning quyidagi fikrlarini ta’kidlashimiz 
joiz. 
“ Bizning o’z oldimizga qo’ygan maqsadimiz ulug’ zotlarning hayot yo’li va 
qoldirgan buyuk merosini to’liq tasvirlash emas, balki,ularning eng buyuk 
nomoyondalari timsolida ma’rifat, ilm-fan, madaniyat, din kabi sohalarning barchasini 
o’zida uyg’unlashtirgan xalqimizning ma’naviy olami naqadar boy va rang- barang 


19 
ekanini isbotlab berishdan iboratdir”.
7
Demak, biz o’tmishimizni o’rganishimiz, 
tariximizni tiklashimiz, undan o’rnak, ibrat olishimiz, asosiysi kelajak avlodlarga bus-
butun holda yetkazishimiz kerak. Adabiyotimiz tarixida o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan 
asarlardan biri Nosiruddin Burhoniddun Rabg’uziy va uning adabiy merosini o’rganish, 
o’rganilgan jihatlarini to’ldirish, asrab-avaylash bizning vazifamizdir.
7
KarimovI.A., Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch.,-Toshkent, 2011, 44-bet. 


20 

Yüklə 288,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə